Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

BOSHSIZ ODAM
Niso buvi eri o‘lib, ikkita yosh qizi bilan qoldi. Ikki-uch
kishi sovchi qo‘yganda u, ikki bola bilan tinch turmush qila
olishini ko‘z oldiga keltirolmay, rozilik bermagan edi, nima
bo‘ldi-yu, usta Abdurahmon kishi qo‘yganda darrov rozi bo‘la
qoldi. Bunga hamma ham hayron qoldi. Bu to‘g‘rida ba’zilar:
«Niso buvi ilgariyam usta Abdurahmon bilan don olishib
yurar ekan...» degan gapni qilishdi, ba’zilar: «Bechora nima
qilsin, ikkita bolasi bor, usta Abdurahmonning ham o‘lgan
xotinidan bitta o‘g‘li bor, vaqti kelganda tili qisqa bo‘lmaydi-
gan ish qilibdi-da...» deyishdi.
Abdurahmon yuborgan sovchi Niso buviga shunday dedi:
«Sizda ikkita bola bo‘lsa, u kishida bitta bola bor. Bularning


153
yegan-ichgani qayoqqa borar edi. Bular uchun alohida qozon
osilarmidi. Siz hammasining onasi, u kishi – ota. Usta bolani
juda yaxshi ko‘radilar...»
Oradan to‘qqiz yil o‘tdi. Bular to‘rt bola ko‘rishdi. Bu to‘qqiz
yilning ikki-uch yiligina tinch o‘tdi. Keyingi yillarda Niso buvi
qizlari tufayli necha marta qo‘ydi-chiqdi bo‘lib oldi.
Niso buvi pichoq borib suyagiga tekkandan keyin qizlarini
internatga berishni ham o‘yladi. Ammo bu to‘g‘rida ham er
bilan maslahatsiz bir ish qilishga qo‘rqdi. Maslahat qilganda
usta Abdurahmon: «Ha, Roziq yamoqchining qizlari o‘qib
shahar so‘rarmidi?..» deb urishib berdi.
Usta Abdurahmon qizlarni ko‘p uradi. Bir kuni Niso buvi:
«Ursangiz o‘sha do‘koningizga olib borib uring», deganida
usta: «Ha, joning achiydimi, bundan keyin men urayotganda
kulib turmasang uch taloqsan...» deb yubordi. Shundan keyin
Niso buvi ko‘p martalab «kuldi».
Usta Abdurahmon ko‘pdan beri Niso buviga: «Mehrini
Faxriddinga qilamiz», deb yurar edi. Faxriddin erka o‘sgan tantiq
bola bo‘lgani uchun Niso buvi: «Ha, ishqilib, ikkovining ham
boshi omon bo‘lsin», deb qo‘ya qolar, bu «yo‘q» degani edi.
Bir kuni ertalab nonushtadan keyin usta Abdurahmon:
«Chorshanba kuni to‘y!» dedi-yu, ko‘chaga chiqdi-ketdi. Niso
buvi rang-quti o‘chib, devorga suyanganicha qola berdi.
To‘y o‘tdi. Niso buvining endigi qayg‘usi Mehrining
bo‘yida bo‘lib qolishi, chunki Faxriddindan uning bo‘yida
bo‘lishini sira xohlamas edi. Bir kuni u betini qattiq qilib,
kuyovga ochiq aytdi:
– Faxriddin, hali yoshsizlar. Uch-to‘rt yil bolasiz yurish
yaxshi. Shifokor shu ishlarni bilarmikan?..
Faxriddin osilib turgan qalin pastki labini bir-ikki qimir-
latib, bo‘lagi bilan burnini artib javob berdi:
– Men bilmasam, dadam biladilar-da!
– Qo‘ying, qo‘ying... Dadangizdan so‘ramang. Uyat
bo‘ladi.
Tumorlar, qaytarma suvlari Niso buviga faqat tasalligina
berdi, xolos.
Mehri ikkiqat...
Bola ikki oylik, uch oylik... besh oylik...
Niso buvi talvasaga tushib, o‘zini qayoqqa urishini bilmas
edi.


154
Qanday bo‘lsa ham bolani tushirish kerak. U Mehrini
ko‘rpaga o‘rab, yangi qilinayotgan kigizday yumalatdi; qorniga
yostiq bilan urdi, ustiga chiqib o‘tirdi; qo‘qqisdan qattiq
qo‘rqitdi... Bularning hech qaysisi foyda bermadi.
Niso buvi qayerdandir yangi bir chora topib keldi, kimdir
qorinni silash, bolani ezib yo‘q qilishni o‘rgatgan.
Niso buvi besh kun deganda ishining natijasini ko‘rdi.
Oltinchi kuni kechasi Mehri to‘lg‘anib chiqdi. Ertalab juda
yomon ahvolga tushdi: uyning u boshidan bu boshigacha
«dod» deb yumalaydi. U xuftongacha qolmaydigan ko‘rinardi.
Niso buvining dami ichida.
Faxriddin kaklikka suv quyayotib otasiga qarab qo‘ydi.
– Ha, o‘g‘lim, xafa bo‘layotibsanmi? – dedi otasi.
– Yo‘q, – dedi Faxriddin cho‘zib.
– Xafa bo‘lma. Aravaga odam yubordim. Kasalxonaga
yuboramiz. Bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa xotinning urug‘i Hirotdan
kelgan emas!
Mehri xuftonga yaqin kasalxonaga yuborildi. Faxriddin
ikki soatdan keyin «meni kirgizmadi» deb qaytib keldi. Niso
buvi kasalxonadan yarim kechasi kelib saharda yana ketdi.
Mehri kasalxonada uzoq yotib qoldi. Undan faqat Niso
buvi xabar olib turar edi, bir kuni kuyovini koyidi:
– Faxriddin, bir martaba borib eshikdan «qalaysan» deb
kelsangiz bo‘lmaydimi? – dedi.
Faxriddin peshonasiga qo‘ngan pashshani ushlagani qo‘l
ko‘tarar ekan:
– Dadam chorshanba kuni borgin deyaptilar, – dedi.
Chorshanba bozor kuni edi. Usta Abdurahmon Faxriddinga
ikki so‘m pul berdi.
– Ma, yo‘ldan mayda-chuyda ol. Kirganingdan keyin
avval so‘ra, yengil bo‘lsa «xayriyat» degin. Sening yo‘qliging
uchun uyda tura olmayotibman. Yomon bo‘lar ekan degin.
Faxriddin yo‘lda ketayotib negadir dam kular, dam burnini
artib yo‘talar edi.
Faxriddin bozordan, otasi tayinlagancha, ikkita shirmoy
non, yarim qadoq pista oldi. Kasalxonaga borib, o‘zi ko‘rgan
eshikka kirib ketayotganida, bitta xotin qaytardi – olib borib
bir kursiga o‘tqizib qo‘ydi. Shu bilan u xotin dom-daraksiz
bo‘lib ketdi. Ikki soatdan keyin yana biri keldi-yu, Faxriddinga


155
indamay, yana bir uyga kirib ketdi. Bir soat chamasi o‘tgandan
keyin yana biri chiqib, Faxriddinni imladi. Faxriddin kirganda
Mehri endi uyqudan turgan ekan.
– E, ho‘y!.. Yaxshimisan... ho‘y! – dedi Faxriddin.
Mehri sekin:
– Keling, – dedi.
– Yaxshimisan...uyda sen yo‘q, dadam qiynalib qoldilar.
Yomon bo‘lar ekan...
– Kundan-kun battar bo‘lgan edim, olib tashlashdi... Naq
o‘layozdim...
– Xayriyat.
– Ko‘rdim, boshi yo‘q.
– lye!.. – dedi Faxriddin og‘zini va ko‘zlarini katta
ochib, – bolaning ham boshi bo‘lmaydimi!.. Dadamdan
so‘ray-chi...
Uning gaplariga quloq solib, raftorini kuzatib turgan
hamshira:
– Kasalni toliqtirib qo‘yasiz, bas! – dedi va eshikni
ko‘rsatdi.
Mehri kasalxonadan chiqqandan keyin Niso buvi ikkala
qizi bilan bosh olib chiqib ketdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə