Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi


Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə11/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   235
2- курс мажмуа лотин

Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar:
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

      • kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;

      • axborot manbalarini va manzillaridan samarali foydalanish;

      • an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;

      • internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;

      • berilgan topshiriqning ratsional echimini belgilash;

      • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

      • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;

      • topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;

      • muammolarni mustaqil hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

      • ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.

Kurs ishi (loyihasi) ko‘rsatma va tavsiyalar
Modul bo‘yicha kurs ishi namunaviy o‘quv rejasida ko‘zda tutilmagan.
V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
Talaba bilishi kerak:

3 semestr
− o‘quv, ilmiy va ma’lumot adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, amaliy ko‘nikmalarni mustaqil bajarish, test va vaziyatli masalalarni echish;
− amaliy tibbiyotda va stomatolog faoliyatida yuz–jag‘ sohasini va og‘iz bo‘shligi organlarining tekshiruvlarini professional usullari;
− karies kasalligini etiologiyasi va patogenezi;
− tish qattiq to‘qima kasalliklarida qo‘llaniladigan asosiy va qo‘shimcha tekshirish usullari;
− karies kasalligini davolashda qo‘llaniladigan plomba ashyolari;
− tish qattiq to‘qima kasalliklari (karies)ni mahalliy va umumiy davolash usullari;
− karies kasalligini profilaktika chora tadbirlari, usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
− stomatologik kabinetga qo‘yiladigan talablarni;
− tish qattiq to‘qimalari kasalliklari bo‘lgan stomatologik bemorlarda hujjatlarni to‘ldirishni (043-4 shakl, 39-stom);
− tish qattiq to‘qimalari kasalliklari, bo‘lgan stomatologik bemorlarda asosiy tekshirish usullarini o‘tkazishni (so‘rov, ko‘rik, zondlash, perkussiya, palpatsiya, tish qimirlashini aniqlash);
− tish qattiq to‘qimalari kasalliklari bo‘lgan stomatologik bemorlarda qo‘shimcha tekshirish usullarini o‘tkazishni (termodiagnostika, EOD, rentgenodiagnostika);
− remterapiya o‘tkazishni;
− har xil karioz kovaklarni charxlashning klinikaviy jihatlarini;
− har xil kovaklarga dorilar bilan ishlov berishning klinikaviy jihatlarini;
− karies kasalliklarida davolash turini tanlashni;
− karies kasalligini davolashda plomba ashyosini tanlashni;
− ajratuvchi taglik qo‘yishning klinikaviy jihatlarini;
− vaqtinchalik plomba qo‘yishning klinikaviy jihatlarini;
− doimiy plomba qo‘yishning klinikaviy jihatlarini;
− Blek tasnifi bo‘yicha hamma karioz kovaklarni klinikada plombalashni;
− karioz kasalliklarni fizioterapevtik davolash usullarini;
− tish cho‘tkasi va floss iplaridan foydalanishni;
− tish kariesida rentgen tasvirlarni tashxislashni;
− tish kariesi etiologiyasini klinik ko‘rinishini, tasnifi, qiyosiy tashxislash, davolash va profilaktika tadbirlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
− karies kovaklarni bosqichma-bosqich shakllantirish;
− yuza, o‘rta va chuqur karies kovaklariga tibbiy ishlov berish;
− karies kasalliklarini tashxislay olish;
− karies kasalligida rentgen suratni o‘qiy olish;
− tishlarga turli (sement, kompozit va boshqa) plomba ashyolari bilan doimiy plomba qo‘yish, restavratsiyani bajarish;
− davolovchi va vaqtincha plomba ashyolarini qo‘yish va qo‘llash;
− qo‘yilgan plomba ashyoni karborund toshi, finir va polir va boshqa pardozlovchi va silliqlovchi asboblar yordamida silliqlash va pardozlash;
− kontakt nuqta hosil qilish;
− karies kasalliklarini oldini olish tadbirlarini qo‘llay olish malakalariga (shu jumladan amaliy ko‘nikmalariga) ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə