Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

Qadimgi Yunon dramasi. 
Miloddan oldingi VII-VI asrda shakllangan 
Yunon quldorlik jamiyati V asrda o‘zining yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi.
V-IV asrlar adabiyoti Afina shahri joylashgan viloyat nomi bilan “Yunon 
adabiyotining attika davri” deb ataladi. Afina davlatini boshqargan Perikl(500-429) 
poytaxtga butun Yunonistondan faylasuf, olim, shoir, xaykaltaroshlarni to‘pladi. 
Taraqqiyot bosqichi mobaynida barcha xalqlar qo‘shiq aytib, raqs tushib 
bajaradigan turli rasm-rusumlar bo‘lgan. Drama adabiyotning alohida turi sifatida 
antik davrda shakllandi. Dramada asosiysi hikoya yoki bayon qilish eias, harakat 
bo‘lgan (Yunoncha drama so‘zi “harakat” ma’nosini bildiradi). Dramada 
ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro suhbatlar – dialoglar, munosabatlar, ularning 
xatti-harakatlari, qarama-qarshiliklar va ularning echimi tasvirlanadi.
Yunon dramaturgiyasining barcha turlari – tragediya, komediya, satirlar 
dramasi dehqonlarning homiylari bo‘lgan ma’budalar Demetra va Kora sharafiga 
kuylagan qo‘shiqlar hamda may, shodlik va hosildorlik ma’budi, taka qiyofasidagi 
Dionisga bag‘ishlangan marosimlar asosida maydonga kelgan. Afsonalarda hikoya 
qilinishicha, Dionis Zevs bilan Semela degan qizdan tug‘ilgan. Dionis o‘zining 
odamsifat, ammo dumdor, echki tuyoq hamrohlari – satirlar bilan birga dunyoni 


21 
kezib yurgan paytlarida, insonning og‘ir va g‘amgin hayotini ko‘radi-da, odam 
bolasini baxtiyor va xushnud qilish niyatida, ma’budlar taomi amvroziyani keltirib 
bermoqchi bo‘ladi. Ma’budlar buni sezib qolgach, Dionis amvroziyani erga ko‘mib 
qochadi. Birmuncha vaqtdan so‘ng bu yerda tok navdalari unib chiqadi, uning 
mevalari odamlarga baxt va shodlik keltiradi. Bundan qahrlangan Zevs, o‘g‘lini 
Olimp tog‘idan badarg‘a qiladi. Erda Dionis og‘ir musibatlar chekib, vafot etadi. 
O‘g‘lining o‘limidan so‘ng Zevs uning gunohlaridan kechib, Dionisni ma’budlar 
qatoriga qabul qiladi. Dionis odamlarga har yili ikki marta o‘z sharafiga bayram 
o‘tkazishni vasiyat qiladi. Shundan e’tiboran Dionis hosildorlik, may, shodlik va 
sarxushlik rahnamosi bo‘lib qoladi. Ularga bag‘ishlangan maqtov qo‘shiqlar – 
difiramblarni kuylovchi xorga shoir Fespis birinchi akterni qo‘shgandan so‘ng u 
dramatik janrga aylandi. Tragediya prolog (ekspozitsiya)dan boshlangan va 
orxestrga xor chiqib, tomoshabinlarga voqeaning mohiyatini aytib bergan. 
Shundan keyin dialogik qismlar – akterning korifey (xorning rahbari) bilan yoki 
ikki-uch akterning suhbatlari bilan davom etgan va “eksod” (xotima) bilan 
yakunlangan. Aristotelning yozishicha, tragediya “trago” va “oide” so‘zlaridan 
kelib chiqib, “taka qo‘shig‘i” ma’nosini anglatadi. Yunon shoir-dramaturglari, 
jumladan – Esxil, Sofokl, Evripidlar ham o‘z tragediyalarini xudolar va 
qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar.
Bayramlardagi hushchaqchaq hazillardan “comos” va “oide” (komediya), 
ya’ni masxarabozlar qo‘shig‘i paydo bo‘lgan. Keyinroq tragediya va komediya 
o‘rtasida “satirlar dramasi” shakllandi. Bu janrning ijodkori m.o. V asrda yashagan 
shoir Pratim xisoblanadi. 
Dramaning barcha turlari diniy marosimlardan paydo bo‘lganligi sababli, 
qadimgi Yunonlar bularning barchasiga yuksak e’tiqod bilan qaraganlar. Teatr 
tomoshalari davlat tasarrufidagi muhim siyosiy hamda tarbiyaviy tadbirlardan biri 
sanalgan. Ikkinchidan, Dionisiy marosimlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu 
tomoshalar yiliga uch marotaba o‘tkazilgan va bir necha kun davom etgan. 
Yunonlar bu marosimlarga shunchaki bir ermak deb emas, balki muhim diniy 
bayram deb qaraganlar. Qadimgi Yunonistonda barcha o‘yinlar singari, teatr 


22 
tomoshalari ham musobaqa shaklida o‘tkazilgan. Tragediyanavis shoirlar 
mazmunan bir-biri bilan bog‘liq 3 ta tragediya va 1 ta satirlar dramasini xakamlar 
hay’atiga taqdim etganlar. Komediyanivis shoirdan faqat bitta asar talab etilgan. 
Yunon adabiyotining barcha janrlari kabi, tragediyaning mavzulari ham asosan 
mifologik afsonalardan olingan. Agarda dastlabki davrlardan bu mavzular Dionis 
haqidagi rivoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shoirlar boshqa 
ma’budlar va qahramonlar haqidagi afsonalarga murojaat qila boshlaganlar. Biroq, 
shu bilan birga, tragediya mualliflari mavzu tanlaganlarida ham, faqat zamona 
talablariga hamohang miflarni olib, ularni birmuncha o‘zgartirib, moslashtirib, 
shular misolida o‘z davrlarining muhim masalalarini hal etishga intilganlar, 
mifologik qahramonlarning kurash va to‘qnashuvlari, ularning xatti-harakatlari 
o‘sha davr tomoshabinlari uchun axloq va odobning namunasi, ijtimoiy xulqning 
andazasi sifatida talqin etilgan; ana shu afsonaviy qahramonlarning qilmishlari 
timsolida tragediyanavis shoirlar o‘z zamondoshlarini yuksak ma’naviylik, vatanga 
sadoqat, insoniy burch g‘oyalarida tarbiyalashni ko‘zlaganlar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə