Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

1968-yil


72
Hikoyalar
ANOR
(O‘tmishdan)
Uylar to‘la non, och-nahorim, bolam,
Ariqlar to‘la suv, tashnai zorim, bolam.
Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagi-
ning yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti
qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani
ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopti. Keli lapanglab
ag‘anadi, chala tuyulgan jo‘xori yerga to‘kildi.
Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi:
– Akajon, degin!
– Akajon! Jo-on aka!..
– Nima berasan?
– Umrimning yarmini beraman!..
Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning o‘zida,
eshik oldida o‘tirib tugunchani ochdi-da, birdan bo‘shashib
ketdi va sekin boshini ko‘tarib eriga qaradi. O‘z qilmishiga
gerdayib turgan Turobjon uning ko‘zida jiqqa yosh ko‘rib:
– Nima ekanini bildingmi? – dedi. – Asalarining uyasi!
Turgan-bitgani asal! Mana, mana, siqsang asal oqadi. Bunisi
oq mum, harom emas – shimsa ham bo‘ladi, chaynasa ham
bo‘ladi.
Xotin yengini tishlab bir nuqtaga qaraganicha qoldi.
– Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya! – dedi Turobjon
keltirgan matosini titkilab, – mana, chaynab ko‘r! Ko‘rgin,
bo‘lmasa innaykeyin degin...
Turobjon qizardi. U bir zamon betob o‘rtog‘ini yo‘qlab
eltgan tarvuzini, bemaza chiqqan bo‘lsa kerak, sigirning
oxurida ko‘rib shunday xijolat bo‘lgan edi.
Hovli yuzida aylanib yurgan oqsoq mushuk to‘kilgan
jo‘xorini iskab ko‘rdi, ma’qul bo‘lmadi shekilli, Turobjonga
qarab shikoyatomuz «mau» dedi.
– Tur, jo‘xoringga qara! Uni ko‘r, mushuk tegdi.
Xotin turayotib baralla yig‘lab yubordi.
c


73
– Bu yer yutkur qanday balo ekan!.. Odamlarday gulu-
taga, tuzga, kesakka boshqorong‘i bo‘lsam-chi!
Turobjon do‘ppisini boshdan oldi va qoqmoqchi
bo‘lganida ko‘zi yirtiq yengiga tushdi, yuragi achidi: endi
uch-to‘rt yuvilgan yangigina yaktak edi!
– Axir, boshqorong‘i bo‘l, evida bo‘l-da! – dedi do‘ppisini
qoqmasdan boshiga kiyib, – anor, anor... Bir qadoq anor
falon pul bo‘lsa! Saharmardondan suv tashib, o‘tin yorib,
o‘t yoqib bir oyda oladiganim o‘n sakkiz tanga pul. Akam
bo‘lmasa, ukam bo‘lmasa...
Er-xotin tek qolishdi. Xotin jo‘xorini tuyib bo‘ldi, uni
kelidan tog‘orachaga solayotib do‘ng‘illadi:
– Havasga anor yeydi deysiz shekilli...
– Bilaman... Axir, nima qilay? Xo‘jayinimni o‘ldirib pulini
olaymi, o‘zimni garov qo‘yaymi? G‘alatimisan o‘zing?
Xotin ovqatga unnadi, erining «boshqorong‘i bo‘l, evi-
da bo‘l-da» degani unga juda alam qildi, xo‘rligi keldi,
o‘pkasi to‘ldi.
Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan go‘jaga
qatiq ham rang kirgizolmadi. Turobjon ikki kosa ichdi, xotin
esa hanuz bir kosani yarimlatolmas edi. Uning imillashini
ko‘rib Turobjonning ko‘ziga negadir oqsoq mushuk ko‘rindi.
Mushuk yirtilgan yengini esiga tushirdi, avzoyi buzildi. Uning
avzoyidan «essiz jo‘xori, qatiq, o‘tin» degan ma’noni anglab,
xotin ko‘ngli tortmasligiga qaramasdan, kosani bo‘shatdi,
ammo darhol tom orqasiga o‘tib, ko‘zlari qizargan, chakka
tomirlari chiqqan holda qaytdi.
– Hali tug‘ilmagan bolani yer yutkur deding-a,– dedi
Turobjon borgan sayin tutaqib.
Xotin indamay dasturxonni yig‘ishtirib oldi, qozonga suv
quyayotib, eshitilar-eshitilmas dedi:
– O‘sha asalning puliga anor ham berar edi.
– Berar edi! – dedi Turobjon zaharxanda qilib, – anor
olmay asal oldim!
– Albatta berar edi! Albatta anor olmay, asal olgansiz!
Mana shunday vaqtlarda til qotib og‘izda aylanmay qoladi,
mabodo aylansa, mushtning xizmatini qiladi.
– Ajab qildim, – dedi Turobjon titrab, – jigarlaring
ezilib ketsin!


74
Bu so‘z unga qanday ta’sir qilganini faqat boshqorong‘i
xotingina biladi. Turobjon bu gapni aytdi-yu, xotinining
ahvolini ko‘rib achchig‘idan tushdi; agar izzat-nafs qo‘ysa
hozir borib uning boshini silar va «qo‘y, xafa bo‘lma, jahl
ustida aytdim», der edi.
– Kishining yuragini qon qilib yuborasan! – dedi
anchadan keyin, – nainki men asal olsam! Asal otliqqa yo‘q,
hali biz piyoda-ku! Xo‘jayinga bir oshnasi sovg‘a qilib kelgan
ekan, bildirmasdan... o‘zidan so‘rab ozrog‘ini oldim... O‘zi
berdi. Tansiq narsa, xursand bo‘larmikansan, debman. Yo
tansiq emasmi? Umringda necha marta asal yegansan? O‘zim
umrimda bir marta yeganman: Shokirxo‘ja qandolatchi asal
qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning jo‘jasi tushib
ketgandi, shu jo‘jani yalaganman...
Turobjonning bu so‘zlari xotinining qulog‘iga notayin
bir g‘o‘ldirash bo‘lib kirar edi. Uning Turobjon bilan uy
qilganiga uch yil bo‘lib kelayotir, nazarida, bu odam shu
uch yildan beri g‘o‘ldirab kelgan, hozirgisi shuning davomiday
edi. Ittifoqo, bu kun, nima bo‘ldi-yu, uch so‘zni ravshanroq
aytdi: «jigarlaring ezilib ketsin», dedi. Olamda uning suyan-
gani eri, birdan-bir orzusi – anor edi, birdaniga har ikkisi
ham yo‘qqa chiqdi.
Xotin uyga kirib ketdi. Anchadan keyin darchadan xira
shu’la tushdi. Turobjon ham kirdi. Xotin darcha yonida, bir
tizzasiga boshini qo‘ygan, qoramtir kulrang osmonga qarab
o‘tirar edi. Turobjon tikka turib qoldi. Tokchadagi beshinchi
chirog‘ pixillab yonar, uning atrofida katta bir parvona aylanar
edi. Turobjon ham darcha yoniga o‘tirdi. Shiftning qayeridir
«qirs» etdi, qayerdadir kaltakesak chirqilladi. Turobjonning
qulog‘i jing‘illadi. U ham osmonga – xira yulduzlarga qaradi.
Masjiddagi keksa baqaterak orqasidan ko‘tarilgan qizg‘ish o‘t,
ko‘kda olovli iz qoldirib, juda yuqoriladi va go‘yo osmonga
urilganday chilparchin bo‘lib «po‘p» etdi.
– Mushak, – dedi Turobjon, – Mullajon qozining
bog‘ida. Mullajon qozi beshik to‘yi qilgan.
Xotin indamadi.
– Shahardan to‘ralar ham chiqqan, – dedi Turobjon yana.
Xotin yana indamadi. U Mullajon qozining bog‘ini ko‘rgan
emas, ammo ta’rifini eshitgan. Bu bog‘ni ko‘z oldiga keltirib


75
ko‘rdi: bog‘ emas, anorzor... Anor daraxtlarida anor shig‘il,
choynakday-choynakday bo‘lib osilib yotipti.
– Bitta mushak uch miri, – dedi Turobjon, – yuzta
mushak otilsa... bittangadan yuz tanga. Bir miridan kam –
yetmish besh tanga bo‘ladi.
Er-xotin uzoq jim qolishdi. Turobjon og‘zini katta ochib
ham esnadi, ham uf tortdi.
– Ma, buni tik, – dedi u yaktagini yechib, – ma!
Xotin yaktakni olib yoniga qo‘ydi, aftidan, hozir tikmoqchi
emas edi.
– Bo‘l, – dedi Turobjon, birpasdan keyin, – ol... Senga
aytyapman!..
– Ha, muncha!.. Turtmasdan gapira bering... Tikib qo‘yar-
man, muncha qistov...
Turobjonning tepa sochi tikka bo‘ldi.
– Hay, sening dimog‘-firog‘ing kimga! Xo‘sh, nima deysan?
– Men sizga bir narsa deyapmanmi? Tikib qo‘yarman.
– Har narsaga ro‘zg‘or achchiq bo‘la bersa... qiyinroq
bo‘lar, – dedi Turobjon yaktagini kiyayotib, – kamba-
g‘alchilik...
– Kambag‘alchilik o‘lsin!
Xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, ammo Turobjon
buni ta’na deb tushundi.
– Nima, men seni olganimda kambag‘alligimni yashir-
ganmidim? Erkaboyga o‘xshab chimildiqqa birovning to‘ni,
kavush-mahsisini kiyib kirganmidim? Bunday armoning bo‘lsa
hali ham serpulroq odamga teg.
– Ikkita anor uchun xotiningizni serpul odamga oshirgani
uyaling!
Bu gap Turobjonning hamiyatiga tegdi. «Jigarlaring ezilib
ketsin», degani xotiniga qancha alam qilgan bo‘lsa, bu gap
Turobjonga shuncha alam qildi.
– E, hoy, anor olib bermadimmi? – dedi Turobjon mayin
tovush bilan, ammo bu mayin tovushdan qo‘rqquliq edi, –
sira anor olib kelmadimmi?
– Yo‘q! – dedi xotin birdan boshini burib.
Turobjonning boshi g‘ovlab, ko‘zi tindi.
– O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib
kelganmidi?!
– O‘ynashim olib kelgan edi!


76
Turobjon bilolmay qoldi: xotinning yelkasiga tepib, so‘ngra
o‘rnidan turdimi, yo turib keyin tepdimi; o‘zini obrezning oldida
ko‘rdi. Xotin, rangi oppoq, ko‘zlarini katta-katta ochib unga
vahimali nazar bilan qarar va boshini chayqab pichirlar edi:
– Qo‘ying... Qo‘ying...
Turobjon chiqib ketdi. Birpasdan keyin ko‘cha eshigi
ochilib yopildi.
Xotin uzoq yig‘ladi, eriga qattiq gapirganiga pushaymon
bo‘ldi, o‘zini qarg‘adi, o‘lim tiladi; yig‘idan tolib tashqariga
chiqdi. Qorong‘u, uzoq-yaqinda itlar hurar edi. Ko‘cha eshigini
ochib u yoq-bu yoqqa qaradi – jimjit. Guzar tomonda faqat
bitta chiroq miltirar edi. Samovarlar yotgan. Qaytib uyga kirdi.
Tom orqasida xo‘roz qanot qoqib qichqirdi. Ko‘cha eshigi
ochildi. Xotin to burilib qaraguncha Turobjon katta bir tugun-
ni orqalab kirib keldi. U tugunni uyning o‘rtasiga tashladi.
Bir choyshab anor har tomonga yumalab ketdi, bir nechasi
obrezga tushdi. Turobjon xotiniga qaradi. Uning rangini ko‘rib
xotin qo‘rqib ketdi – bu qadar oqargan! Turobjon o‘tirib
peshonasini ushladi. Xotini yugurib oldiga keldi va yelkasiga
qo‘lini qo‘ydi.
– Qayoqqa bordingiz? – dedi entikib,– nima qildingiz?
Turobjon javob bermadi. Uning vujudi titrar edi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə