Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi


IV.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə10/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   235
2- курс мажмуа лотин

IV.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular :
3 semestr

  1. Terapevtik stomatologiyada sterilizatsiya usullari

  2. Terapevtik stomatologiya bo‘limini tashkil etish. Talablar.

  3. Kariesogen omillar (mahalliy, umumiy). Kariesni patologik anatomiyasi.

  4. Tish qattiq to‘qimasi kasalliklarida asosiy va qo‘shimcha tekshirish usullari

  5. Karies kelib chiqish nazariyalari. Karies epidemiologiyasi.

  6. So‘lakning me’yorida va tish qattiq to‘qimasi patologiyasidagi ahamiyati.

  7. Tish qattiq to‘qimasi kasalliklarida qo‘shimcha tekshirish usullari.

  8. Ildiz kariesi: klinikasi, tashxislash, davolash

  9. Davolovchi va ajratuvchi tagliklar. Tarkibi,qo‘llanilishi.Qo‘yish texnikasi.

  10. Universal adgeziv tizimlar.

4 semestr

  1. Tishlar restavratsiyasida kompozit plomba ashyolarini klinik qo‘lash tamoyillari.

  2. Tish qattiq to‘qima kasalliklarida nuqsonning joylashishi va chuqurligiga qarab kompozit plomba ashyosini tanlash mezonlari.

  3. Kariesni umumiy davolash.Kariesni mahalliy davolash usullari.

  4. Minival invaziv usul. Ko‘rsatma. O‘tkazish texnikasi.

  5. Karies profilaktikasi.Karies va ovqatlanish tamoyillari.

  6. Nokaries kasalliklarni zamonaviy davolash usullari.

  7. Tish qattiq to‘qimasining nasliy kasalliklari.

  8. Tishlarni nokarioz kasalliklarida charxlashning biologik, mexanik va estetik tamoyillari.

  9. Tishlarni oqartirish uslubi. O‘tkazish texnikasi.

  10. Patologik emirilgan tishlar sezuvchanligini davolash usullari.

  11. Fissur germetiklar. Qo‘llash texnikasi.


Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning shakllari:
Klinik restavratsion stomatologiya modul bo‘yicha mustaqil ish auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘tkaziladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

      • auditoriya mashg‘ulotlaridan tashqari trenajer, mulyaj va simulyasion zallarida/markazlarida tasdiqlangan amaliy ko‘nikmalarni pedagog nazoratida son va sifat jixatdan bajarish va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish daftarlarida aks ettirish.

      • tibbiyot OTM klinikalari va klinik o‘quv bazalarida auditoriyadan tashqari tashkillashtirilgan klinik navbatchilikda tasdiqlangan amaliy ko‘nikmalarni navbatchi shifokor-pedagog nazoratida son va sifat jihatdan bajarish va navbatchilik daftarlarida aks ettirish;

      • birlamchi bo‘g‘in tibbiy muassasalarida aholini profilaktik ko‘rik, bemorlarni dispanserlash, patronajlarda qatnashish;

      • bemorlar kuratsiyasida davolovchi yoki navbatchi shifokor bilan nazorat qilishda ishtirok etish;

      • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

      • berilgan mavzular bo‘yicha axborot (referat, prezentatsiya) tayyorlash;

      • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

      • modulning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;

      • ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash; SHuningdek, talabaning mustaqil ishi bo‘lib:

      • aholi orasida sanitar oqartuv ishlarni suhbat va ma’ruzalarni o‘tkazish;

      • modulni faol o‘zlashtirishda talabalarni olimpiada, tanlovlar, ko‘rgazma, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi hisoblanadi;

      • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

      • loyihalashtrish dasturlari, organayzerlardan mustaqil ish jarayonida keng qo‘llash va h.k.

      • prezentatsiya va videoroliklar tayyorlash hamda mustaqil ish jarayonida keng qo‘llash va h.k.


Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə