Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

IG‘VOGAR
Zahiraga chiqqan militsiya kapitani ikkovimiz samovarda
bitta choyni ermak qilib, chaqchaqlashib o‘tirgan edik, kapi-
tan bo‘sh piyolani menga uzatar ekan, ko‘zi bilan imo qilib
shivirladi:
– Ana u tor ko‘chaga qarab turing, bir odam chiqadi,
ko‘rib qo‘ying, hikoyasini keyin aytaman.
Hayal o‘tmay tor ko‘chadan bo‘yi, bo‘yni, burni, yuzi
uzun va qora plash, qora shlapa kiygan, qora ko‘zoynak
taqqan bir kishi chiqdi; kapitanning qarashini kutib turgan
bo‘lsa kerak, ko‘chaning boshida turib qoldi. Uning hamma
narsasi qora bo‘lgani uchun yuzi juda oq, oppoq yuzida
qora ko‘zoynak yana ham qoraroq ko‘rinar, qisqasi, iyagining
ostiga ikkita suyakni chalmashtirib qo‘yilsa, kallasi ajalning
ramziga o‘xshar edi.


148
Kishi ko‘chaning yuziga o‘tdi, kapitan qaramadi, kelib
bizdan bir so‘ri nariga 
о
‘tirdi, kapitan boshini ko‘tarmadi,
so‘rilarni oralab bizning oldimizdan o‘tib ketdi. Shunda undan
sovuq, zax, eskirib qolgan go‘shtdan keladigan «soya hidi»
anqib ketdi. U orqasiga bir-ikki qarab, ko‘chaning u yuziga
o‘tdi, qorong‘i bir darvozaxonaga kirib ketdi.
Kapitan uning hikoyasini aytib berdi.
– Men bu marazni to‘rt yildan beri bilaman. Bu maraz
to‘rt yildan beri meni xilvatga tortadi, to‘rt yildan beri
qulog‘imga shivirlaydi...
Bundan to‘rt yil muqaddam shaharning turli tumanlaridan
militsiyaga har xil imzo bilan, lekin adressiz xatlar yog‘ila
boshladi. Bu xatlarning har biri ovchilar uyushmasining o‘sha
vaqtdagi kotibi ustidan yozilgan katta bir aybnoma bo‘lib,
bu aybnomada ko‘rsatilgan gunohlardan birontasi rost bo‘lsa,
kotib beto‘xtov qamalishi kerak edi. Biroq, militsiya bu xat-
larni yozgan odamlardan birontasini ham topolmadi, lekin,
shundoq bo‘lsa ham, kotibni ko‘zning tagiga olib qo‘ydi.
– Mana shu kunlarda, – dedi kapitan, – kechasi mening
oldimga mana shu maraz keldi, o‘zining halolligi to‘g‘risida
qancha bayt-u g‘azallar o‘qiganidan keyin «ovchilar uyush-
masining kotibi noma’lum odamlardan to‘pponcha sotib
olayotibdi degan gap yuribdi, mish-mishga o‘zim ishonmasam
ham sizga aytib qo‘yishni vijdoniy vazifam hisoblayman»,
dedi. Tashakkur bildirdim.
Lekin bu gap kotib haqida militsiya to‘plagan ma’lu-
motlarga butkul zid edi. Mulohaza va muhokamadan keyin
shunday xulosaga kelindi: o‘sha adressiz xatlarga bu odamning
aloqasi bor va militsiya xat yozgan odamlarni qidirayotganidan
xavotirga tushib qolgan: to‘pponcha haqida yo‘q mish-mishni
ko‘tarib kelishdan maqsadi, militsiyani aldash – «mening
gapim bo‘lsa o‘zim kelib aytaman, xat yozib yurmayman»,
demoqchi.
– Xo‘sh, bu tuhmatdan iborat xatlardan, uydirma mish-
mishdan, bunaqa nayrangdan kuzatilgan maqsad nima?
– Biz mana shunga qiziqdik, – dedi kapitan, – tagiga
yetdik ham. Dunyoda yaratilganicha qolgan odamlar ham
bor ekanini bilasizmi? Bu xildagi odamlar vaqtida na o‘qib
bilim olgan bo‘ladi, na uqib hunar; bir vaqt ko‘zini ochib


149
qarasaki, hamma nimadir qilyapti va hech narsa qilmaydigan
odamga tahqir nazari bilan qarayapti. Bular mana shu nazar-
dan qochib biron teshikka kirgani, u yerda odamlarni sich-
qonday kemirgani, ularning mehnati hisobiga mol-dunyo,
sharaf va shuhrat orttirgani urinadi.
Kapitan maraz deb atagan boyagi ig‘vogar mana shu
toifadan ekan.
Maraz mana shunaqa, qochib kirgani teshik izlab yurgan
kunlarining birida, banogoh, buyuk «talant» egasi ekanini
bilib qoldi: tandirning ustida qovun urug‘ini cho‘qiyotgan
tovuqqa «kisht» deb qo‘lidagi katta pichoqni otgan edi, pichoq
borib tovuqning qoq kallasiga tegdi. Tovuq yiqildi, patillab
jon berdi. Maraz shu kuniyoq qarz-havola qilib bo‘lsa ham
miltiq sotib oldi, ertasiga ovchilar uyushmasiga ariza berdi...
O‘ng qo‘li yo‘q kotib chap qo‘li bilan a’zolik bileti yozib
berayotganda marazning niyati buzildi: «Mening ikkala qo‘lim
sog‘, vaqti kelib shuning o‘rnini menga berishmasmikin?»
Maraz bir ovga chiqib, bitta chumchuq ham otolmay,
oyog‘ini zo‘rg‘a sudrab kelganidan keyin bu orzu talabga
aylandi, shuning uchun kotibga «siyosiy» nazar tashladi: «Bu
xoin emasmikin, askarlikda jangdan qochib, qo‘liga o‘zi
otmadimikin?»
Boshlandi.
Maraz shu lavozimni egallash uchun uch tomondan hujum
boshladi: shaharda mashhur ovchi bo‘lib tanilish va uyushmada
obro‘ orttirish uchun har yakshanba kuni kechki payt yelkasiga
bir emas, ikki ov miltig‘i, beliga bozordan sotib olingan uch-
to‘rtta qashqaldoq, uch-to‘rtta tustovuqni osib, oyog‘ida qo‘n-
ji uzun etik, qora yaltiroq tozini ergashtirib shaharning mar-
kaziy ko‘chasidan tantanali yurish qilib o‘tadigan bo‘ldi;
kotibni qoralash uchun miyasi nimalarni o‘ylab chiqarishga
qodir bo‘lsa hammasini har kimlarga yozdirib, shaharning
turli tumanlaridan militsiya boshqarmasiga yubora boshladi;
har sabab va har bahona bilan raisga xushomadgo‘ylik qila
berdi, uni «ustod» deb ataydigan bo‘ldi, a’zolardan birining
to‘yida, kelin bilan kuyov u yoqda qolib «ustod»ning salomat-
ligiga qadah ko‘tarishni taklif qildi, uzun nutqini «ustod otgan
tustovuq rohat qilib yiqiladi», deb tugatdi.


150
Oradan o‘n besh oy o‘tdi. Kunlardan bir kuni kotib to‘satdan
o‘lib qoldi. Maraz bu xabarni eshitib yugurganicha idoraga
keldi: o‘zini urdi, sochini yuldi, «qanotim sindi», deb dod
soldi; marhumning ordeni qo‘yilgan yostiqchani ko‘tarib
marosimning oldida bordi; uning qabri ustida hammadan oldin
nutq so‘zlab: «Aziz do‘stim, tinch yot, boshlagan ishingni
o‘zim davom ettiraman», deb yig‘lab yubordi.
Ertasiga, darhaqiqat, maraz to‘g‘ri kelib marhumning
stoliga o‘tirdi, kuni bo‘yi kim bilan muomala qilmasin ko‘ziga
yosh olib, kotibning ishini davom ettirdi; ertasiga ham,
indiniga ham, rosa bir hafta bo‘yi shunday qildi. Odamlar
marazning kotibligiga ko‘nikkan sayin uning ko‘z yoshi
kamaya bordi-yu, nihoyat, rais uning kotiblikka tayinlaganligi
haqidagi buyruqqa qo‘l qo‘ygan kuni taqqa to‘xtadi.
Maraz birovlar otgan bo‘rilarning terisini o‘z nomidan
topshirib, katta ovchilarni bir-biriga chaqib, urishtirib va har
qaysisiga o‘zini jonkuyar ko‘rsatib, kotiblik stoliga durustroq
o‘rnashganidan keyin raisning qabri ustida nutq so‘zlagisi, uning
boshlagan ishini «davom» ettirgisi kelib qoldi. Biroq rais ellikka
yaqinlashib qolgan bo‘lsa ham, hali juda baquvvat, urush yillari
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə