Abu Ali ibn Sino asirlarda jismoniy tarbiya


Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 24,66 Kb.
səhifə3/3
tarix14.03.2023
ölçüsü24,66 Kb.
#102515
1   2   3
Abu Ali ibn Sino asirlarda jismoniy tarbiya

Markaziy Osiyoda jismoniy tarbiya va sport.
Markaziy Osiyo hududida, hususan, Surxondaryo zamini ilk bor ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida ta'riflanadi. Boysun-tog' tizmalari bag'ridan Teshiktosh g'oridan topilgan O'rta paleolit davriga (miloddan avvalgi 100-40-ming yilliklar) old ibtidoiy odam manzillarining qoldiqlari topilgan. Ibtidoiy odamzod yashagan davr, olimlarimiz e'tirof etganidek, bundan qariyb bir million yil burungi zamonga to'g'ri kelsa, Boysuntog' tizmalarida tasvirga tushirilgan surat dinozavrlarning toshda qotib qolgan izlari qaysi davrga daxl-dor ekanini o'zingiz tasavvur qilib olavering! Ma'lumki, dinozavr Mezozoy erasida, ya'ni, bundan 60 million yil ilgari yashab o'tgan sudralib yuruvchi hayvondir.
Arxeologiktopilmalar Surxondaryo hududida istiqomat qilgan ibti­doiy jamoa tuzumi, kishilarining ov bilan faol snug' ullanganliklaridan, xavfsala bilan mehnat qurollari yasab, ularni kundalik ish jarayonida qo' llaganliklarini va o' z tajriba mahoratlarini keying! avlodlarga meros qilib qoldirganliklarini aniq-ravshan isbotlaydi. Ov ularning jismoniy kuch-quvvati imkoniyatlarini yanada mustahkamlagan, sezgirligi, hushyorligini oshirgan bilimlarini kuchaytirgan, ov qurollarini yasash va amaliy qo'llash esa, insondan muayyan darajada jismoniy kuchni, , aqliy o'tkirlik va amlaiy ko'nikmalarni talab etar edi, dastlabki texnika asta-sekin takomillashib bordi, otish qurollarining amalda qo'llanishi tufayli tezlik harakati ham osha boradi. Paleolit davrining oxirlarida otish qurollari nayza, keyinroq esa kamon yoyidan otish kashf etildiki, bu insonning ilk mexanizmlarni yaratish yo'lidagi dadil qadamlari edi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o'yinlari muhim o'rin tutgan. Ba'zi manbalarda ular ovdan oldin o'tkazilishi yozilgan bo'lsa, boshqalarida ovdan keyingi o'yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma'lumotlarni chuqur-roq tahlil etadigan bo'lsak, unda ovchilik o'yinlari ovdan oldin ham, undan so'ng ham o'tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o'yinlar - ovoldi mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko'rish) vazifasini o'tagan, hamda jid-diy o'ziga xos kichik marosim shaklida uyushtirilgan. Bu o'yinlar jarayonida ibtidoiy odamlar o'ljani osongina qo'lga tushirish, unga yaqinlashishni o'rganishga, buning uchun niqob qiyib yoki hayvon terisini yopinib, hayvon qiyofasiga kirishni, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarni mashq qilishgan. Aynan shunday o'yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o'rgatishgan. Shu boisdan ham r u o'ziga xos maktab vazifasini o'tab, bir tomondan ovchilar mahora-tini o'stirishga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid mashqlarini shakllantirgan va rivojlantirgan.
Ibn Sino jismoniy va aqliy tarbiya haqida.

Ibn Sino “Tib ilmlari qonuni” asarida bola katta bo‘lib, yetilgan chog‘ida jismoniy tarbiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishicha, odamning yigitlik, yetuklik yoshida hamda ulg‘aygan yoshida sog‘lik-salomatligini saqlash uchun zarur bo‘lgan jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi kerak.


Ulug‘ mutafakkir jismoniy tarbiya deb inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan badanni turli xil mashg‘ulot xarakatlariga o‘rgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha, jismoniy mashg‘ulotlar bilan o‘z vaqtida va mustaqil shug‘ullanib boruvchi odam hech qanday davolanishga muhtoj bo‘lmaydi. Jismoniy mashg‘ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy mashg‘ulotlar ortiqcha bo‘lmasligi kerak, aks holda badanning tezda charchab qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib, tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.


Har bir inson o‘zining xulq-atvori, imkoniyatlari, qobiliyati xohishiga qarab jismoniy mashg‘ulot turini belgilab olish kerak.


Ibn Sino aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda: o‘simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon bo‘ladi.


Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o‘qituvchining unga bilim, hunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi.


Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir. Chunki ilm odamni ma’naviy yuksaklikka ko‘taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.


Tark qil bor narsani, jon barchadin a’lodudir,


Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so‘li sog‘.


Jon agar bir shisha bo‘lsa, ilm sham chirog‘.


Hikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog‘.


Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik.


Ul chiroq so‘nsa, sening ham o‘lganingmasmu shu chog‘.1


Uning fikricha, ta’lim-tarbiya, avvalo, aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan o‘rgatishni, jismoniy tarbiyani (bunga tibbiyot ilmi xizmat qiladi), axloqiy tarbiyani, nafosat tarbiyasini hamda yoshlarni ma’lum hunarga o‘rgatish masalalarini o‘z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning ahloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak.


Bolaga do‘q qilma yomon, bo‘lma qo‘pol,


Uyqu qochar, qo‘rqar, axir bo‘lur battol,


Yumshoq beshik bo‘lsin o‘rni uxlaganda,


Qonong‘ulik tushib tursin misli tunday...


Uyg‘oq chog‘i yorig‘likdan ayirmagil,


Yulduz-samo ko‘rsun bola shodlanur dil.


Rang-tuslarni ko‘rsat unga turli-tuman


Kunduz kuni, etmoq ersang ko‘zni ravshan.


Gar istasang, o‘rgatmoqqa so‘zu kamol, Erkalatib ovoz chiqar har xil muqom.


Har bir inson yetuk olim yirik davlat arbobi, oddiy ishchi yoki xizmatchi bo‘lib yetishganda ham yoshligidan berilgan tarbiyani aslo unutmaydi. Uni chuqurroq hurmat bilan eslaydi. Ota-onaga mehri, hurmati ortaveradi. Aqlli inson qanchalik ulg‘aymasin ota-ona unga o‘zidan ulug‘roq ko‘rinaveradi. Ota-onalar burchi va mas’uliyatining buyukligi barcha davrlarda tan olingan haqiqatdan. Bu buyuklik inson avlodini dunyoga keltirishdan emas balki, unga insoniy fazilatlarni shakillanishida namoyon bo‘ladi.


Buyuk faylasuf shoir Bedilning shunday hikmatli fikri bor: “Bino poydevorining birinchi toshi qiyshiq qo‘yilsa binoning boshi yulduzga yetsa ham qiyshiq bo‘lib qolaveradi”.


Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari (1082-1083) yillarda yozilgan. Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir.


“Qobusnoma” qator ibratli va hayotiy pand nasihatlar bilan birgalikda oilada otaning vazifasi va oila bola tarbiyasiga alohida e’tibor beradi.


Farzand tug‘ilganidan avvalo unga yaxshi ot qo‘yish, undan so‘ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda kasb va hunar o‘rgatish, harbiy ish bilan tanishtirish, so‘ng undan suvda suzishni o‘rgatish kerak deydi. Kaykovus oilaning burchi yana o‘z farzandiga odob o‘rgatishda deb ta’kidlaydi.


Kaykovus oilaning bola tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratadi. Ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e’tibor berish, unga g‘amxo‘rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: “Agar qizing bo‘lsa, uni mastura doyalarga topshirgil, toki yaxshi parvarish qilgaylar va qattiqroq bo‘lgandan so‘ng muallimga topshirg‘il..... Balog‘atga yetgandan so‘ng xarajat qilib erga berg‘il unga shafqat va marhamat ko‘rg‘uzgil nedinkim qiz oilaning asiri bo‘lur” (2).


Yusuf xos Hojibning mashhur “Qutadg‘u bilig” asarida oilada bolaga qanday tarbiya berish haqida nasihatlar bergan:


Oilada o‘g‘il qiz tug‘ilsa, yaxshi bilki, bas


Uyda tarbiya qil boshqa yerdamas


Ustozning yaxshisin tanla albatta


O’g‘il qiz pok yomondan chetda .


Shuningdek, farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin hatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi. Buning uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ezgu niyatli va pokiza murabbiy taklif etilishi kerak. Yusuf Xos Hojib bola tarbiyasida aqliy tarbiyaning baland bo‘lishini eslatadi. Adib tarbiyaning barcha turlari bir-biri bilan uyg‘un bo‘lishini talab etadi. Shundagina insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, ahloqiy, ma’naviy boy bo‘lishiga ishonadi.


Alisher Navoiy(1441-1501) “Mahbub ul qulub”, ya’ni qalblar sevgilisi va “Vakfiya” asarlarida oilaviy turmush bilan bog‘liq bo‘ladi. Ota-onaning burch va vazifalari ularning o‘zaro munosabatlari va bola tarbiyasi haqida qimmatli fikrlar bayon etgan. Masalan, u tarbiya shunday deydi: Qobiliyatli tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobut qilmaguncha tarbiyatingni nobut qilma” (17;).


U bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakillantirishga katta ahamiyat berib, bolani uyning “chiroyi”, bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi. Bolalarga yoshligidan bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallim qo‘liga berish lozimligini aytdi.


Tarbiyaning biri bolaga yaxshi nom qo‘yish bo‘lib, nomi bilan chaqirganda u uyalmaydigan bo‘lishi lozim. Tarbiyaning yana biri unga ilmu adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. It yetuk ta’lim olgan sababli u tishlab kelgan ov halol hisoblanadi. Yuvgan bilan toza bo‘lmaydigan it olim bo‘lgan ekan, o‘g‘ling bilimsizligicha qolib ketsa, ajab kamchilik bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir. Lekin buning ortiqchasi zarar.


Voqea bo‘ladigan balalardan uni o‘z mehring bilan asrashing bolang oldida sendagi tavoze’ni bildiradi.


Tarbiyaning yana biri ota onani hurmat qilish; buni bajarish uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qilgin. Xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi. Ikki dunyoing obod bo‘lishini istasang, shu ikki insonni roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turganingning birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so‘zlaridan tashqari bir narsa yozma ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam bosma hamma xizmatni sen odob bilan bajar, odob so‘zidan” “dol” kabi qomatingni xam qil.


Alisher Navoiy bolaning voyaga yetkazishda kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi.


Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib yetishiga ishonadi. Alesher Navoiyning fikricha oilada tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli eng yaxshi fazilatlarga boy, ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy oilada injiq yalqov yomon xulqli bolalarni ham tarbiya va o‘qitish yo‘li bilan tuzatish mumkinligiga ishonch bildiradi.


Navoiyning fikricha bola odobi insonning oliyjanob fazilatlaridan biridir. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, yoqimli bo‘ladi. Bunday kishilar uchun ikkiyuzlamachilik, qo‘pollik yotdir. Odobli bola doimo hurmat va izzatda bo‘ladi. Ota-ona, aka-uka, opa-singlini, do‘stlarini hurmat izzat qilmoq-har bir odobli bolaning burchidir deb ta’kidlaydi.




Alisher Navoiyning fikrlarini pedagogik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘sha zamonlarda ham oilada bola tarbiyasi muhim mavzu sifatida tadqiq qilingan. Hozirgi davrda ham bu dolzarb mavzudir.
Yüklə 24,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə