Abu Ali ibn Sino asirlarda jismoniy tarbiya


Juda muloyim va yengil mashqlarga



Yüklə 24,66 Kb.
səhifə2/3
tarix14.03.2023
ölçüsü24,66 Kb.
#102515
1   2   3
Abu Ali ibn Sino asirlarda jismoniy tarbiya

Juda muloyim va yengil mashqlarga: arg'imchoqlarda uchish, qayiq yoki kemalarda sayr qilishni kiritadi. Kuchli mashqlarga esa, tosh ko 'tarish, oiga va tuyaga minish, aravalardayurishni kiritadi.
O'rta Osiyo xalqlari orasida, boshqa ko'pgina xalqlardagi kabi qadim zamonlardan buyon kurash keng tarqalib kelgan. Kurash kishi organizmini chiniqtirishda juda katta rol o'ynaydi. Ibn Sino shuning uchun ham sportning bu turiga juda katta ahamiyat berib, uning har xil turlarini yozib qoldirgan. Masalan, kurashning bir turini Ibn Sino quyidagicha tasvirlaydi:
Kurashayotgan kishining bin raqibining o 'ng qo 'li tagidan chap qo 'lini, chap qo 'li tagidan o 'ng qo 'lini o 'tkazib, uni quchoqlaydi. Keyinchalik raqibini o 'ziga tortadi va uni o 'ng yoki chap tomonidan tovlay boshlaydi. Shu kishi yoki bukiladi yo qaddini rostlaydi".
Ibn Sino kurashning yanada boshqa ko'pgina xillarini ko'rsatadiki, bular uning xalq orasida mavjud bo'lgan kurash shakllarini umum-lashtirib, xalqlar orasida tashviqot va targ'ibot qilgan. Ibn Sino ko'rsatgan kurash usullari O'rta Osiyo xalqlari orasida hozirgacha saqlanib kelmoqda va ular klassik kurash turi bilan xalq orasida e'tiborga sazovordir.
Ibn Sino, kishi organizmidagi har bir a'zo o'ziga xos xususi-yatga ega, shuning uchun ham har bir a'zoni chiniqtirishda alohida mashqlardan foydalanish zarur, deb ko'rsatadi. Jumladan, ko'krak qafasi mushaklarni va nafas olish a'zolarini chiniqtirish uchun past, goho baland tovush chiqarish zarur. Buning bilan faqat ko'krak qafasi va nafas a'zolarigina emas, balki og'iz, til ham harakatga keladi, ular ham mashq qildirilishi natijasidataraqqiy etib boradi. Bundantashqari, nafas olish va nafas chiqarish bilan kishining barcha a'zolari mashq qiladi, qon tomirlari kengayadi.
Ibn Sino jismoniymashg'ulotlarningahamiyativaturlarito'g'risida fikr yuritib qolmasdan, balki u jismoniy mashg'ulotni kishi organizmi qanday holatda bo'lganidan boshlash kerakligi haqida ham qimmatli maslahatlar beradi. Olimning fikricha birinchidan, jismoniy mashqni boshlashdan ilgari kishi tanasi toza bo'lishi; ikkinchidan, iste'mol
qilgan ovqati hazm bo'lgan bo'lishi kerak. Lekin, ovqat hazm bo'lib, ko'p vaqt o'tgandan keyin, ya'ni, och qoringa jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullanish yaramaydi, chunki, kishi, xususan, katta kuch talab qiladigan jismoniy mashq qiladigan bo'lsa, bundan faqat zarar ko'rish mumkin, zero ular (jismoniy mashq) kuch-quvvatdan qoldiradi, -deydi.
Ibn Sino jismoniy mashq qilishda ma'lum bir qoidaga rioya qil-ish kerakligini ta'kidlab, quyidagi uch narsaga alohida e'tibor bcrish shart, deb ko'rsatadi:
1) agar
terming rangi o'zgarib borsa harakatlarini davom etti-raverishi mumkin, agar ter chiqa boshlasa, harakatni to'xtatish kerak; 2) jismoniy mashg'ulot davomida kishi.tanasi yengilligicha qolaversa, mashqni davom ettiraverishi mumkin; 3) agar a'zolar bo'rtishda davom etsa, mashq davom ettirilaverishi mumkin. Agarda shu ko 'rsatilgan belgilar, — deydi olim, — yo 'qola borsa mashqni darhol to 'xtatish kerak.
Buyuk olim faqat sihat-salomat kishilarning o'z organizmini chi­niqtirish uchun bajaradigan jismoniy mashq turlarini va ahamiyatini ko'rsatib qolmasdan, balki kasal, kamquvvat kishilarning jismoniy mashq qilish bilan kasallikdan qutilish yo'llarini ham ko'rsatishga harakat qiladi, Jumladan, ,,Jismoniy mashg'ulot bilan shiig'ullanuvchi kishi o 'zining kamquvvat a 'zolarini, ortiqcha harakat qildirishdan saqlashi lozim ", - deydi.
Harakatlar, - deb izohlaydi Ibn Sino, a 'zolarning holiga qarab turga bo'linadi. Masalan, oyoq tomirining kengayishi kasalligi bilan og'rigan kishi oyoqning ko'p harakat qiluvchi mashqlar bilan shug'ullanmasdan, balki harakatning ko'pini gavdaning yuqori qis-mida: bo 'yin, bosh va qo 'llarga ko'chirishi kerak. Gavdaning yuqori qismida qilinadigan harakatlar oyoqlarga kam ta'sir qiladi. Ibn Sino „ Jismoniy mashqlarning hamma turlari bilan barcha odamlar bir xil shug'ullanishiyaramaydi. Kishi, albatta, o'zining sog'lig'iga qarab, qurbiga yarasha mashqni tanlab olishi kerak", - deb hisoblaydi.

Yüklə 24,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə