Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158
- P2

 
Nazorat savollari: 
1. Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash nima uchun kerak? 
2. Xufyona iqtisodiyot miqyosini o‘lchash usullari qanday 
guruhlardan iborat? 
3. Xufyona 
iqtisodiyotni 
o‘lchashning 
mikrousullarini 
tushuntirib bering. 
4. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning mikrousullariga qanday 
usullar kiradi? 
5. Xufyona 
iqtisodiyotni 
o‘lchashning 
makrousullarini 
tushuntirib bering? 
6. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullariga qanday 
usullar kiradi? 
7. Xufyona 
iqtisodiyotni 
baholashning 
turli 
usullarini 
taqqoslang. 
8. Xufyona iqtisodiyot miqyoslarini ko‘rsatib bering. 
9. Nima uchun rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot 
miqyoslari rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga 
qaraganda kamroq? 
10. O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot miqyoslari to‘g‘risida 
qanday ma’lumotlarga egasiz? 
 
 
42
Вазир ўринбосари: «Ўзбекистонда 8 миллионга яқин киши бир тийин ҳам 
солиқ тўламайди»//https://kun.uz/news/2020/02/18/vazir-orinbosari-ozbekistonda-8-
millionga-yaqin-kishi-bir-tiyin-ham-soliq-tolamaydi 


III BOB. IQTISODIY TIZIMLAR TARAQQIYOTIDA 
XUFYONA IQTISODIYOTNING O‘RNI 
 
3.1. Xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi
3.2. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni 
jadallashtiruvchi omil sifatida
3.3. Xufyona 
iqtisodiyot 
ijtimoiy 
taraqqiyotni 
sekinlashtiruvchi omil sifatida
 
3.1. Xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi 
O‘z fuqarolariga ma’lum bir majburiyatlar yuklovchi va 
cheklovlar o‘rnatuvchi davlat paydo bo‘lishi bilan “ijtimoiy 
kelishuv”ni pisand qilmaydigan shaxslarning davlatdan tashqari 
faoliyati – yashirin iqtisodiyot vujudga keladi. 
Industriyalashtirishgacha bo‘lgan rivojlanish sharoitida – 
osiyocha ishlab chiqarish usuli hukmron jamiyatlarda – yashirin 
iqtisodiy faoliyatning har uchchala turi uchraydi. “Suvda suzib 
yurgan baliq uni ichmoqdami yoki yo‘qmi, aniqlash qanchalik qiyin 
bo‘lsa, amaldorning davlat mulkini o‘zlashtirayotganini aniqlash ham 
shunchalik qiyindir”
43
. Bunday fikrlar uzoq zamonlar Misrdan 
Xitoygacha bo‘lgan kenglikda keng tarqalgan edi. Davlat boshqaruvi 
ilmi to‘g‘risidagi Sharq traktatlarida davlat cho‘ntagi bilan o‘z 
cho‘ntagini adashtiradigan amaldorlarning riboxo‘rligi (poraxo‘rligi) 
ustidan arzlar juda ko‘p uchraydi. Xitoy jamiyatshunoslik fanining 
yuksak yodgorligi hisoblangan – “Yan te lun” (“Tuz va temir 
to‘g‘risida bahs”) asarini xo‘jalik yuritishning norasmiy (“kul rang”) 
sektori to‘g‘risidagi eng qadimgi “stenogramma” (eramizdan avval 
81 y.) deb hisoblash mumkin: tuz va temirga davlat monopoliyasi 
ushbu noyob mahsulotlarni ommaviy ravishda yashirin ishlab 
chiqarishga olib keldi. “Qora” yashirin iqtisodiyotga misol qilib 
papiruslarda yozilgan Qadimgi Misrdagi maqbaralarni talon-taroj 
qiluvchilar faoliyatini keltirish mumkin. 
Yevropada antik va o‘rta asrlarda davlat hali jamiyat ustidan 
ommaviy nazorat o‘rnatishga intilmas edi, va yashirin iqtisodiy 
faoliyat Sharq mamlakatlaridagiga nisbatan kam darajada rivojlangan 
43
“Artxashastra” qadimgi Hindiston traktati 


edi. Shunday bo‘lsa-da, yevropaliklar ham bu davrda yashirin 
iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lganlar. Masalan, 
G‘arbiy Yevropada “kul rang” (norasmiy) iqtisodiy faoliyat sexlarda 
qabul qilingan tartib-qoidalarga, imtiyozlarga rioya qilmaydigan 
sexdan tashqari faoliyat ko‘rinishida rivoj topgan. “Oq yoqali” 
yashirin iqtisodiyotga misol qilib nasroniy mamlakatlardagi 
sudxo‘rlikni keltirish mumkin. Diniy huquq bilan foiz evaziga qarz 
berish taqiqlangan bo‘lsa-da, bu bilan kichik milliy-diniy guruhlar 
(birinchi navbatda, yahudiylar)dan tashqari oqsuyak va cherkov 
feodallari ham shug‘ullanganlar. 
Jamiyatni 
industriyalashtirishgacha 
bo‘lgan 
sharoitda 
industriyalashtirish jamiyatdagi o‘zgarishlar yashirin tadbirkorlik 
faoliyatining barcha turlari keskin rivojlanishiga olib keldi. 
Kapitalistik ishlab chiqarishning ilk shakllari (masalan, tarqalib 
ketgan manufaktura) qonuniy sex hunarmadchiligiga nisbatan 
ommaviy “maxfiy” oppozitsiyani namoyon etadi. XVI–XVIII 
asrlarda O‘rta va Karib dengizlarida, Hind okeanida dengiz 
qaroqchiligi rivojlanib, dengiz marshrutlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Davlatchilik rivojlangan barcha mamlakatlarning davlat apparati 
korrupsiya va davlat mulkini talon-taroj qilishga duchor bo‘ldi. 
“Protestant etikasi” raqobatga ijozat beruvchi, lekin zo‘ravonlik 
va qonunbuzarlikni inkor etuvchi “halol biznes” shaklida boylik 
ortidan quvishni boshlagandan so‘ng kapitalizm mustahkam oyoqqa 
tura boshladi. Yangi davrda yashirin biznesning ba’zi shakllari 
qonuniylashib bordi (masalan, bank sohasi) va uning eng jinoiy 
shakllari bilan (qaroqchilik, korrupsiya) kurash qat’iylashib bordi. 
“Klassik” kapitalizm davrida yashirin iqtisodiyot biroz chekinsa-da, 
lekin butunlay yo‘q bo‘lib ketmadi. Masalan, XIX asrga qadar amal 
qilgan savdoni cheklash oddiy tovarlarning ommaviy kontrabandasini 
yuzaga keltirdi; qullar bilan savdo qilish kontrabandasi esa XIX asr 
o‘rtalariga qadar ravnaq topdi. XX asr boshlaridagi bozor xo‘jaligini 
davlat tomonidan tartibga solishning kuchaytirilishi zamonaviy 
tipdagi uyushgan jinoyatchilik shakllanishiga olib keldi. 
Xufyona iqtisodiyot rivoj topishining yangi bosqichi XX asrning 
o‘rtalaridan boshlandi
44
. U xo‘jalikning global transformatsiyasi
44
Муминов Н.Г. Иқтисодий тизимлар тараққиётида яширин иқтисодиётнинг 
ўрни // Иқтисод ва молия, №2, 2018. Б.11. 


o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashirin 
iqtisodiy faoliyatning kengayib borishi ushbu mamlakatlarning 
zamonaviy industrial mamlakatlarga va jahon bozoriga qo‘shilib 
borishi bilan bog‘liqdir. 1970-yillardan boshlab “sotsialistik” 
mamlakatlar iqtisodiyoti jinoiylashuvi industrial jamiyatni ma’muriy 
boshqaruv modelining bozor boshqaruvi modeli oldidagi yengilishi 
natijasida yuzaga keldi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda 1990-
yillardagi radikal iqtisodiy islohotlar davomida “buyuk jinoiy 
inqilob” bo‘lib o‘tdi, va yashirin iqtisodiy faoliyatning barcha turlari 
keskin rivoj topa boshladi. 
Xufyona iqtisodiyotning o‘sishi industrializatsiyadan keyingi 
jamiyatga qadam qo‘yayotgan rivojlangan mamlakatlar uchun ham 
xos bo‘lib, ularda shaxs erkinligi sifat jihatdan o‘sishi alohida 
ahamiyatga molik. Norasmiy bandlikning o‘sishi, “qo‘llarni 
bog‘laydigan” davlat cheklovlarini aylanib o‘tishga intilish, 
iste’molchilarning “taqiqlangan ne’matlar”ga intilishi yuqori 
darajada rivojlangan jamiyatlarni tizimli modernizatsiyalashning 
qo‘shimcha samarasidir. 
Shunday qilib, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimning 
rivojlanishi (ibtidoiy jamoa tuzumidan tashqari) albatta yashirin 
iqtisodiy munosabatlarni rivojini ham taqazo etadi. Shunday ekan, bu 
munosabatlar tasodifiy emas, balki formatsion taraqqiyot natijasida 
qonuniy yuzaga kelgandir.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə