Abu Nasr Farobiyning “Musiqa katta kitobi”



Yüklə 179,95 Kb.
səhifə12/45
tarix28.03.2022
ölçüsü179,95 Kb.
#84782
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Abu Nasr Farobiyning “Musiqa katta kitobi”-hozir.org

Farobiyning gnoseologik qarashlari, ya’ni bilish haqidagi ta’limoti ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida o’rinni egallaydi. Olimning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq to’g’risida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Akl to’g’risida", "Falsafaning ma’nosi va kelib chiqishi" va b. asarlarida taxlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini ta’kidlab, uning qobiliyati, tevarakatrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi.

Farobiy o’z asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing o’zaro munosabati, mantiqiy fikrlash to’g’risidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan ta’minlovchi markaz vazifasini bajaradi. Farobiy "Ilm va san’atning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (alaraz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, akl, nutq va b. vosita hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va akliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib o’tadi. Hissiy bilishda sezgi a’zolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim bo’lmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi.


Yüklə 179,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə