Abdug’opir qosimov, sidiq xo‘jaev chet el adabiyoti tarixi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/106
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#154447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
chet el adabiyoti tarixi abdug’opir qosimov, sidiq xo\'jayev

 
 
 
 
 
 


17 
Qadimgi Yunon adabiyoti 
 
Adabiyot xalq hayotining ko‘zgusidir. Shuning uchun antik adabiyotni 
o‘rganishni ham uni yaratgan xalqlar hayotini o‘rganishdan boshlash lozim bo‘ladi. 
Bu xalqlar qadimgi Yunonlar va rimliklardir. 
Miloddan oldingi II mingyillikda Yunoniston hududi va Egey dengizidagi 
orollarda ikki yirik markazlar nomi bilan Krit-Mikena deb atalgan, qadimgi 
madaniyat paydo bo‘lgan. Qadigi Yunonlarning tasavvuri bo‘yicha “muqaddas” 
Olimp tog‘iga makon qurgan ma’bud va ma’budalar haqidagi miflar ham aynan 
shu davrda yaratilgan. Krit-Mikena adabiyotining birinchi davri xalq og‘zaki 
ijodining uzoq asrlarini qamrab olgan bo‘lib, m.o. IX asrda yakunlanadi. Ushbu 
davr ijodi namunalari bizgacha etib kelmagan va u haqidagi ba’zi ma’lumotlarni 
keyingi davr adabiyotidan, Qadimgi Misr va Xett hujjatlaridan (Kichik Osiyoga 
hujum qilgan qabilalarning nomlari 
“axayvasha”
va 
“danauna”
tarzida berilgan 
bo‘lib, Homerning eposlarida ular Yunonlarning “axey” va “danay” qabilalari deb 
ataladi) topish mumkin. Arxaik davrda bir necha asrlar davomida shakllangan va 
m.o.VI asrda yozib olingan Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari 
to‘laligacha etib kelgan yagona namunalar hisoblanadi. 10 yil davom etgan Troya 
urushi va undan keyingi o‘n yillik voqealari aks etgan bu dostonlar epik qo‘shiqlar 
va rivoyatlar asosida maydonga kelgan. Agar 
epos
– insonni o‘rab turgan olam va 
undagi voqealar haqida hikoya qilsa, 
lirika 
shaxsning ichki dunyosini hamda shoir 
va lirik qahramonning kechinmalarini ochib beradi. “Lirika” atamasi torli 
cholg‘u asbobi lira nomidan kelib chiqqan bo‘lib, “musiqa jo‘rligida ijro etilgan 
she’r” degan ma’noni anglatadi. Lekin, bu atama ancha keyin – m.av. III-II 
asrlarda Aleksandriya olimlari tomonidan iste’molga kiritilgan. Unga qadar 
“Melika” 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə