Abdulla sher axloqshunoslik


Фромм Э.Человек для себя. М инск, «Харвест», 2004. С. 33



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/209
tarix13.10.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#127722
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

1 Фромм Э.Человек для себя. М инск, «Харвест», 2004. С. 33.
166
www.ziyouz.com kutubxonasi


tufayli ro ‘y beradi, u o ‘zini yo ‘qotishdan iborat. Ezgulik bizning 
mavjudligimizni tobora mohiyatimizga yaqinlashtirib boradi, yovuzlik 
esa turmushimiz bilan m ohiyatimizning o ‘sib boruvchi begonalashuvi 
demakdir.
Inson ortga va oldinga intilishga, boshqacha aytganda, ezgulik va 
yovuzlikka moyil. Toki ikkala mayl teng ekan, agar u o ‘z ahvolini 
anglab yetishga qobil bo‘lsa, tanlash borasida erkin. Biroq, agar insonning 
yuragi tosh qotib, mayllari ortiq tenglashmaydigan darajaga kelsa, u 
bundan buyon tanlovda erkin bo'lolm aydi. Inson to tanlash erki 
qolmaydigan nuqtagacha o ‘z xatti-harakatiga javobgardir. Inson yuragi 
qanchalik tosh bo‘lmasin, u insoniy yurak b o ‘lib qolaveradi. Biz inson 
b o ‘lib tug‘ilganmiz va shu bois oldimizda doim o qaror qabul qilish 
m asalasi ko‘ndalang tu rad i. 0 ‘z m aqsad larim iz bilan birga, biz 
vositalarimizni ham tanlashimiz kerak. Agar kimki hayotga befarq, loqayd 
qarasa, unday odamning ezgulikni tanlashiga umid yo‘q.
Froyd qarashlari haqida m ulohaza yuritar ekan, Fromm o ‘z ustoziga 
nisbatan kengroq miqyosda harakat qiladi: inson tabiati nafaqat biologik, 
balki tarixiylik bilan shartlanganini ta ’kidlaydi. U Froydning inson 
muammosini to ‘g‘ri hal etishda biologik va madariiy jihatlarni qaram a- 
qarsh i q o ‘yish usulini rad etad i, shaxsni o ‘rganishda o d am n in g
boshqalarga, tabiatga va o ‘z -o ‘ziga munosabatini tushunish m uhim deb 
hisoblaydi. Shuningdek, From m iqtisodiy, ruhiy va mafkuraviy jih atlar 
bir-biri bilan uzviy aloqador ekanini, ular jinsiy aloqaning jo ‘ngina 
refleksiyasi emasligini aytadi. Biroq Froydning buyuk xizmatlarini e ’tiro f 
etib, ruhiy tahlil jarayonidan asosiy maqsad — ustozi ta’kidlagan haqiqatni 
tan olish ekanini va ruhiy tahlil haqiqatga yangicha m azm un berganini 
uqtiradi.
Ruhiy tahlilgacha bo‘lgeyn tafakkurda, agar inson o ‘z gapiga o ‘zi 
ishonsa, u haqiqatni gapirayotgan hisoblanardi. Ruhiy tahlil subyektiv 
ishonch aslo haqqoniylikning m ezoni bo‘la olmasligini ko'rsatdi. Inson 
haqiqat yuzasidan harakat qilam an deb ishonishi m um kin, lekin asl 
sabab — beshafqatlik. U xatti-harakatning sababi muhabbatim deb biladi
lekin aslida uni mazoxcha bog‘liqlikka intilish harakatga keltiradi. Inson 
m enga burch rahnaijiolik qilyapti deb o ‘ylaydi, am m o asosiy sabab — 
uning shuhratparastligi bo‘ladi. G ap shundaki, inson nafaqat bularga 
boshqalarning ishonishini xohlaydi, balki o ‘zi ham masiga ishonadi. 
Ruhiy tahlil jarayonida odam uning qaysi g ‘oyalari ehtirosli qobiqqa 
o ‘ralgan-u, qaysilari uning fe’l-atvori tizim ida ildizga ega b o ‘lm agan,
www.ziyouz.com kutubxonasi


substansiya va vazndan yiroq shartli klishelar (nusxalar) ekanini anglaydi. 
Ruhiy tahlil shu m a’noda haqiqatni izlashdir. Uning asosiy tamoyili 
shundaki, tafakkurimiz va hissiyotlarimizni sinchillik bilan o ‘rganmasdan 
hamda qaysi joyda biz aqliylashamiz-u, qayerda e’tiqodlarimiz hissiyotga 
borib taqalishini aniqlamasdan turib, ruhiy sog‘lomlik va baxtga erisha 
olmaymiz.
Erix Fromm muhabbat muammosiga ham juda katta e ’tibor beradi. 
M uhabbat, bu — har biri o ‘zligini saqlagan holatdagi ikki kishining 
birlashuvi. M uhabbat, bu — harakat, orom emas, faollik — kuzatish 
emas. Sevish — olish emas, berish. Sevgida inson o‘zi uchun eng bebaho 
bo‘lgan hayotining bir qismini — hissiyoti, bilimi, kechinmalarini o ‘zgaga 
bag‘ishlaydi. Buni u o ‘rniga nim adir olish uchun qilmaydi, ana shu 
«bag‘ishlash»ning o ‘zi nafis bir lazzatdir. Alloma faylasuf, yuqorida 
ta ’kidlaganidek, muhabbatni g‘am xo‘rlik, mas’uliyat, hurm at va ilm 
unsurlaridan iborat deb bilar ekan, mas’uliyatga o ‘zgacha e ’tibor bilan 
qaraydi. From m mas’uliyatni odatda qabul qilinganidan boshqacharoq 
tarzda talqin etadi. Odatda mas’uliyat deganda, chetdan yuklangan
ya’ni odamga boshqa kishilar, jam iyat va hokazolar tom onidan taklif 
etilgan, uqtirilgan yoki majburan bo'yniga qo‘yilgan qandaydir bir narsa 
tushuniladi. From m esa mas’uliyatni mohiyatan qalbning xohishi bilan 
bog'liq em in-erkin holat, deydi. M as’uliyatni his etish, bu — boshqa 
mavjudotning ehtiyoji va talabiga «labbay» deb javob berishga tayyor 
turish. Shunday qilib, mas’uliyat kimgadir g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq. 
Boshqa tom ondan faylasuf mas’uliyatni hurmat bilan bogiaydi. Hurmat, 
bu — qo‘rquv yoki qo‘l qovushtirish emas, u insonni qanday b o ‘lsa, 
shunday qabul etishni talab etadi.
Frommning fikriga ko‘ra, industrial jamiyatda haqiqiy muhabbat 
kamdan kam uchraydi. 0 ‘z farzandlarini tom m a’noda sevgan ota- 
onalar ham umumiy qoidadagi istisnodir. Nikohda esa m uhabbat deb 
butunlay boshqa sabab, boshqa hislar tushuniladi. Unda hatto sevgi 
tasaw uri ham buziladi. Bu aynan inson o‘zini muhabbatning «m o‘jiza 
q u sh i» n i q o ‘lga k iritd im d eb h iso b la g a n p ay td a ro ‘y b e ra d i. 
M uhabbatning yo'qolishiga go‘yo m uhabbatni qo‘lga kiritib olish 
mumkin degan n o to‘g‘ri tasaw ur olib keladi. Shu bois ko‘p hollarda 
m uhabbatdan boshlangan nikoh ikki egalik qiluvchining, juftlashgan 
ikki xudbinning ham do‘stligiga aylanadi. Biroq muammo nikohda emas, 
balki ikki tom on shaxsining iste’molchilik xususiyati bilan bog'liq. 
M uhabbatga mavjud bo‘lish, o‘zini ifodalash qobiliyati tarzida emas,
www.ziyouz.com kutubxonasi


balki ma budga qaragandek m unosabatda bo‘lish ana shundan kelib 
chiqadi. Shu bois birga yashashning tizim ini o ‘zgartirishga, y a’ni 
ко pxotinlilik, jazmanbozlik, jamoaviyjinsiy aloqa va hokazolarga intilish 
bor-yo g i haqiqiy muhabbat qiyinchiliklarini yengib o ‘tish uchun 
yo 1 qidirish. Agar inson o ‘z «yarmini» topish va sevish baxtiga erishsa, 
u boshqa juft izlashga hech qachon intilmaydi, butun borlig'ini o ‘z 
seviklisiga bo lgan muhabbatga bag'ishlaydi. U m um an, From m taqdim
etgan shaxs tizimida muhabbat e ’tiqodiy hissiyot va dunyoqarash bilan 
birgalikda markaziy o'rinni egallaydi.
Ruhiy tahlil falsafasi, xususan, axloqshunosligi mulkiga qisqacha 
qilgan ilmiy sayohatim iz oxirida shuni ta ’kidlash zaru rk i, bizda, 
о zbeklarda bu ta ’limot haqida, ochig‘i, ozginagina ta saw u r ham yo‘q. 
U ni m illat ta rb iy a sin i b u z a d ig a n , h ay o siz, in s o n n in g y o m o n
tom onlarinigina ko'radigan, dinni tan olmaydigan dunyoqarash tarzida 
qabul qilamiz. Bu — totalitar tuzum , mustamlakachilik mafkurasining 
soxta ilmiy niqob ostida ilgari surgan zararli g‘oyalarining ta ’siridir. 
Ruhiy tahlil aslida totalitar tuzumga qarshi, mustamlakachilik aldovlarini, 
«dohiylar» qalbining zulmatini va yovuzliklarini ochib berish qudratiga 
ega, butun insoniyat uchun, jum ladan, biz uchun ham g ‘oyat zarur 
ta limotdir. Axir, о zbekning «Odam olasi ichida» degan maqoli bor- 
ku! Ruhiy tahlil o ‘sha «ola»ning qayerdaligini, qandayligini, paydo 
boMishiga sabab nima ekanini va uni qanday qilsa bartaraf etish, «oqqa» 
aylantirish mumkinligini ko‘rsatib berishda mislsiz aham iyatga ega. Shu 
jihatdan qaraganda, Prezident Islom K arim ov o 'z in in g m a sh h u r 
suhbatlaridan birida Nitshe va Froyd merosini o'rganish, tadqiq etish 
g oyat muhimligini ta ’kidlagani alohida diqqatga sazovor1.

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə