Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

Prometey 
Tag‘in menga quloq tutgin, azmim tufayli 
Yaratilgan ixtirolar hayratangizdir. 
So‘ylab beray senga juda muhimlarini: 
Menga qadar bilishmasdi malham dorini 
Keragicha yemay-ichmay shu taqlid ular 
Qirilishib ketishardi tib yordamsiz. 
Men o‘rgatdim dorilardan foydalanishni, 
Shundan keyin barham topdi barcha kasallik. 
Tez orada folbinlikning yo‘llarini tikladim: 
Ta’bir qildim tushlarni ham payg‘ambarona –
Nima yolg‘on, nimadir haq ko‘rsatib berdim. 
Ifsho qildim karomatli so‘zlar mazmunin, 
Yo‘l belgisin, parrandalar parvozini ham, 
Qanday axbor berishlarin baxtdan, ofatdan, 
Ularning-da yashash tarzin, ishq va nizosin,
Ziyon-zahmat chekkanlarning ichki asrorin, 
Jigar ila safroning-da xili, rangini 
Qurbonlikka qaysi biri xush kelishin ham, 


87 
Qurbonlikkahozirlangan hayvon sonini 
Kuydirgancha, olovning ko‘p xosiyatlarin 
Ko‘z-ko‘z etib, odamlarni hayratga soldim, 
Zero, avval hech bir kimsa ko‘rmagan edi. 
Binobarin... Kim aytishga jur’at etadi, 
Menga qadar yer ostida yashirin yotgan 
Temir, oltin, kumushlarni, rangin mislarni 
Odamlarning foydasiga etkizganimni, 
U kimdirki mag‘rurlansin, albatta, hech kim, 
Ochig‘ini aytsam agar bilib qo‘yginki, 
Prometeydan o‘tgan xalqqa barcha san’atlar! 
Xor 
Foniylarga madad berib haddan tashqari 
Baxtsizlikda qoldirmagin bu xilda o‘zni, 
Illo imon komildirki, banding yechilgay, 
Zevs yanglig‘ bo‘lajaksan purqudrat tag‘in. 
Prometey 
Bo‘lmagan gap, olimaqom ilohiy taqdir 
Shunga o‘xshash hodisani hal qilgani yo‘q. 
Vale hozir azoblarga mubtalodirman, 
Kishanlardan qutilsam ham ojizlik qilur 
Doim san’at zaruriyat ostonasida... 
 


88 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə