Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158
- P2

P
 
А 
М 
Qoidalarni belgilaydi 
va ish haqini to‘laydi 
Xizmatlar ko‘rsatish 
Prinsipal bilan 
kontrakt doirasida 
majburiyatlarni 
bajarish 
Soliqlarni to‘lash 
Lavozim suiiste’mol 
qilinishi to‘g‘risida 
axborot 
poralar 


amaldorlar o‘z faoliyatining asl natijalarini ataylab yashirgan 
bo‘lishlari ham mumkin. Amaldor-agentning rostgo‘yligini to‘liq 
nazorat qilib bo‘lmaganligi sababli, agent rostgo‘y bo‘lish yoki 
bo‘lmaslikni o‘zi hal etadi. Amaldorning qarori halol mehnati uchun 
olishi mumkin bo‘lgan haq va suiiste’mollik uchun kutilayotgan 
jazoga bog‘liqdir. 
Amaldor-agentga uning mijozlaridan beriladigan noqonuniy 
mukofotlar turli sabablar bo‘yicha berilishi mumkin. Fuqaro yoki 
firma amaldorga tegishli xizmatlarni tez, “navbatdan tashqari” 
ko‘rsatishi uchun pora berishi mumkin (tezlashtiruvchi pora). 
Ko‘pincha, amaldorlarga davlat tomonidan tayinlangan xizmatlarni 
ko‘proq ko‘rsatib, soliqlarni qonunchilik bilan belgilangan hajmdan 
kamroq darajada olish uchun pora beriladi (to‘xtatuvchi, 
sekinlashtiruvchi pora). Amaldor turli o‘ylab topilgan bahonalar bilan 
faoliyatga halaqit berishning keng imkoniyatlariga ega; bunda 
amaldorga o‘zboshimchalik qilmasligi uchun pora beriladi (“yaxshi 
munosabatda bo‘lish uchun” pora). 
Korrupsiyani oldini olish maqsadida javobgarligi katta bo‘lgan 
xodimlarga juda yuqori maosh belgilanadi va shu bilan birga ular 
tomonidan xizmat burchini bajarmaganligi uchun jazo choralari 
qat’iylashtiriladi. 
Ammo 
ko‘pchilik 
tadqiqotchilarning 
ta’kidlashlaricha, aksariyat hollarda davlat tomonidan beriladigan 
maosh potensial pora beruvchilarning moliyaviy imkoniyatlari bilan 
raqobatlasha olmaydi. Agentning yetarli darajadagi maoshi 
zaruratdir, lekin u korrupsiyani oldini olishga yetarli chora 
hisoblanmaydi. Shu sababdan davlat-prinsipal yuqori darajadagi 
rag‘batlarni “halol mehnatga chaqiriq” bilan to‘ldiradi. Bu, hukumat 
agentlarni o‘z manfaatlarini o‘ylashlariga qarshi ruhiy to‘siq 
yaratishga intilishini anglatadi. Buni qo‘shimcha ta’lim va ideologik 
(g‘oyaviy) targ‘ibot mexanizmlari orqali amalga oshirish mumkin. 
Undan tashqari, hukumat-prinsipal amaldor-agentlar faoliyati ustidan 
nazorat qilishning muhim vositasi hisoblangan mijozlar bilan 
bevosita aloqa o‘rnatish (aholidan shikoyatlar qabul qilish)ni 
rag‘batlantiradi. 
Shunday qilib, “agent-mijoz” o‘zaro munosabatlari agentlar 
maoshi va ularning vakolatlari kengligiga bog‘liqdir, “prinsipal-


agent” o‘zaro munosabatlari esa – prinsipalning agentlar ustidan 
nazorati va mijozlarning prinsipalga ta’siri darajasiga bog‘liqdir. 
Ahloqiy me’yorlar bu tizimda barcha munosabatlar turlariga ta’sir 
etib, qonunchilik me’yorlaridan chetlashish mumkin bo‘lgan darajani 
aniqlaydi. 
Korrupsiyaning asosiy sabablarini ba’zi iqtisodchilar quyidagi 
formula orqali ifodalashadi: 

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə