Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr qismi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/30
tarix12.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148634
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
СПЭҚ Laboratoriya mashg\'ulotlari

Eslatma:
Ishlab chiqarishda sinovdan o`tkazish, tok transformatorining 
ikkilamchi chulg`am izolyatsiyasini sinovida, uni asosiy izolyatsiyasi va moy 
to`ldirilgan transformatorlarni birlamchi chulg`amining kirish-chiqish qismidagi 
dielektrik isrofni o`lchash. Uning kirish-chiqish qismlardagi dielektrik isrofni 
o`lchash Shering ko`prigi yordamida amalga oshiriladi. Sinov texnika xavfsizligi 
qoyidagilariga rioya qilgan holda o`tkaziladi. 
Hisobotni rasmiylashtirish. 
 
Hisobotda qo„yidagilar ko„rsatilishi lozim: Tok transformatori haqida 
qisqacha ma‟lumot, tajriba stedining sxemalari, o`lchov natijalari yozilgan 
jadvallar, laboratoriya ishidan qilingan xulosa. 
 
Sinov savollari. 
1.Tok transformatorining vazifasi ? 
2. Tok transformatorini tok va burchak xatoligi nimalarga olib keladi? 
3. Tok transformatorining aniqlik klasslari mavjudmi? 
4. Tok transformatorlarining ishchi ikkilamchi chulg`amini ''ajratish''ga nima 
uchun yo`l qo`ymaydi? 
5.Tok transformatorlarini sinovida qanday sinash ishlari olib boriladi? 
8 - LABORATORIYA ISHI 
 
KUCHLANISH TRANSFORMATORINI TEKSHIRISH
Ishdan maqsadi:
Kuchlanish transformatorini sinovdan o`tkazish va uning 
tavsifini qurish va uning xossalarini o`rganishdan iborat. 
Qisqacha nazariy malumot.
Kuchlanish transformatori - maxsus o`lchov 
transformatorlar qatoriga kiradi. Kuchlanish transformatori kuchlanish qiymatlarini 
o`lchash uchun qo`llaniladi. Elektr zanjirga kuchlanish transformatorining 
birlamchi chulg`ami – W
1
parallel ulanadi, ikkilamchi chulg`ami – W
2
o`lchov 
qurilmalari hamda, releli himoya va avtomatika elektr qurilmalariga ulanadi. Elektr 
zanjiriga ulangan yuqori kuchlanish miqdorini kuchlanish transformatori – 100V 
va 100/√3 V gacha pasaytirib beradi. 


Kuchlanish transformatori - tok transformatorlaridan farqli salt ishlash 
holatiga yaqin ishlaydi, chunki o`lchov asboblari va releli hmoyaning qurilma 
g`altaklardagi qarshiligi katta bo`lib, ular iste'mol qiladigan tokning miqdori 
kichikdir. 
Kuchlanish 
transformatorining 
chulg`amlaridagi 
o`ramlar 
va 
kuchlanishlarning o`zaro bog`liqligi quyidagicha; 
k
t
K
W
W
U
U
.
2
1
2
1


(8.1) 
bunda: U

- birlamchi chulg`amdagi kuchlanish; 
U
2
- ikkilamchi chulg`amdagi kuchlanish; 
W
1
va W

- birlamchi va ikkilamchi chulg`amlardagi o`ramlar soni; 
K
t.k
-kuchlanish transformatorining transformatsiyalash koeffitsienti. 
Kuchlanish transformatorlarini quyidagi: 0,2; 0,5; 1; 3 hamda, P rele 
klasslari mavjud. Yuqori voltli 6 - 10 kV kuchlanishdagi transformatorlarining bir 
fazalilari - NOL, NOM, NOS, 35 kV li ZNOM, ZNOL va uch fazalilari (6 - 10 kV) 
NTMI, NTMK va bir fazali NKF rusumlari qo`llaniladi.
Uning xatoligi - undagi magnit o`tgazgichning tuzilishi, po`latning magnit 
singdiruvchanligi, cos φ va yuklama miqdorlariga bog`liq. 
Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg`amiga ulangan rele va 
o`lchov asboblarining umumiy iste‟moli - kuchlanish transformatorining nominal 
quvvatidan oshmasligi lozim. 
Kuchlanish transformatorlari taqsimlovchi qurilmalarda asosiy funksiyani 
bajaradi, xuddi tok transformatori kabi qo`llanilishi bo`yicha o`lchov asboblari va 
rele, mavjud kuchlanish chulg`ami (voltmetr, vattmetr, kuchlanish relesi) kabi 
bo`ladi. 
Kuchlanish transformatori chulg`amlarining ulanish sxemalari bo`yicha; 
Eslatma

Kuchlanish 
transformatorlarning 
qisqartirma 
nomlanishi 
suyidagicha izohlanadi: 
O - bir faza, M - moyli, T - uch faza, K - kaskad ulangan chulg`am, I - 
sinash chulg`ami, F - chinni idishli va raqamlar esa nominal kuchlanishni 
ko`rsatadi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə