Abdumalikov



Yüklə 33,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü33,77 Kb.
#167888
  1   2


STARS International University
27
ABDUMALIKOV 
RAXMATULLO 
SHERZODBEK O‘G‘LI,
Toshkent davlat agrar 
universiteti 
Samarqand filiali 3-kurs 
talabasi
O‘zbekiston Respublikasi 
Andijon viloyati 
Paxtaobod tumani
ASOSIY VOSITALARNI 
TA’MIRLASH 
XARAJATLARI 
HISOBINI 
TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya:
 Maqolada qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarni ta’mirlash 
xarajatlari hisobining xususiyatlari ochib berilib, ta’mirlash xarajatlari hisobini moliyaviy hiso-
botning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
 
Asosiy vosita, joriy ta’mirlash, mukammal ta’mirlash, xarajatlar, tannarx, 
buxgalteriya hisoblari, hisoblar bog‘lanishi.
KIRISH
Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda mavjud resurslar: moddiy, moliya-
viy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga bog‘liq. Moddiy resurslardan 
moddiy resurslar buxgalteriya hisobida ikki katta guruhga: uzoq muddatli va jo-
riy (qisqa muddatli) aktivlarga guruhlanib, hisobga olib boriladi. Qishloq xo‘jaligi 
korxonalarida uzoq muddatli aktivlar tarkibida asosiy vositalar salmoqli o‘rinni 
egallaydi. 
Asosiy vositalardan foydalanish qishloq xo‘jaligining xususiyatlaridan ke-
lib chiqib, ulardan qishloq xo‘jalik korxonalarida foydalanishda boshqa tarmoq 
korxonalariga nisbatan ko‘proq xarajatlarni talab qiladi. Bundan tashqari, qishloq 
xo‘jaligida asosiy vositalar foydalanish muddatlari ham, ularning ma’naviy va jis-
moniy eskirish muddatlari ham nisbatan tezroq hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar asosiy vositalardan foydalanishda va 
ta’mirlashda sarflanadigan xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil etish va yuritishda 
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari 
hisobini olib borishda mukammal ta’mirlashlarning buxgalteriya hujjatlarida o‘z 
vaqtida aks ettirilishi, ta’mirlash xarajatlarining buxgalteriya hisoblarida aks etti-
rilishi, xarajatlarning xarajat obyektlariga taqsimlanishi va boshqa holatlarda mu-
ammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. 
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp27-30


Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion 
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
28

Yüklə 33,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə