Abulqosimov h. P., Muminov n. G


-rasm. Korrupsiyaning asosiy turlari



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   158
- P2

5.1.1-rasm. Korrupsiyaning asosiy turlari 
Poraxo‘rlik xufyona iqtisodiyotning bir turi bo‘lib, turli 
konsultantlar, agent, vositachilarga, rasmiy shaxslarga xizmatlariga 
haq to‘lash ham hisoblanadi. Bunda pora beruvchi naf yoki foyda 
olish kabi maqsadlarini amalga oshirish maqsadida unga sharoit 
Korrupsiya turlari 
poraxo‘rlik 
firibgarlik 
tovlamachilik 
nepotizm 


yaratib beruvchi mansabdor, vakolatli shaxslarga pora beradi
58
.
Poraxo‘rlikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar quyidagilardan 
iborat: 
– biznesni boshlash uchun ruxsat olish, ro‘yxatdan o‘tish, qulay 
sharoit yaratishga intilish; 
– korxona raqobatchilarini yo‘ldan olib tashlash, ularni 
bozordan, faoliyat sohasidan surib chiqarish; 
– davlat xizmatlariga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga 
erishish, bu yo‘lda mansabdor shaxslar tazyiqi, qarshiligini yengish; 
– soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirishga intilish; 
– tartibga solinuvchi narxni oshirish uchun ruxsat olish; 
– o‘z xodimlari, o‘zining va oilasining, biznesining 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida pora berishga majbur bo‘lish
59

Tovlamachilik
– aldash, laqillatish, qo‘rqitish yo‘li bilan 
kishining mol-mulki, pulini olib qo‘yish, undan foydalanish; 
firibgarlik. 
Tovlamachi
kishilarni tovlab, laqillatib, qo‘rqitib kun 
ko‘ruvchi; firibgar
60
.
Firibgar
– firib beruvchi, hiylagar, aldoqchi; aldamchilik, 
tovlamachilik, makru hiyla bilan shug‘ullanuvchi kimsa. 
Firibgarlik
– aldamchilik, hiylagarlik. 
Firibgarlik
aldov yoki ishonchni 
suiste’mol qilish yo‘li bilan begona mulk yoki mulkka nisbatan 
huquqni qo‘lga kiritish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
Kodeksining 168-modda). 
Firibgarlik
- korxona rahbariyati yoki 
xizmatchilari orasidan bir yoki bir nechta shaxsning hisob va hisobot 
ma’lumotlarini ataylab noto‘g‘ri aks ettirishi va taqdim etishini, shu 
jumladan, hisob yozuvlarini qalbakilashtirish va boshlang‘ich 
hujjatlarni soxtalashtirish, hisob yozuvlarini qasddan o‘zgartirish, 
xo‘jalik operatsiyalari mazmunini o‘zgartirish va qonunchilik hamda 
korxona siyosatida o‘rnatilgan qoidalarni buzish. 
Firibgarlik
– 
rahbariyat, boshqaruvni amalga oshiruvchilar, xodimlar orasidan bir 
58
Маънавият: изоҳли луғат. –Т.: Ғафур Ғулом НМИУ, 2009. 476-477-бет. 
59
Qarang: Кочергина Т.Е. Экономическая безопасность: Ростов Н/Дону: 
Феникс, 2007. С164-165. 
60
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиётга оид атама ва 
тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 292-293-
бетлар. 


yoki bir nechta kishi yoki uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy va 
adolatsiz manfaat olish uchun aldov yordamida ataylab qilingan 
harakatdir. “Firibgarlikka qo‘l urgan odamlar odatda o‘z harakatlarini 
oqlashga arziydigan harakatlar, deb ishonadilar” (Amerika Diplomli 
buxgalterlar instituti, 2003). Bank sohasidagi tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatdiki, firibgarlik qilgan xodim odatda o‘zi aldayotgan 
korxonada ko‘p yillik stajiga ega bo‘ladi. Asosan, bular vakolatlarga 
ega bo‘lib, ilgari o‘z ishiga nisbatan e’tiroz va tanbehlar olmagan 
muhandis-texniklar sirasiga kiruvchi xodimlardir. Ko‘pincha ular 
firibgarlik qilish uchun ruxsat etilgan kompyuter tizimlaridan 
foydalanadilar, qolaversa, bu ishni asosan bankning oddiy ish 
soatlarida qiladilar
61

Korrupsiya keng miqyosda hisob-kitob olib boruvchi va 
nazoratni amalga oshiruvchi har qanday markazlashgan davlat 
faoliyatining orqa tomonidir. Korrupsiya o‘zi paydo bo‘lgan muhit – 
davlat kabi qadimiydir. Qadimgi Hindistonning Manu Qonunlarida 
(eramizdan avvalgi II asr) “amaldorlar birovning mol-mulkini egallab 
olishga intiluvchi“ va “badniyatlik maqsadida pul undiruvchi” 
ekanliklari to‘g‘risida gapirilgan. 
Professional davlat amaldorlari hali bo‘lmagan antik tarixning 
dastlabki bosqichlarida korrupsiya mavjud bo‘lmagan. 
Ibtidoiy va erta sinfiy jamiyatlarda yo‘lboshchi yoki 
sarkardalarga yordam so‘rab qilingan murojaat uchun haq to‘lash 
keng 
yoyilgan. 
Davlat 
apparati 
murakkablashib, 
uning 
professionalligi oshib borgani sari vaziyat ham o‘zgarib bordi. Oliy 
toifadagi hokimiyat quyi pog‘ona xizmatchilariga qat’iy belgilangan 
haq to‘lashni talab qilgan davrda ular murojaat qiluvchi fuqarolardan 
yashirin ravishda o‘z xizmat majburiyatlarini bajarganliklari uchun 
qo‘shimcha xaq olishga intilganlar. 
Antik tarixning so‘ngi davrida korrupsiya vujudga kelib rivojlana 
boshlandi. Rim imperiyasida shunday davlat amaldorlari paydo 
bo‘lganda, ular haqida “u boy provinsiyaga kambag‘al bo‘lib kelib, 
kambag‘al provinsiyadan boy bo‘lib ketdi”, deb gapirishar edi. Bu 
61
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодиётга оид атама ва 
тушунчаларнинг изоҳли луғати.-T.: “ABU MATBUOT-KONSALT”,2017.- 292-293-
бетлар. 


davrda rim huquqida «

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə