Abdulla Qodiriyning Hayoti va ijodi. Reja



Yüklə 104,58 Kb.
səhifə6/6
tarix03.08.2018
ölçüsü104,58 Kb.
#60624
1   2   3   4   5   6

Shoir lirikasi

Erkin Vohidov publitsist, dramaturgy dostonnavis, tarjimon sifatida barakali ijod qilgan bo'lsa-da, awalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimiz qalbidan ham nafis, ham dolg'ali, isyonkor she'rlari orqali joy olgan.

Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi. Shoir o'z qo'lidagi qurol — she'r, lining tabiati, shoirning el-yurt oldidagi burchi — vazifasi xususida ko'p o'yladi, she'r va shoir haqidagi qarashlarini bayon etdi. U bular xususida so'z ochganda har doim ijod mashaqqatlarini, shoir bo'lish oson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o'z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga bo'lgan fidoyi mehrning samarasidir.

Erkin Vohidov dastiab hayot, go'zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo'lib maydonga chiqdi. Taqdir in'om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat suairini, hayotdan rizolikni toiib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo'lga kiritgan g'alabalari to'g'risida faxr-iftixorga to'la satrlar bitdi. Jumladan, ,,Yoshligim" g'azalida yoshlik sururidan jo'shib yozadi:

Yoshligim, kel, kuyga to'lgan Qalbim oltin sozi bo'l. Men qo'shiq aytay to'lib,

Bir lahza jo'r ovozi boi. 40—50- yillarda ,,vulgar sotsiologizm" deb atalgan qarash oqibati o'laroq, sevgi, shaxsiy kechinmalar badnom etilgan.

she'riyatdan quvg'in qilingan edi. 50- yillar oxiri, 60- yillarga kelib vaziyat o'zgara boshladi, inson shaxsiga hurmat, qalbiga e'tibor birmuncha oshdi, kishining xilma-xil kechinmalari, jumladan, an'anaviy sevgi taronalarini kuylash uchun yo'l ochildi. Bu hoi an'anaviy she'riy shakl, ayniqsa, g'azalning jonlanishiga olib keldi. Tabiiyki, bu jarayon o'sha kezlari osonlikcha, silliq kechgani yo'q. AbdullaOripov yozganiday, ,,mumtoz g'azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasidan birinchilardan bo'lib Erkin Vohidov anizning tabarruk ostonasida posbon yanglig' paydo bo'ldi". Ba'zi munaqqidlar ishqiy kechinmalarni kuylash, ko'hna she'riy shakl —aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb ataydilar. E, Vohidov ,,Yoshlik devoni" kitobining ,,Debocha"sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi:

Istadim sayr aylamoqni

Men g'azal bo'stonida. Kulmangiz, ne bor senga deb

Mir Alisher yonida. She'nyat dunyosi keng,

Gulzori ko'p, bo'stoni ko'p, Har ko'ngil arzini aytur

Neki bor imkonida. Ey munaqqid, sen g'azalni

Ko'hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodin

Qolgan inson qonida.

Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg'u — sevgini kuylagan qadimiy g'azal shaklini himoya qiladi. She'rda g'azal shunchaki she'riy shakl ma'nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg'ular ramzi tarzida ham qo'llangan:

Barcha shodlik senga bo'lsin,

Bor sitam, zorlik menga. Barcha dildorlik senga-yu,

Barcha xushtorlik menga... Bu jahonning rohatin ol,

Bor azobin menga ber. Senga bo'lsin barcha orom,

Barcha bedorlik menga.



(„ Barcha shodlik senga bo’lsin ")

Shoir oshiq ko'ngilning ma'shuqaga bo'Igan mayli ifodasida xuddi mumtoz she'riyat namoyandalari kabi mubolag'ani hadsiz oshiradi:

Seni yotlar tugul hatto —

Qilurman rashk o'zimdan ham, Uzoqroq termulib qolsam

Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham. Ko'zim yongay senga nargis —

Ko'zin tiksa chamanlarda, Yashirmam, lolaga rashkim

Ayon bo'lgay yuzimdan ham.

(„ Rashkim")

Oshiq yigitning dil rozlari, ma'shuqaning ta'rif-tavsifi har qancha mubolag'ador, romantik bo'yoqlar bilan zeb berilgan bo'lmasin, har ikkisi ham zamon va zamin farzandi, ular shoir aytmoqchi, ,,o'z zamonin zayli"ga itoat etadigan bizga zamondosh odamlardir.

Bora-bora shoir ijodida o'shanday romantik jo'shqinlik, hayotsevarlik tuyg'ulari yoniga jiddiy realistik mushohadakorlik kelib qo'shila boshladi. Shoir hayotni nuqul madh etish bilan chek-lanmay, uning tub mohiyatiga, ichki ziddiyatlariga ham nigoh tashlaydi, qalamga olingan hodisani qarama-qarshiliklari, ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan birgalikda idrok etadi. Natijada shoir she'rlari o'ziga xos bahs-munozara tusini oladi. 70 — 80- yillarga kelib shoir sevgi, ,,hayot kuychisi"gina emas, ko'proq hayotning, inson qalbining badiiy tadqiqotchisi sifatida ko'rina boshladi. ,,Hozirgi yoshlar", ,,Inson", ,,Sirdaryo o'lani", ,,Arslon o'ynatuvchi" she'rlari, ,,Ruhlar isyoni", ,,Istambul fojiasi" singari dostonlari bu jihatdan shoir ijodida olg'a tashlangan qadambo'ldi.

Hayotga, el-yurtga mehr — bu faqat shirin so'zlar, madhiyalar, hamd-u sanolar orqali ifodalanmaydi.

Ruhlar isyoni” dostoni. “Ruhlar isyoni” dostoniga isyonkor bengal shoiri Nazrul Islom hayoti, fojiali qismati asos qilib olingan. „Otashin bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdiri ko’pdn meni hayajonga solib kelar, u haqda biron narsa yozish xalida yurardim”, - deydi muallif. Shu maqsadda u shoir hayoti va ijodini astoyidil o’rgandi, shoir hayotiga oid faktlar bilan yaqindan tanishish niyatida Hindistonga bordi, shoir yashagan joylarda bo’ldi, shoirni shaxsan tanigan, bilgan kishilar bilan suhbat qurdi.

Ma’lumki, Nazrul Islom XX asr boshlarida chaqindek yaraqlab, she’riyatda o’chmas iz qoldirgan, isyonkor she’rlari bilan butun Hindiston yarim orolini larzaga solgan, hayotini Hindiston chet el mustamlakachilari zulmidan ozod etish ishiga, xalqlar birdamligi, erki, baxti yo’lida fido etgan dovyurak shoirdir. Tazyiq, hibs, qiynoqlar ostida shoirni hali o’ttiz beshga yetmagan navqiron yoshida, ayni ijodi qaynagan paytida es-hushidan ayiradilar. Oradan yillar o’tdi, shoir vatani Hindistonda katta o’zgarishlar yuz berdi. Nazrul Islom orzu qilgan kunlar keldi, mustamlakachilar yurtdan quvildi. Hindiston mustaqillik, tinchliksevarlik, ijtimoiy taraqqiyot yo’liga tushib oldi. Bir vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir hayotda o’rnini, qadrini topdi, el ardog’iga sazovor bo’ldi. Afsus, endi uning aql-hushi joyida emas, shu ahvolda u qirq yil ardoqda yashadi. Yurtidagi o’zgarishlarni, o’ziga ko’rsatgan ehtiromlarni sezmadi, bilmadi, uni tark etkan es-hush bir lahza bo’lsin qaytmadi.

Erkin Vohidov dastlab shoir boshidan kechgan shu hayajonli voqealarni hikoya qiluvchi bir she’riy qissa yozdi. Biroq bu asardan ko’ngli to’lmadi. „O’ylab qarasam, - deydi u, - unda men Nazrul Islom hayotiga oid ko’pchilikka tanish faktlarni shunchaki belletristik yo’lda sharhlash, hikoya qilib berish bilan cheklangan ekanman”.

Shoir dostonni yozishdan kuzatgan maqsadi haqida shunday deydi: „Ruhlar isyoni garchi Nazrul Islomga bag’ishlangan bo’lsada, asar faqat otashin shoir hayoti ifodasidan iborat emas. Unda men shoir hayoti bahonasida o’zining, umuman, shoirlik, insonlik, fidoyilik, erk tashnaligi haqidagi, erkka tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati haqidagi, qolaversa, inson hayotining ma’nosi, hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli, haqiqati haqidagi o’y mushohadalarimni kitobxon bilan baham ko’rishga intildim”.

Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda iste’dod egasining o’rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. Chin iste’dod egasining tabiati yaralishdan nohaqlikka, adolatsizlikka, istibdodga qarshi isyondir deb sanaydi muallif:

Shoir yurak –

Pok tilagi,

Imonidir basharning.

Armon to’la yurakdagi

Isyonidir basharning.

Nazrul Islom dunyoga shoir bo’lib, ya’ni davrining pok tilagi, imoni, armon to’la yurakdagi isyoni bo’lib tug’ildi. Milliy ozodlik bo’sag’asida turgan el-yurt shunday isyonkor shoirga mushtoj edi, “Zamon uning yonib turgan yuragini so’radi”. Shoir hali tug’ilmasdan burun o’z yurtidan judo etilgan edi: el-yurti mustamlakachi zobitlar oyog’i ostida toptalib yotibdi. Jaholatda qolgan xalq zolim-zobitlarga qarshi turish o’rniga, hind-u musulmonga ajralib, bir-birining go’shtini yeyish, qirish bilan ovora. Muallif Hindiston tarixining shu qora kunlarinialam bilan qalamga olar ekan, yana shoir va uning fuqarolik burchi haqidagi bahsga ko’chib, deydi:

Har nechakim zo’r iste’dod,

Toshqin ilhom,

Xalqing yotsa chekib faryod,

Yaramasang kuniga.

Shoir esang,

Shoir bo’lib

Nega kelding hayotga?

Eling yotsa dardga to’lib,

Kelolmasang najotga?!

Ne shoirsang

Tashbehlaring

Bormi asli keragi.

Bo’lmasa el g’ami – darding,

Yuraging – el yuragi?!

Shoirni, ayniqsa, faqat o’z joni tinchini o’ylandigan, jur’atsiz, qo’rqoq, munofiqlar aqidasi tashvishga soladi. Haqsizlikni ko’ra-bila tura indamaslik, layoqaydlik xiyonatdir. Fasus, u jaholat tufayli karaxt, ko’r-u karga aylangan olomon ta’qibiga uchraydi: shoirni g’alayonning sababkori deb ataydilar. Shu tariqa el uchun jonini, jahonni berishga tayyor fidoyi shoir el dushmaniga aylanadi, hibsga olinadi.



Dostondagi Nazrul Islom qismati, unga daxldor rivoyatlar, shoirning ehtiroslarga to’la o’y-mushohadalari bilan tanishar ekansiz, asarni yozishdan maqsad faqat bengal shoiri hayoti, Hindistonda kechgan voqealar, qadim rivoyatlarni hikoya qilishdan iborat emasligini sezib, his etib turasiz. Ayni paytda gap o’z ona yurtimiz, unig istilochilar istibdodi yillaridagi kechmishi, Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat kabi millatning asl fidoyi o’g’lonlari, ularning yurt ozodligi, mustaqilligi yo’lidagi kurashlari va bu kurashlar qanchalar qimmatga tushganligi - barchasi birma-bir ko’z oldingizdan o’tadi. XX asdrning 70-yillari oxirlarida yozilgan bu dostondagi isyonkorona kurashchan ruh Qodiriy, Cho’lpon, Fitratlarga xos el-yurt g’ami, erki, ozodligi yo’lida kuyib-yonishlar bu yillarda ham davom etganligini tasdiqlaydi.

15-MAVZU: SHUKUR XOLMIRZAYEVNIG

HAYOTI VA IJODI
Yüklə 104,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə