Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti magistratura bo



Yüklə 28,57 Kb.
səhifə1/3
tarix28.09.2023
ölçüsü28,57 Kb.
#124606
  1   2   3
O

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI




ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MAGISTRATURA BOʻLIMI

Atamurodova Shaxnoza G’ofurovna


SOHIBQIRON AMIR TEMURNING HARBIY SARKARDALIK MAHORATINI UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA O‘QITISH METODIKASI
70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)Magistr darajasini olish uchun yoziladigan dissertatsiya

ASOSNOMASI

Pedagogika ta’lim nazariyasi kafedrasi dotsent, Yarlakabov Umrzoq Mamatqulovich

Jizzax – 2023


DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahon hamjamiyatida zamon talablariga mos metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash, bo'lajak pedagogika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish modellarini, metodik tizimi, multimediali elektron resurslar yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda ta'lim sifatini baholash jarayoni va takomillashtirishda erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etishga zarurat borligi qayd etilmoqda.
O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalari pedagog-kadrlarning ilmiy salohiyati va kasbiy mahoratini oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" bo'yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Shu nuqtai nazardan innovatsion ta'lim muhitida ixtisoslik fanlari o'qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishda rivojlantiruvchi treninglarni olib borish bilan bir qatorda, o'quv-uslubiy ta'minotini takomillashtirish hamda o'zlashtirish natijalarini ob'ektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6- sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-son Farmoni, 2018-yil 5- iyundagi PQ-3775-sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarni tashkil etish tartibi to'g'risida»gi 797-son Qarori, 2020-yil 15-maydagi 287-sonli "O'zbekiston Respublikasi kasbiy malakalar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to'g'risidagi" Qarori va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Dissertatsiya ishi mavzusining respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustivor yo'nalishlariga mosligi: Tadqiqot Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining "Demokratik va huquqiy jamiyatni ma'naviy- - axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish" ustuvor yo'nalishi doirasida bajariladi.
Tadqiqotning maqsadi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy sarkardalik mahoratini uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitish metodikasini umum ta'lim maktablarida pedagogik o’qituvchilar o’quvchilarga sohibqiron Amir Temurning harbiy sarkardalik mahoratini o’qitish metodikasini ishlab chiqish, uni nazariy asoslash va ta'lim jarayoniga joriy qilishdan iborat.

Yüklə 28,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə