Abdumalikov



Yüklə 33,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix30.12.2023
ölçüsü33,77 Kb.
#167888
1   2
TADQİQOT METODOLOGİYASİ
Maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajat-
lari hisobining xususiyatlari va ular hisobining hozirgi holati atroflicha tahlil qili-
nib, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishda, iqtisodiy 
sohada ilmiy-tadqiqotlar olib borishda qo‘llaniladigan tahlil va sintez, muammo-
ga mantiqiy va tizimli yondashuv, statistik va qiyosiy tahlil, ekspert baholash, 
taqqoslash, guruhlash kabi usullardan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror o‘sishi, nafaqat 
qayta ishlash sanoati tarmoqlarining rivojlanishiga, balki oziq-ovqat xavfsizligini 
ta’minlashga va aholining iste’molini qondirishga xizmat qiladi. Shuning uchun 
mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish 
bo‘yicha sezilarli natijalarga erishilmoqda (1-jadval).
1-jadval.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarda qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish dinamikasi
1


Ko‘rsatkichlar
Yillar
2021 yil 2017 yilga 
nisbatan o‘zgarishi
2017
2018
2019
2020
2021
Mutlaq
nisbiy,%
1.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin 
maydoni, ming ga.
3474,5
3396,0
3309,4
3396,1
3260,7
- 213,8
- 6,2
O‘tgan yilga nisbatan 
o‘zgarishi
-6,3
-2,3
-2,6
2,6
-1,4
-
-
2.
Qishloq xo‘jaligi 
mahsuloti, trln. so‘m
148,2
187,4
216,3
250,3
303,4
155,2
204,7
O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 
sur’ati, %da
101,0
100,2
103,3
102,7
103,9
-
-
Shu jumladan:
3.
Dehqonchilik
83,3
98,4
111,9
123,9
152,1
68,8
182,6
O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 
sur’ati, %da
98,2
95,8
104,8
103,2
104,3
-
-
4.
Chorvachilik
64,9
89,0
104,4
126,4
151,3
86,4
233,1
O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 
sur’ati, %da
104,1
105,7
101,6
102,1
103,5
-
-
1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Respublikamiz bo‘yicha 2017 yildan 2021 yilga-
cha bo‘lgan davrda ekin maydoni kamayganligiga qaramasdan, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirish muttasil o‘sgan. Faqat bunda qishloq xo‘jalik mahsu-
lotlari tarkibida o‘zgarish sodir bo‘lgan bo‘lib, 2017 yilda qishloq xo‘jaligi mahsu-
1
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2


STARS International University
29
lotining 43,8 foizi chorvachilik mahsuloti bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 
49,9 foizni tashkil etgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi bilan bir qatorda, ularni saqlash va 
maqsadga muvofiq foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish lozim. Asosiy vositalardan 
samarali foydalanish hamda ularni doimo foydalanish holatida saqlash uchun 
ular vaqti-vaqti bilan ta’mirlanib turadi.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari asosiy vositalar hisobining ajralmas qis-
mi bo‘lib, 16-son “Mulk, zavod, mashina va asbob- uskunalar buxgalteriya hiso-
bining xalqaro standarti” (BHXS (IAS)) va 5-son “Asosiy vositalar buxgalteriya 
hisobining milliy standarti” (BHMS) bilan tartibga solinadi. Shuningdek, 5-son 
“Asosiy vositalar” BHMSning xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan yangi 
tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. 
Biroq bugungi kunda xalqaro standartlarga muvofiq ravishda asosiy vositalar 
ta’rifi, tan olish mezonlari, sinflari, mulk (yer), zavod, mashina va asbob-usku-
nalarni davomiy baholash, amortizatsiya usullari, qadrsizlanishi hisobi, tugatish 
qiymatini aniqlash kabi muammolar bilan birga asosiy vositalar ta’miri xarajatla-
rining hisobi bo‘yicha ham mavjud muammolar hal etilmagan. 
Asosiy vositalar obyektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni ta’mirlash 
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Joriy ta’mir - asosiy vositalar obyektini ishchi hola-
tida ushlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. O‘rta ta’mirda 
ta’mirlanadigan agregatni qisman ajratib yig‘ish yoki detallar qismlarini qayta 
tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. Uskuna va transport vositalarini ka-
pital ta’mirlash agregatni to‘liq ajratib yig‘ish, bazaviy va korpus detallari va 
uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tik-
lash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinash amalga oshiriladigan ta’mirlas-
hdir.
Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi 
iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan ma’lum summasini olish maqsadida 
amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo‘lgan hisobot davri xarajatlari tarkibi-
da olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish 
xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarining barcha turdagi ta’mirlashini 
o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqa-
rish tannarxiga, ma’muriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha esa davr xarajatlari tarkibida 
olib boriladi.
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan buxgalteriya hisobining me’yoriy-huquqiy huj-
jatlari asosida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari ta’mirlash turidan qat’i 
nazar, asosiy vositalar xizmat ko‘rsatadigan tarmoq xarajatlari tarkibida olib 
boriladi. Ushbu xarajatlar asosiy vositalar kapital remont qilinganda xarajat-
larning salmoqli ulushiga ega bo‘ladi. Shuning uchun asosiy vositalarni kapi-
tal ta’mirlash xarajatlari uchun belgilangan tartibda rezerv yaratish va kapital 
remont xarajatlarini shu rezerv hisobidan moliyalashtirishga ruxsat etiladi. Al-
batta, yaratiladigan rezerv tartib subyektning “Hisob siyosati”da aks ettirilgan 
bo‘lishi lozim.


Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion 
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
30
XULOSA
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini takomillashtirish maqsadida 
yuqorida qayd etilgan mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha olib borilgan ta-
dqiqotlar natijasida quyidagilar taklif qilindi: 
-asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini ta’mirlash usuli bo‘yicha hamda alo-
hida hisobga olib borish bo‘yicha tegishli analitik hisoblar ochish;
- asosiy vositalarni kapital ta’mirlash xarajatlarining xarajat obyektlariga yillar 
bo‘yicha teng ulushlarda taqsimlanishini ta’minlash uchun, asosiy vositalarni ka-
pital ta’mirlash uchun rezervlar tashkil etish;
- asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini muntazam ravishda nazorat qilib bo-
rish.
Yuqoridagi takliflarimiz asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini bux-
galteriya hisobining xalqaro standartlari asosida olib borishini ta’minlashi bilan 
birga xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalardan foydalanish muddatla-
rini uzaytiradi, ta’mirlash xarajatlari hisobiga mahsulot (ish, xizmat) tannarxining 
iqtisodiy asoslanmagan holda oshib ketishining oldini olib, moliyaviy natijani ob-
yetiv aniqlash imkonini beradi, natijada boshqaruv qarorlari samaradorligi oshib, 
barqaror rivojlanish ta’minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida (Yangi tah-
rirda)”. 2016 yil 13 aprel. www. lex.uz. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti № 5 “Aso-
siy vositalar”. www. lex.uz.
3. Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 16-son “Mulk, zavod, mashina va 
asbob- uskunalar”. www. lex.uz.
4. Urazov K.B., Po‘latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.: “Innovatsion rivo-
jlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020 y. 
5. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2

Yüklə 33,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə