Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

TO‘RTINCHI STASIM 
Xor 
1-strofa 
Inson, inson! O, foniy avlod! 
Ma’nosiz va bebaqo dunyo! 
Bog‘ri butun bormi dunyoda! 
“Toleim bor” deya ulgurmay 


104 
Toleidan mahrum bandasi. 
Baxti qaro Edip, o, Edip! 
Menga saboq bo‘ldi qismating. 
Sening xunuk qissangdan hissa: 
Bu dunyoda baxtli inson yo‘q! 
(Asqad Muxtor tarjimasi) 
 


105 
EVRIPID 
(m.o. 480-406 yy.) 
 
 
Qadimgi Yunon tragediyasining yana bir vakili 
Evripid Afina yaqinidagi Salamin orolida tug‘ilgan. 
Antik davr adabiyotining uch buyuk vakili haqida 
quyidagi rivoyat bog‘lab turgan: Salamin yaqinidagi 
g‘alaba nishonlanayotganda(m.o. 480) Esxil g‘olib askarlar safida bo‘lgan. G‘alaba 
bayramida uyushtirilgan o‘yinlarda Sofokl o‘zini ko‘rsatgan va xuddi shu kuni 
dehqon Mnesarx oilasida Evripid dunyoga kelgan. 
M.o. V asr oxirida komediyanavislar shoirga ko‘p ta’na va malomatlar 
yog‘dirdilar. U Makedoniyaga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi va shu yerda vafot 
etadi.
Evripid teatr musobaqalarida uch marta g‘olib chiqqan. O‘z davrida 
qadrlanmagan shoir keyingi asrlarda(ellinizm davrida) xalqning eng sevimli tragik 
shoiriga aylanadi. U jami 92 ta asar yozgan bo‘lib, bizgacha 19 tasi etib kelgan. 
Masalan: 
“Alkestida”, 
“Medeya”, 
“Geraklidlar”, 
“Ippolit”, 
“Elektra”, 
“Andromaxa”, “Troyalik ayollar” tragediyalari. Bu asarlarning barchasi Sofokl va 
Esxil singari mifologik afsonalar mavzusida yozilgan. Evripid o‘z asarlarida 
zamonasining turli-tuman muammolari bilan birga psixologik muammolarni ham 
qo‘yadi. Yunon shoiri jahon adabiyotida avvalambor, ayollar obrazi va ularning 
psixologik qiyofasini mahorat bilan tasvirlagan adib sifatida mashhurdir.
Uning eng kuchli tragediyalaridan biri m.o. 431-yili Afina sahnasida 
qo‘yilgan “Medeya” hisoblanadi. Asar syujeti “Argonavtlar” haqidagi afsonadan 
olingan. Bir qancha Yunon pahlavonlari Yason boshchiligida oltin qo‘y junini olib 
kelish uchun “Argo” kemasida Kolxida eliga jo‘naydilar. U erda podshoning qizi, 
quyosh ma’budi Geliosning nabirasi go‘zal Medeya Yasonni sevib qoladi, uni deb 
ota-onasi, vatanidan voz kechadi, akasini o‘ldiradi. Oltin qo‘y junini Yunonistonga 
olib kelgach, ular turmush quradilar. Bir qancha muddat o‘tgach, Yason Korinf 


106 
shohi Kreontning qizi Glafkaga uylanmoqchi bo‘ladi. Evripidning asari xuddi ana 
shu joydan boshlanadi. Bevafolikdan g‘azablangan Medeya eridan qasos olishga 
ahd qiladi, kelin, uning otasi va o‘z farzandlarini o‘ldirib ajdaholar qo‘shilgan 
aravada uchib ketadi. Agar “Medeya” xaqoratlangan sevgi va rashk haqidagi asar 
bo‘lsa, “Ippolit” jinoyatkorona, qabih sevgi haqidagi tragediyadir. Afina podshosi 
Tezeyning oldingi xotinidan qolgan o‘g‘li Ippolitni o‘gay onasi Fedra sevib qoladi. 
Yigit uning sevgisini rad etgach, Fedra o‘z joniga qasd qiladi. O‘limidan oldin 
yozib qoldirgan maktubida u Ippolitni tajavvuzda ayblaydi. Otasi tomonidan 
la’natlangan Ippolit halok bo‘ladi.
Evripid juda katta maxorat bilan burch va ehtiros o‘rtasidagi kurashdan 
azoblangan qahramonlar ruhiyatini tasvirlaydi. 


107 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə