Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi


ESXIL  (m.o.525-456 yy.)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

ESXIL 
(m.o.525-456 yy.) 
 
Bizga ma’lum bo‘lgan qadimgi Yunon fojianavisi Esxil 
chin ma’noda “tragediyaning otasi” deb tan olingan. 
Shoirning hayotiga doir ma’lumotlar kam saqlanib 
qolgan. U taxminan 525-yili Elevesin shahrida yirik zamindor oilasida dunyoga 
keldi. Bu yillar Yunonlarning fors istilochilariga qarshi mustaqillik uchun kurash 
olib borgan davri edi. Shoir o‘z hayotida yirik ijtimoiy va siyosiy voqealarning 
shohidi bo‘lgan(Marafon yaqinidagi forslar ustidan qozonilgan g‘alaba(m.o. 490-
y,), m.o. 483-yili Salamin oroli yaqinida fors flotining tor-mor qilinishi, 479-yili 
forslarning Plateyadagi mag‘lubiyati, Afina davlatida pul munosabatlarining 
mustahkamlanishi).
Keyinchalik o‘z mamlakatidagi mavjud tartiblardan norozi bo‘lgan Esxil 
Afinani tark etib, Sitsiliyada qaror topadi va m.o.456 Gela shahrida vafot etadi.
Qahramonlik afsonalarini (asosan Homer asarlari syujetidan foydalangan)asosiy 
manba qilib olgan Esxil 21 yoshida ilk bor dramatik shoirlar musobaqasida 
qatnashadi va 40 yoshida birinchi marta g‘alaba qozonadi.
Qahramon hayoti uchta tragediyada aks ettiriladi va mifologik syujet asosida 
yozilgan satirlar dramasi bilan yakunlangan. Qadimgi adabiyotshunoslarning zikr 
etishlaricha, u 90 ga yaqin tragediya yozgan bo‘lib, bizgacha faqat 7 tasigina yetib 
kelgan( “Iltijogo‘ylar”, “Eroniylar”, “Zanjirband Prometey”, “Fivaning yetti 
dushmani”, “Oresteya” trilogiyasini tashkil qiluvchi “Agamemnon”, “Xoeforlar”, 
“Evmenidalar”). 
Aristotelning “Potika”sida yozilishicha Esxil birinchi bo‘lib, akterlar sonini 
bittadan ikkitaga oshirgan, xor partiyasini kamaytirgan va dialog asarning asosiy 
elementiga aylantirilgan.


83 
Shoir ijodining ilk namunasi “Iltijogo‘ylar” tragadiyasi bo‘lib, bizgacha 
uning birinchi qismi yetib kelgan. Asar syujeti shoh Danayning 50 ta qizi haqidagi 
afsonadan olingan. Yunon adabiyotidagi zamonaviy mavzuda yaratilgan yagona 
asar, “Eroniylar” tragediyasi Eron-Yunon urushiga bag‘ishlangan. 
Esxilning saqlanib qolgan tragediyalari uning ijodini uchta davrga bo‘lish 
imkonini beradi: 1) Ilk pesalarida(“Iltijogo‘ylar”, “Eroniylar” ) asosiy rolni xor ijro 
etadi. 2) “Zanjirband Prometey”, “Fivaning yetti dushmani” asarlarida markaziy 
qahramon obrazi gavdalanadi, dialogga katta o‘rin beriladi. 3) “Oresteya” asarida 
kompozitsiya birmuncha murakkabashtiriladi, ikkinchi darajali obrazlar asar 
dramatizmini kuchaytirishga xizmat qiladi. Uchinchi akterdan foydalanila 
boshlanadi.
“Zanjirband Prometey” qadimgi Yunon afsonalari asosida yaratilgan. Ularda 
hikoya qilinishicha, Prometey suv va tuproqdan dastlabki odamlarni bunyod etgan. 
Ma’buda Afina esa jonbaxsh nafasi bilan ularga hayot bag‘ishlagan. Lekin 
ma’budlar hukmdori(Olimp) odamlarni butunlay yo‘qotib yuborishga qasd qiladi: 
odamlardan olovni yashirib, ularni sovuqda, zulmatda tutadi.
Titanlardan bo‘lgan Prometey, Olimp mehrobidan muqaddas olovni o‘g‘irlab, 
odamlarga keltirib beradi. Shundan boshlab yerda yangi hayot quloch yozadi, endi 
odamlar o‘zlarini erkin va qudratli his qila boshladilar. Bu “shakkoklikdan” 
g‘azablangan Zevs uni qoyaga zanjirband qilishni buyurib, ming yillar davomida 
azoblaydi. To Gerakl kelib ozod etmagancha zanjirband Prometeyga Zevsning 
qanotli iti – jeztumshuqli burgut misli ko‘rilmagan azoblarni beradi, har kuni uning 
jigarini cho‘qib, qonini ichadi... 
Esxil o‘z asarlarida ma’budlarni yoki biror maqsad yo‘lida kurashuvchi
bukilmas irodali kishilarni tasvirlaydi. “Zanjirband Prometey” hamon inson 
tafakkurining mangu durdonasi, qadimiy Yunon fojianavisining nodir asari sifatida 
yashab kelmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə