Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi


ILIADA” DOSTONIDAN PARCHALAR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

ILIADA” DOSTONIDAN PARCHALAR 
Yigirma ikkinchi qo‘shiq 
Hektorning o‘ldirilishi 
Hurkkan kiyik galasidek shahar kirgan troyaliklar 
Dag‘-dag‘ titrab suyangancha azim devor kungurasiga 
Terlarini qotirar va chanqoqlarin qondirardilar; 
Lek axeylar tik bostirib kelardilar devor poyiga. 
5. Yolg‘iz Hektor bu payt Askey minorasi ro‘baro‘sida, 
Keng dalada mash’um qismat domida dong qotib turardi. 
Shu choq dedi sohib quvva Axillesga tangri Appolon: 
“O, Peleyzod, foniy banda, nechun meni – boqiy tangrini 
Quvmoqdasan, yoxud chaqqon poylaringdan umidvormisan? 
10.Yo hali ham sezmadingmi ma’budligim – g‘azablanursan? 
Parvo qilmay qo‘yding hatto Troyaning lashkariga ham 
U shaharga kirib oldi; lek sen bunda izg‘ib yuribsan. 
Chekin; halok etolmaysan, men – boqiyman – o‘lmayman aslo”. 
Axilles ham g‘azablanib Febga bunday javob ayladi: 
15.“Laqillatding meni sen, ey fosiqlikda beqiyos tangri!” 
Meni chetga chalg‘itding sen! Yo‘qsa yovning yana ko‘pini 
Er tishlatgan bo‘lardim to darvozadan kirib ulgurmay! 
Mahrum etding meni shondan; Troyaning o‘g‘lonlarini 
Osongina xalos etding, qo‘rqmay aslo intiqomdan sen... 
20.Bo‘lgandaydi ilojim, men olar edim intiqom sendan?” 
Poygalarda doim yutib sovrin olgan, jangarobaga 
Qo‘shilgan el kabi uchqur otning tegmas yerga tuyog‘i, - 
Axillesning oyoqlari ham shunday tez yugurar edi. 


38 
Uni avval ko‘rib qoldi minorada turgan Priam; 
25.U quyundek kelar edi sovutlari yulduzday chaqnab; 
Bunday yulduz kuz faslida cho‘g‘dek porlab chiqar samoga 
Va charaqlar siyo tunda misli oydek yulduzlar ichra, 
Ammo uni shum alomat darakchisi deb hisoblarlar 
(Orionning iti deya nom qo‘ygandir unga odamlar); 
30. Baxtiqaro bandalarga yovuz bezgak ufuradi u, - 
Axillesning mis sovuti ham porlardi shu yulduzmisol. 
Priam esa nola chekib musht urardi oppoq boshiga, 
Qo‘llarini ko‘kka cho‘zib, achchiq-achchiq ko‘z yosh to‘karkan, 
Yolborardi o‘g‘loniga; vale Hektor qopqa oldida 
35. Jim turardi Axilles-la jang qilmoqlik ishtiyoqida. 
Nuroniy chol mungli sas-la cho‘zib ilkin dedi o‘g‘liga: 
“Suyuk o‘g‘lim Hektor, tingla! Jangda yolg‘iz ro‘baro‘ kelma 
Bu odamga, zero, Peley o‘g‘li seni mahv aylagay bot: 
Qudratliroq erur sendan bu azamat maydoni harbda! 
40.U mal’unni tangrilar ham men singari sevishgandaydi, 
Allaqachon itlar toroj qilur edi uning jasadin! 
Ana unda og‘ir darddan tamom forig‘ bo‘lardi qalbim! 
Judo qildi meni u ko‘p yosh va jasur o‘g‘lonlarimdan – 
Yo mahv etib, yoxid orollarga qul qilib sotib! 
45. Bugun ham u judo qildi Likaon va Polidorimdan; 
Zavjalarim malikasi Laofoya tuqqan bu ikki 
O‘g‘lonimni ko‘rmayapman shahar qochib kirgan el ichra. 
O! Gar tirik bo‘lsa ular – asirdalar, - argosliklardan 
Albat sotib olurmiz mis va oltinga; bizda ko‘p ular; 


39 
50. Nuroniy Alt o‘z qizi-chun ko‘p xazina bergandi menga. 
Agar nobud bo‘lib, Aid maskaniga ko‘chgan bo‘lsalar, 
Ul mardlarni qora kunda tuqqan sho‘rlik onaizorning 
Hamda mening sho‘rim qurur g‘oyat og‘ir bu judolikdan! 
Lek Troya xalqi uchun bu unchalik og‘ir dard emas; 
55. Axillesning zarbasidan, o‘g‘lim, omon qolsang bas menga, 
Aziz Hektor, biz bilan bo‘l! Ilionga kir, shundagina 
Shahrimizning jami ahlin qurqargaysan mahv bo‘lishdan. 
Axillga ham bermagaysan imkon zafar qozonmog‘iga 
Va o‘zing ham sog‘ qolursan judo bo‘lmay shirin joningdan!” 
60. O! Rahm qil bahtiqaro padaringga – jon chiqar chog‘da 
Zevs azobga solur meni ko‘z oldimda namoyon qilib 
Dunyodagi jami mudhish ofatlarni – toki tirikman; 
O‘g‘illarim halok bo‘lur, cho‘ri qilib olib keturlar. 
65. Yana ma’sum go‘daklarni erga toptab o‘ldirurlar ham, 
Shum danaylar sudraganlar asirlikka kelinchaklarni!.. 
Shular barin ko‘rsatur Zevs menga hali... Ko‘rgilik ekan! 
Yuragimni teshib, jonim vujudimdan sug‘urib olgay; 
70. Men mudom o‘z dasturxonim ne’mati-la boqqan itlarim 
Shunda mening qonim ichib, ostonaga mahzun dil ila 
Bosh qo‘yurlar tilka-pora bo‘lgan jismim tevaragida! 
“O! Janggohda halok bo‘lgan har yosh yigit qanday alfozda 
Yotsa hamki, ayb emasdir biron yeri ochilib qolsa! 
75. Vale halok bo‘lgan biron mo‘ysafidning, qonxo‘r ko‘ppaklar 


40 
Iyagini, boshini u uyatini kemirsa magar, - 
Bundan ortiq achchiq qismat bo‘lmagay hech bandalar uchun!” 
Oh urdi chol va tutamlab yula ketdi oppoq sochini, 
Lekin o‘g‘li Hektorni hech o‘z ahdidan qaytarolmadi. 
80. Shunda uning onasi ham bir tomonda yig‘ladi nolon; 
U yoqasin chok qildi-yu, qo‘li bilan oppoq siynasin 
Ko‘rsatgancha, shunday dedi o‘z o‘g‘liga ko‘z yosh aralash: 
“Rahm qilgin, o‘g‘lim, sho‘rlik onangga, shu siynam harmati! 
Murg‘ak go‘dak chog‘laringda oq sut berib allalaganim 
85. Rost bo‘lsa gar, aziz o‘g‘lim, shuni eslab tingla kalomim: 
Qattol erning qarshisida turma yolg‘iz, tez qo‘rg‘onga kir! 
Ul g‘azabnok gar mahv etsa seni, o‘g‘lim, nuridiydamni, 
Nasib etgay na menga va na xotining Andromaxaga 
Boshing uzra aza tutib ko‘z yosh qilmoq; zero, jismingni 
90. Qonxo‘r itlar g‘ajigaylar mirmidonlar qarorgohida!” 
Ota bilan ona shunday o‘ksib yig‘lab yolborardilar, 
Lek ularga aziz o‘g‘lon bu safar ham osmadi quloq; 
Jim kutardi u tik bosib kelayotgan mard Peleyzodani. 
Zaqqum giyoh yeb, vujudini g‘azab ila to‘lgan ajdaho 
95. Tog‘dagi bir bor og‘zida gajak bo‘lib to‘lg‘anar ekan, 
Ko‘zidan o‘t sochib har yon alanglaydi, ov axtaradi, - 
Hektor ham do‘ng qalqonini tirab qo‘yib devor poyiga 
Xuddi shunday mardonavor turar edi raqibin kutib, 
Nihoyat u shunday dedi o‘z-o‘ziga, ma’yus xo‘rsinib: 
100. “Jangdan qochib men shaharga kirsam agar, isnodga qolgum! 


41 
Eldan burun Polidamas ta’na toshin otur boshimga; 
Ki u kecha tunda taklif qilgan edi burun lashkarni 
Ilionga qaytarmoqni, - jangda ko‘rgach Axillni yana. 
Unga quloq osmagandim, quloq ossam yaxshi bo‘larkan! 
105. Shu bemulohazaligim nobud qildi butun xalqimni. 
Troyalik erkaklar va ayollardan uyatga qoldim! 
Ilionlik eng olchoq kas bir kun shunday deyishi mumkin: 
-Hektor xalqin nobud qildi o‘z kuchiga ishonib ortiq! – 
Demakki, ming karra afzal Peley o‘g‘lin mahv etib jangda, 
110. G‘olib qaytmoq, yo muqaddas Troyaning bo‘sag‘asida 
Halok bo‘lmoq ul dilovar ila bugun jang qilsam keskin! 
Yo ehtimol... bu nurafshon qalqonimni va dubulg‘amni 
Yechib qo‘yib, mis nayzamni esa tirab devorga hozir, 
O‘zim peshvoz borsammikin Peleyzoda istiqboliga? 
115. Agar unga Yelenani, unga qo‘shib Paris kemada 
Ilionga olib kelgan – bu ixtilof ibtidosini – 
Boyliklarni qaytarishga so‘z bersam-chi bitta qoldirmay? 
Ayni paytda, bu muqaddas Troyada mavjud jamiki 
Xazinani yig‘ishtirib danaylarga bo‘lib bersam-chi? 
120. Va nihoyat, ont ichirsam troyalik oqsoqollarga: 
Hech nimani yashirmasdan, shahardagi jami boylikni 
Yig‘ib kelib yovga bermoq borasida?.. Qanday bo‘larkin? 
Tavba! Nelar xayolimga kelur? Yo‘q, yo‘q, yolbormam unga! 
Peleyzoda menga rahm qilmaydiyam, mensimaydiyam; 
125. Aksincha, gar qurolimni erga qo‘ysam, u hujum qilib, 
Shu ondayoq ojizani mahv etgandek o‘ldirur meni, 


42 
Yo‘q, yo‘q, endi visol topgan yigit bilan qizcha singari 
Gapni eman yoki toshdan boshlamoqlik qo‘l kelmas bizga; 
Qishloqi qiz bilan yigit bunday chog‘da xush suhbat qurur; 
130. Biz, yaxshisi, jang qilamiz! Shunda shohid bo‘lamiz, Zevsning 
Ikkimizdan kimga ato etganiga g‘olibiyatni!” 
Shunday o‘yga tolgandi u; Arey kabi mudhish Axilles 
Yaqin keldi janggoh uzra dubulg‘asin o‘tdek porlatib; 
O‘ng yelkaga ko‘targandi shumtol bandli ota nayzasin; 
135. Egnidagi sovutlari porlar edi ko‘z qamashtirib, 
Naq o‘t olgan alangadek, bosh ko‘tarib chiqayotgan quyoshdek yoxud. 
Hektor ko‘rib qo‘rqib ketdi; turolmadi Axillni kutib; 
Qochdi Askey qopqasidan, yuragini hovuchlagancha. 
Umid bog‘lab poylariga, quva ketdi uni Axilles, 
140. Qushlar ichra eng chaqqoni tog‘ lochini g‘ayri tasavvur 
Tezlik bilan uchib, qo‘rqoq kabutarning payiga tushar: 
Sho‘rlik unga chap berar, lek lochin uning ortidan qolmas 
Va aksar payt qichqirgancha hamla qilib o‘ljani tutar, - 
Axilles ham misli quyun quvar edi Hektor ortidan, 
145. U “oyog‘in qo‘lga olib” qochar edi devor yoqalab. 
Ular jadal bir tepadan va bir anjir yonidan o‘tib, 
Arava yo‘l bo‘ylab shahar devoridan uzoqlashdilar 
Va etdilar zilol suvi qaynab turgan ikki buloqqa, 
Ki serto‘lqin Askamandr sarchashmasi edi bu suvlar. 
150. Bir chashmadan g‘oyat qaynoq suv oqardi va uning ustin 


43 
Muttasil bug‘ burkagandi, gulxan uzra qalqqan tutundek; 
Ikkinchisin suvi hatto saratonning o‘rtasida ham 
Misli do‘l yo pag‘a-pag‘a qordek muz va yax edi. 
Shu buloqlar yaqinida silliq toshlar bilan o‘ralgan 
155. Ikki najib hovuz bo‘lib, bir zamonlar, tinchlik davrida 
Troyalik xotinlar va dilbar qizlar bu hovuzlarda 
Kir yuvgani kelardilar – argosliklar kelmasdan oldin. 
Qochayotgan ham, quvayotgan ham yelib o‘tdi shu hovuzlardan. 
Qochgan kuchli, quvayotgan ming bor kuchliroq edi, 
160. Lek bu poyga, Poygachilar oddiy muzdi: qurbonlik buqa 
Yoki uning terisini olish uchun boshlanmagandi; 
Yo‘q, Hektorning joni uchun boshlangandi bu musobaqa. 
Marhum erning ruhini shod etmoq uchun uyushtirilgan 
Poygalarda chavandozlar nodir sovrin: navnihol qiz yo 
165. Sepoyaga erishmoq-chun keng davrani uch marotaba 
Yeldek chopib chiqqanidek quyun yanglig‘ uchqur otlarda, - 
Bu mardlar ham uch marota chopib chiqdi buyuk Troya 
Atrofini. Xudovandlar kuzatardi ular poygasin. 
Dedi shunda boqiylaru foniylarning sarpadari Zevs: 
170.“E voh! Menga aziz bo‘lgan pahlavonni quvganlarini 
Ko‘rdimu men og‘ir anduh qamrab oldi yurak-bag‘rimni! 
Pokdil Hektor menga atab buqalarning semiz sonini 
Ko‘p marota yondirgandi Pergamda va yuksak Idada: 
Bugun esa yeldek chopqir va g‘oratgar Axill Hektorni 
175. Tirqiratib quvlamoqda Troyaning bo‘sag‘asida. 


44 
Yo tangrilar dildan puxta o‘ylab ko‘ring, maslahat bering: 
Saqlaymizmi Hektorni biz shum o‘limdan, yo Peleyzodning 
Bu safar ul dilovarni yengishiga yo‘l qo‘yamizmi? ” 
Shahlo ko‘zli qiz Pallada javob qildi shu zahot Zevsga: 
180. “Bulutquvar, chaqmoqotar ota! Nelar deyursan asti? 
Tug‘ilganda qismatiga halok bo‘lmoq bitib qo‘yilgan 
Bir bandani shum o‘limdan butkul xalos etmoqchimisan? 
Ixtiyoring, lekin senga qo‘shilmagan aksar ma’budlar! ” 
Bulutquvar Zevs qiziga shu zahoti ayladi javob: 
185. “O, Afina, erka qizim, qo‘rqma aslo! Jiddiymas gapim. 
Senga bo‘lgan marhamatim hadi yo‘qdir, aziza qizim. 
Yuragingda ne niyating bo‘lsa bajar, paysalga solmay ”. 
Dedi Zevs va Afinaning jo‘shqin qalbin jo‘shtirdi yana; 
Yuksak Olimp cho‘qqisidan u quyundek uchdi zaminga. 
190. Axill esa quvar edi mard Hektorni mudom beto‘xtov 
Tozi kiyik bolasini haydab chiqib g‘ordan – inidan, 
Quva boshlar chakalakzor va jarliklar osha tog‘ma-tog‘: 
Hattoki u biron buta panasiga berkinganda ham, 
Uning isi va izidan quva-quva tutgay nihoyat, - 
195. Axillesdan qocholmadi kiyik kabi Priamzoda ham, 
Har gal qopqa sarhadidan o‘tyotganda Hektor sarbaland 
Minoraga o‘zin urmoq bo‘lar edi. Troyaliklar 
Uni shunda hifz qilgan bo‘lardilar deverda turib 
Lek har safar chaqqon Axill najot yo‘lin to‘sib, Hektorni 
200. Chetga quvar, o‘zi esa yugurardi devor yoqalab. 


45 
Tush ko‘rganda odam quvgan odamiga yetolmagandek, - 
Hektor qochib ketolmasdi. Axill quvib yetolmas edi. 
Hektor bu gal mash’um qismat va o‘limdan qocholmasdi ham, 
205. Gar Apollon so‘nggi marta unga madad bermaganida; 
U Hektorning bilagiga kuch, poyiga g‘ayrat baxsh etdi. 
Peleyzoda lashkariga boshi bilan ishora qilib, 
Farmon berdi Priamzoda ustiga o‘q yog‘dirmaslikni, 
Ki Hektorni o‘zi engib, yolg‘iz o‘zi shon quchmoqchiydi. 
210. To‘rtinchi bor etganida ular Ksanf sarchashmasiga, 
Chaqmoqdor Zevs olib oltin tarozuni, qo‘sh pallasiga 
Mangu uyqu baxsh etuvchi ikki o‘lim qur’asin qo‘ydi: 
Bitta qur’a Axillniki, ikkinchisi Hektornikiydi. 
Tarozuni ko‘tardi Zevs; og‘ir ketib Hektor pallasi, 
215. Tortdi uni Aid sari; Feb o‘zini oldi chekkaga. 
Chashmi tobon Afineya kelib Peley o‘g‘li qoshiga, 
Unga shunday dabdabali so‘zlar ila tavajjuh qildi: 
“O, tangrilar arzandasi, saxovatli Axilles, bugun 
Buyuk zafar eltajakmiz mirmidonlar qarorgohiga: 
220. Jangga to‘ymas Hektorni biz bugun albat g‘orib yetgaymiz. 
O‘ylaymanki, endi ul mard bizdan qochib qutulolmaydi, 
Panogohi kumushkamon Feb – Apollon qancha ter to‘kib 
Yolbormasin, qodir padar chaqmoqdorning poyiga yotib. 
Sen, Peleyon, damingni ol; Priamzodni o‘zim qoshingga 
225. Boshlab kelib, uni sen-la jang qilmoqqa da’vat etaman”. 


46 
Shunday dedi Zevsning qizi; Peleyzoda ham rozi bo‘ldi 
Va mis tig‘li obdon nayzasiga tayandi asta. 
Afina ham yeldek uchib yetib oldi Priamzodga. 
To‘xtab uning qarshisida Deifobning qiyofasida, 
230. Makkorona so‘zlar aytdi ovozin ham o‘zgartirgancha: 
“O, e’zozli og‘am! Seni Axilles ko‘p qiynab qo‘yibdi 
Azim shahar Troyaning atrofida beto‘xtov quvib. 
Kel, shu yerda to‘xtayligu kutaylik biz mardni mardona!” 
Qodir og‘a – dubulg‘asi obdon Hektor javob ayladi: 
235. “O, Deifob! Sen azaldan eng suyukli inim bo‘lgansan 
Hekuba va Priamdan dunyo kelgan o‘g‘illar ichra; 
Endi esa senga bo‘lgan mehrim yana bo‘ldi ziyoda; 
Zeroki, sen meni dashtda yolg‘iz ko‘rib, yordam bergani 
Chiqib kelding, lek boshqalar o‘tiripti qo‘rg‘onda loqayd”. 
240.
Yana unga javob qildichaqmoqkorning shahlo ko‘z qizi: 
Hektor, mening poyim quchib yolbordilar otam va onam; 
“Bizni tashlab ketma”, deya yoronlar ham qildi iltijo; 
Shu daraja oldirishgan yuraklarin ularning bari. 
Ammo qalbim seni qo‘msab, undayverdi istiqbolingga. 
245. Kel, ikkimiz dadil turib, otashin jang qilaylik bunda: 
Nayzalarni ayamaylik: qani, Axill biz ikkimizni 
Halok etib, kemasiga qonli siloh-sovutimizni 
Eltarmikin, yo sen uni nayzang-la mahv etarmikansan!” 
Shunday nayrang so‘zlar bilan Hektorni u boshladi olg‘a. 
250. Ikki botir kelib turdi bir-birining ro‘baro‘siga. 


47 
Axillesga avval obdor dubulg‘ali Hektor gap qotdi: 
“Peleyzoda, endi ortiq olib qochmam sendan o‘zimni! 
Men hamlangdan qochib, uch bor Troyaning gir atrofini 
Elib chiqdim: lekin endi qalbim meni da’vat etmoqda 
255. Sen ila jang qilmoqlikka; yo o‘laman, yo o‘ldiraman! 
Tangrilarni shohidlikka chaqiraylik; yaxshi guvohdir 
Ular bari, shartimizga xolisona amal qilurlar: 
Basharti Zevs irodasi ila sendan ustun chiqsamu 
Qurolim-la joning olsam, jasadingni tahqirlamayman; 
260. Faqat ajib sovutingni echib olib, mirmidonlarga 
Qaytib bergum jasadingni; sen ham amal qilgil shu shartga”. 
Chaqqonoyoq Axill unga o‘qraygancha baqirib berdi: 
“O, sen manfur ag‘yor Hektor, menga taklif qilma shartingni! 
Sher va odam orasida bo‘lmagan va bo‘lmas ittifoq; 
265. Hech qachon qo‘y bo‘ri bilan do‘st va totuv yashay olmagay; 
Ular mudom bir-biriga qarshi g‘addor g‘anim erurlar, - 
Xuddi shunday, ikkimizning o‘rtamizda hech qanday mehr 
Yoki bitim zohir bo‘lmas, to bittamiz jondan ayrilib, 
O‘z qoni-la qahhor Arey chanqog‘ini qondirmaguncha! 
270. “O, dilovar, ishga sol harb san’atingni! Zeroki, bugun 
Sen eng mohir nayzaandoz va mard jangchi bo‘lmog‘ing kerak! 
Qochmoqqa hech imkoning yo‘q; tezda mening mis nayzam ila 
Afina mahv etgay seni; ana shunda birvarakayga 
Janggohda sen halok qilgan do‘stlarimning xunin olgayman!” 
275. Dedi u va cho‘ng nayzasin qulochkashlab turib itqitdi. 


48 
Dubulg‘ali obdor Hektor buni ko‘rib chap berib qoldi; 
U engashdi, tepasidan uchgan nayza sanchildi yerga; 
Lek Pallada troyalik mard Hektorga ko‘rinmay turib, 
Uni erdan sug‘urdiyu Axillesga tutqazdi yana. 
280. Hektor baland ovoz bilan na’ra qildi Peley o‘g‘liga: 
“Zarbang bekor ketdi, qattol! Sen ma’budvash, eshitmagansan 
Qismatimni tangri Zevsdan, garchi, shunday degan bo‘lsang ham; 
Shunchaki, sen makr ila quruq vaysab, meni – Hektorni 
Qo‘rqitmoqchi, jasoratim va qudratim qirqmoq bo‘lgansan, 
285. Yo‘q, qochmam men; nayzangni sen kuragimga sancholmagaysan, 
Mard bo‘lsang, tik ko‘ksimga sanch tangri xohish bildirsa magar. 
Illo mening nayzamdan ham ehtiyot bo‘l! O, koshki edi 
Uning o‘tkir tig‘in sening alp to‘shingga botira qolsam! 
Ilionli o‘g‘lonlar-chun bu qonli jang yengil ko‘chardi, 
290. Gar seni men mahv etolmasam-seni; xalqing mash’um ofatin! ” 
Dedi u va, cho‘ng nayzasin qulochkashlab turib itqitdi, 
Borib tegdi nayza Axill qalqonining qoq o‘rtasiga; 
Vale nayza urildiyu chatnab qaytdi ortga qalqondan. 
Hektor ko‘rib xafa bo‘ldi nayzasining zoe ketganin; 
295. Esankirab qolgandi u; o‘zga nayza yo‘q edi qo‘lda. 
Shunda yangroq ovoz bilan inisini yordamga chorlib, 
Nayza talab qildi; ammo g‘oyib bo‘lgan edi Deifob. 
Buni Hektor o‘z qalbi-la his etdiyu dedi o‘ziga: 
“Ne nadomat! Menga o‘lim yo‘llamoqda boqiy tangrilar!” 
300. Jasur inim Deifobni menga qo‘ldosh deb o‘ylagandim; 


49 
Ilionda o‘ltirur u; laqillatdi meni Pallada. 
Yonboshimda turur O‘lim! Qocholmayman enda men undan! 
Yo‘qdir najot! Shubhasizki, avvallari pushtipanohim, 
Xaloskorim bo‘lganZevs va Zevs o‘g‘loni Apollon 
305. Shunday Hukm chiqarganlar; mana, chiqdi qismatim hukmi! 
Lek bekorga o‘lmam, xoki turob bo‘lmam shuhrat qozonmay; 
Bir jasorat ko‘rsatayki, avlodlarga yetsin dovrug‘im! ” 
Shunday deb, u chap yonga osilgan cho‘ng g‘ilofdan ulkan, 
Nihoyatda o‘tkir, zalvar shamshirini sug‘urdi jahd-la; 
310. Bulutlardan ham balandda uchib yurib, to‘satdan yerda 
Bir quyon yo qo‘zichoqni ko‘rib qolgan ochofat burgut 
Sho‘ng‘igandek birdan pastga, - mard Hektor ham butun kuchini 
Yig‘ib, birdan olg‘a yurdi silkigancha qattol shamshirin. 
Axelles ham hamla qildi butun qalbi to‘lib g‘azabga; 
315. U muhtasham va serbezak qalqoni-la to‘sdi ko‘ksini; 
Tebranardi boshidagi to‘rt vatlamlicho‘ng dubulg‘asi, 
Bu dubulg‘a cho‘qqisiga – tarog‘iga Hefest qo‘li-la, 
Qo‘ndirilgan oltin rangli bir tutam yol elpinar edi. 
Zulmat tunda yulduzlarning orasida cho‘lpon yulduzi 
320. Qanday go‘zal shu’la sochib porlab tursa kechki shafaqdek, - 
Axellesning g‘oyat ajib nayzasi ham porlardi shunday; 
O‘ng qo‘liga ushlab uni Priamzodning jonin olmoqqa 
Chog‘lanarkan, axtarardi raqibining qaltis yerini. 
Lek Hektorning butun jismi, Patroklni o‘ldirganida 
325. Yechib olgan hashamatli mis sovut-la to‘silgan edi. 


50 
Faqat uning o‘mrovidan sal yuqori – halqumigina 
Ochiq qolgan ediki, shu edi yolg‘iz zaif tomoni; 
Ela kelib nayza sanchdi Axill uning shu halqumiga; 
Mard Hektorning oppoq bo‘ynin teshib o‘tdi ajalkash nayza, 
330. Faqat uzib yubormadi butkul uning kekirdagini, 
To o‘limi oldidan u ayta olsin ikki og‘iz so‘z; 
U zaminga “gurs” quladi, - na’ra tortdi Axilles shodon: 
“Patroklni o‘ldirib sen o‘zing tirik qolmoqchi eding! 
Sen mendan ham hayiqmading, jang qilmasdan turgan chog‘imda, 
335. Yo‘q, ey nodon g‘anim! Axey kemalari panasida men – 
Uning sendan ming bor kuchli qasoskori – men turgan edim. 
Ha, men sening tizing bukdim! Yem bo‘lgaysan itu zog‘larga, 
Patroklni esa izzat bilan dafn qilur danaylar”. 
Dubulg‘asi obdon Hektor dedi unga zo‘r-bazo‘r ihrab: 
340. “Aziz joning, ota-onang haqqi, sening poying quchaman. 
Yolboraman, otma jismim mirmidonning it, zog‘lariga; 
Sen og‘zingga siqqanicha mas va oltin so‘ra men uchun; 
Aytganingni yuborurlar padarim va mehribon onam; 
Jasadimni qaytarsang bas, toki jami troyaliklar 
345. Aza tutib, izzat bilan jismimni o‘tga qo‘ysinlar”. 
Chaqqonoyoq shox Axilles dedi unga xo‘mrayib turib: 
“Sen, it, bekor quchma poyim, tilga olma otam-onamni! 
Quloq ossam g‘azabimga, o‘zim go‘shtingni yegan bo‘lardim. 
Seni tilka-pora qilib, - bizga shuncha badkorlik qilding? 
350. Yo‘q, hech bir kas jasadingni kemirayotgan itni haydamas! 


51 
Agar menga o‘n, yigirma marta ortiq bebaho tuhfa 
Olib kelib, yana shuncha boylik va’da qilishganda ham; 
Shoh Priam vazningga teng oltin tortib berganda ham; 
Hekuba o‘z tuqqan o‘g‘lin ko‘rolmaydi o‘lim to‘shakda, 
355. Boshing uzra to‘yib-to‘yib yig‘lolmaydi onaizoring; 
Jasadingni quzg‘unlaru itlar talon-taroj qilgaylar!” 
Dubulg‘asi obdon Hektor dedi unga jon berar ekan: 
“Sezgan edim iltijomni inobatga olmasligingni: 
Kimligingni bilar edim; toshdan ekan yuraging sening. 
360. Shoshma hali, sen nechog‘lik iqtidorli bo‘lma, baribir. 
Paris ila cho‘ng mergan Feb seni Askey darvozasida 
Mahv etganda, men tangrilar qahri bo‘libzohir bo‘lgayman!” 
Hektor shunday dediyu shum o‘lim yumdi uning ko‘zini; 
Jismini tark etib ruhi, asta tushar ekan Aidga, 
365. Zorlandi kuch va yoshligin tortib olgan talx qismatidan. 
Peleyzoda yana xitob qildi shunda o‘lik jasadga: 
“Sen o‘laver! O‘z muqarrar o‘limimni men adl turib 
Kutib olgum, chaqmoqdor Zevs va tangrilar ravo ko‘rgan on!” 
Shunday deya tortib oldi u jasaddan nayzani 
370. Va bir chetga otib uni, mard Hektorning qonli sovutin 
Yecha ketdi. O‘zga axey mardlari ham keldilar elib. 
Hamma hayrat bilan boqar pahlavonning bo‘yi-bastiyu 
Jamoliga va sanchardi bir-bir kelib unga nayzasin. 
Ba’zi erlar bir-biriga yuzlanishib shunday dedilar: 
375. “Qara, Hektor kemalarga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan chog‘iga 


52 
Qaraganda, ancha mo‘min va muloyim bo‘lib qoptimi? ” 
Ko‘plar shunday der edilar, yaqinlashib tig‘ sancharkanlar. 
Lekin shu payt Peleyzoda yechintirib bo‘lib jasadgt, 
380. “O, yoronlar, mard axeylar, o, Areyning jasur lashkari! 
Bir o‘zi o‘z lashkaridan ko‘p yovuzlik qilgan bu yerni 
Mahv etishga noil qildi oxir meni boqiy tangrilar. 
Endi hujum qilgaymiz biz metindevor azim shaharga; 
Hujum qilib, uning ahlin niyatini bilib olgaymiz; 
385. Endi Hektor o‘lgandan so‘ng, tark eturmi ular qal’ani, 
Yoki uni muhofaza qilurlarmi sarkardasiz ham? 
Evoh, nechun bunday xayol qutqu solur mening qalbimga? 
Bandargohda dafn etilmay yotur hamon do‘stim Patrokl! 
Hali tirik ekanman men, yurarkanman tiriklar aro, 
390. Oyoqlarim harakatda ekan aslo unutman uni! 
O‘lgan banda xotirasin yo‘qotadi Aidga tushgach; 
Hatto o‘shal maskanda ham unutmam men sodiq do‘stimni! 
O, axeylar, keling endi kuylagancha zafar qo‘shig‘in 
Priamzodning jasadini bandargohga sudrab boraylik. 
395. Biz munavvar zafar quchdik! Halok bo‘ldi ilohiy Hektor! 
Troyalik mardlar xudo deb sig‘ingan dilovar Hektor!” 
Deb, noshoist bir ish qildi Peleyzoda jasadni xo‘rlab: 
U Hektorning tovoni vak to‘pig‘ining orasidagi 
Payni teshib, undan tasma o‘tkazdi-da jangarobaga 
400. Bog‘lab qo‘ydi tasma uchin; jasad boshi sudraldi yerda; 
Arobaga chiqdiyu u ko‘z-ko‘z qilib nodir sovutni, 


53 
Qamchi urdi otlariga: mute otlar yeldi shamoldek, 
To‘zon turdi yer sidirib borayotgan jasad ortidan; 
Priamzodning bir vaqtlar ko‘p bejirim bo‘lgan boshi ham, 
405. Uning qora sochlari ham changga botdi; bu ulug‘ boshni 
O‘z yurtida tahqirlardi endi g‘anim Zevs xohishi-la! 
O‘z dilbandin changga botib xor bo‘lganin ko‘rgan volida 
Yulib oppoq sochlarini, boshidan o‘rtugin otib, 
Oh urgancha o‘g‘lin qo‘msab, achchiq-achchiq yig‘lay boshladi. 
410. Achchiq-achchiq kshz yosh qildi keksa ota; butun aholi 
Aza tutdi; ohu noma bosib ketdi butun shaharni. 
Go‘yo azim Ilionni poyidan to cho‘qqisigacha, 
U boshdan-bu boshiga yong‘in qamrab olganday edi! 
O‘zin Askey qopqasiga otib, janggoh chiqmoqchi bo‘lgan 
415. G‘amnok cholni zo‘rg‘a ushlab turardilar troyaliklar. 
Mahzun podsho har bir erni nomin atab, oyoqlariga 
Yiqilarkan, o‘ksib-o‘ksib yig‘lar edi iltijo qilib: 
“Tutmang meni, o, azizlar, qo‘ying, chiqay shahar tashiga! 
Borgum o‘zim mirmidonlar kemalari poyiga yolg‘iz 
420. Va yolborgum ul bag‘ritosh, bediyonat Peleyzodaga. 
Oq soqolim hurmati, u shafqat qilar men qariyaga; 
U ham inson, munkillagan padari bor uning ham mendek; 
Keksa Peley Troyaning sho‘ri qilib o‘stirdi uni, 
Valekin yuz karra mening – Priamning sho‘ri bo‘ldi u! 
425. U ne-ne yosh o‘g‘illarim xag‘on qildi muhorabada! 


54 
Hammalarin o‘lganlari bir bo‘ldiyu, sarlochinimdan 
Ayrilganim o‘zi ham bir azob bo‘ldi; bu anduh meni 
Go‘rga tiqqay! O, koshkiydi jon bersa u shu qo‘llarimda 
Hech bo‘masa yig‘lab-yig‘lab yuragimiz bo‘shatardik biz, - 
430. Biz, notavon ota bilan baxtiqaro ona ikkimiz!” 
Ho‘ng-ho‘ng yig‘lab dedi podsho; jo‘r bo‘ldilar troyaliklar 
Hekuba ham xotin-xalaj ichra mungli yig‘lay boshladi: 
“Nuridiydam, ne azobga qoldirding men – baxtiqaroni? 
Ilionda mening yolg‘iz faxrim eding kechayu kunduz, 
435. Sen suyangan tog‘i eding erkak, ayol, yoshu qarining! 
Har yerda el pushtipanoh xudovanddek xushlardi seni: 
Sen Troya elin buyuk iftixori eding, toychog‘im, 
Bag‘rimizdan tortib oldi o‘lim sendek aziz insonni!” 
Lek Hektorning ahvolini bilmas edi uning zavjasi; 
440. Hali hech kim darvozadan tashqarida, jang maydonida 
Uning o‘lib yotganini aytmagandi yugurib kelib 
U qasrning eng chekka bir go‘shasida qirmizi mato 
To‘qir edi, ajib turqa gullardan naqsh solib sathiga 
Sal oldinroq amr etgandi u sumbulsoch joriyalarga, 
445. Mahobatli sepoyaning ostiga o‘t qalab, janggohdan 
Xorib qaytgan Priamzodga suv isitmoq lozimligini. 
Sho‘rlik xotin! U Hektorni keng dalada Axill qo‘li-la 
Afineya o‘ldirganin xayoliga ham keltirmasdi. 
Birdan faryod qilgan sasni eshitdi u minora yoqdan, 
450. Vujudi bir seskandiyu tushib ketdi qo‘ldan urchug‘i; 


55 
Turib ketdi u o‘rnidan dedi ikki joriyasiga: 
“Qani turing, yuring men-la, kshrmoqchiman ne bo‘lganini; 
Qaynotamning ovozini eshiturman; qalbim hapqirib 
Chiqmoq bo‘lur o‘z qinidan; tizzalarim qaltiramoqda! 
455. Priamzodlar boshiga bir shum falokat tushmadimikin?.. 
O! Daf bo‘lsin xunuk xabar! Lek baribir qalbim larzada... 
Yo ehtimol tangrimonand mard Hektorni dashtda Axilles 
Qopqa yoqqa yo‘lin kesib quvyapkandir yakka o‘zini? 
Tag‘in erim jasoratdan bevaqt judo bo‘lmadimikin? 
460. Botir G‘ektor hech vaqt o‘zin urmas edi olomon ichra; 
Doim olg‘a otilardi, jasoratda beqiyos edi! ” 
Shunday deb u o‘z ko‘shkidin elib chiqdi hayajon ila 
Go‘yoki bir menadadek: joriyalar ergashdi unga; 
Uchib chiqdi minoraga, odamlarning orasin yorib 
465. Olg‘a o‘tdi va atrofga ko‘z yugurtib devor boshidan, 
Boshdan-oyoq changga botgan bir jasadni ko‘rdi dalada, - 
Otlar axey kemalari tomon sudrab borardi uni. 
Andromaxa ko‘z oldini birdan qora zulmat burkadi; 
Bir oh urib hushdan ketdi u chalqancha yiqilar ekan. 
470. Boshidagi hashamatli bog‘ichlar ham, ajib uqadan 
Jiyagi bor nafis to‘r ham, oltin tojli Afroditaning 
Armug‘oni – urtugi ham uchib ketdi(pahlavon Hektor 
Bir vaqtlar bisyor qalin evaziga Andromaxani 
Etionning maqomidan o‘z uyiga olib ketganda, 
475. Bu bebaho urtukni hur Afrodita tuhfa qilgandi). 


56 
Quti o‘chgan, g‘am adoyi tamom qilgan Andromaxaning 
Atrofida ovsin, qayin singillari parvona edi. 
U hushiga kelib oxir ququr bir tin oldiyu so‘ngra 
Achchiq-achchiq ko‘z yosh to‘kib varyod chekdi ayollar ichra: 
480. “Sho‘rpeshona ekanman men, O Hektorim! Ikkalamiz ham 
Badbaxt bo‘lib tug‘ilibmiz: sen – Priam koshonasida, 
Men – Fivada, Plak tog‘in yon bag‘rida, shoh Etionning 
Maqomida; badbaxt otam meni – badbaxt qizin papalab 
Katta qildi. O, yaxshiydi bu kunimdan tug‘ilmaganim! 
485. O, shaharim, sen Aidga – yer qa’riga rixlat etyapsan 
Men bevani gamu anduh og‘ushiga tashlab tamoman: 
Enda ikki benavodan dunyo kelgan sho‘rlik o‘g‘limiz 
Yyetimlikning mashaqqatin tortur mudom! O, endi na sen 
Unga homiy bo‘lolasan, na u senga tayanch bo‘ladi! 
490. Hattoki u axeylarning qirg‘inidan omon qolsa ham, 
Qolgan umri og‘ir mehnat, qayg‘u-hasrat bilan o‘tadi; 
Begonalar tortib olur yetimchaning yeru suvini. 
Mahrum bo‘lur sho‘rlik yetim do‘stlaridan, boshpanasidan: 
Ko‘zlari nam va boshi xam tentib yurar bolam bechora. 
495. Gado bo‘lib otasiga do‘st bo‘lganlar uyiga borsa 
Va goh uning, goho buning etagidan ohista tortsa, - 
Ba’zilari rahm qilib qadah tutgay yetim og‘ziga, - 
Ammo labi nam bo‘lar-u, tomog‘iga yetmas tomchi ham. 
Ba’zan uni ko‘kragiga turtib haydar ota-onasi 
500. Tirik bola ostonadan dilni vayron qiluvchi so‘z-la: 


57 
- Tur, yo‘qol, ket! Padaring yo‘q uyimizda mehmonlar aro – 
Avvallari otasining tizzasida o‘tirib olib, 
Qo‘y iligi va go‘shtini to‘yib egan Astianaksim 
O‘ksib-o‘ksib yig‘lagancha beva ona qoshiga kelar; 
505. Bir vaqtlar o‘ynab-o‘ynab charchaganda, enagasining 
U orombaxsh quchog‘ida, par to‘shakda bamaylixotir 
Shirin uyqu og‘ushida to‘ygunicha uxlardi yotib. 
Ahvoli ne kechgay endi bu bepadar Astianaksning, - 
Shu nom bilan atardilar uni doim troyaliklar, 
510. Zero, faqat sen qopqani muhofaza qilganding, Hektor; 
Endi bo‘lsa yov kemasi etagida, bizdan yiroqda 
It g‘ajigan qip-yalang‘och jasadangni qurtlar kemirar! 
Yalang‘ochsan! Lek ayollar to‘qib, tikkan nafis va go‘zal! 
Liboslaring koshonangda gard tegmasdan yotur besanoq! 
515. Ular barin endi o‘tga tashlagayman men baxtiqaro! 
Darkor emassenga ular, kiyolmaysan ularni endi! 
El oldida yoqqum sening sharafingga jami libosing!” 
Shunday nola qilardi u; jo‘r bo‘lardi barcha xotinlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə