Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
- P2

 
5.2. Korrupsiyaning vujudga kelish sabablari

Korrupsiyani 
iqtisodiy 
tahlil 
qilishga 
1970 
yillarda 
neoinstitutsional yo‘nalishdagi Amerika iqtisodchilari asarlarida 
nazariy asos solingan edi. Uning asosiy g‘oyasi shunda ediki, 
iqtisodiy hayotning turli sohalarini davlat tomonidan tartibga solish 
bilan bog‘liq renta (eksport-import cheklovlarini joriy etish, korxona 
yoki tarmoqlarga subsidiyalar va soliq imtiyozlari berilishi, narxlar 
ustidan nazoratning mavjudligi, ko‘pchilik valyutalar kurslari siyosati 
va boshqalar) mavjud bo‘lsa, korrupsiya paydo bo‘ladi va rivoj 
topadi. Shu bilan birga korrupsiyaga past darajada maosh oluvchi 
amaldorlar intiladilar. Keyinchalik empirik tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatdiki, agar mamlakatda tashqi savdo cheklovlari kam bo‘lsa, 
sanoat siyosati barcha korxona va tarmoqlar uchun teng imkoniyatlar 
asosida olib borilsa, hamda davlat amaldorining maoshi xususiy 
sektorda shu malakaga ega xodimning maoshidan ko‘p bo‘lmasa, 
korrupsiya ko‘lami qisqarib boradi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot fanida korrupsiyaning sabablari ko‘p 
ekanligi ta’kidlanib, uning iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy-
madaniy omillari alohida ajratiladi (qarang: 5.2.1-rasm). 
5.2.1-rasm.Korrupsiya sabablari 
Korrupsiyaning 
iqtisodiy
sabablari – bu, birinchi navbatda, davlat 
Korrupsiyaning sabablari 
Iqtisodiy 
Institutsional 
Ijtimoiy-madaniy 


xizmatchilarining past darajadagi maoshlari, hamda ularning firma va 
fuqarolar faoliyatiga ta’sir etish vakolatining yuqoriligidadir. 
Amaldorlarda qandaydir noyob ne’matlarni taqsimlash vakolati 
mavjud bo‘lsa, korrupsiya rivoj topadi. Bu, ayniqsa, rivojlanayotgan 
va o‘tish davri mamlakatlarida ko‘proq sezilsa, rivojlangan 
mamlakatlarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, AQShda muhtoj 
oilalarga imtiyozli ravishda uy-joy berish dasturini amalga oshirish 
davrida korrupsiya qayd etilgan edi. 
Korrupsiyaning 
institutsional
sabablariga quyidagilar kiradi: 
davlat muassasalari faoliyatining yuqori darajada yopiqligi; hisobot 
tizimi 
beso‘naqayligi (kattaligi); qonun chiqarish tizimida 
oshkoralikning yo‘qligi; bekorchixo‘jalarni keng tarqalishiga va 
ko‘rsatgan xizmatlaridan qat’iy nazar xizmat pog‘onalaridan yuqoriga 
ko‘tarilishga imkon beruvchi davlatning zaif kadrlar siyosati. 
Korrupsiyaning ijtimoiy-madaniy sabablari: jamiyatda odob-ahloq 
tushunchalari yo‘qolib ketishi; fuqarolarning yetarli darajada axborotga 
egaligi va tashkilotchiligi, “hokimiyat egalari”ning o‘zboshimchaligiga 
jamiyat barmoq orasidan qarash (qarang:5.2.1-jadval). 

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə