Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158
- P2

Nazorat savollari: 
1. Xufyona iqtisodiyotni jahon iqtisodiy tarixining elementi 
sifatida ta’riflang? 
2. Xufyona iqtisodiyot kapitalizm rivojlanishi davrida 
rivojlanishiga nima sabab bo‘lgan? 
3. Xufyona iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichini 
tavsiflab bering. 
4. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtiruvchi 
omil sifatida ta’riflang? 
5. Nima uchun xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni 
jadallashtiruvchi omil bo‘ladi? 
6. Xufyona iqtisodiyotning ijtimoiy taraqqiyotni 
jadallashtiruvchi omil bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi? 
7. Nima uchun xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni 
sekinlashtiruvchi omil bo‘ladi? 
8. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni sekinlashtiruvchi 
omil sifatida ta’riflang. 
9. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni sekinlashtiruvchi 
omil bo‘lishiga misollar keltiring. 
10. Hozirgi vaqtda xufyona iqtisodiyotning ijtimoiy 
taraqqiyotga salbiy ta’siri nimalarda ko‘rinadi? 
 
 


IV BOB. “IKKINCHI” XUFYONA IQTISODIYOTNING 
UMUMIY TAVSIFI. 
 
4.1. Buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi 
“oq yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyati
4.2. Bozor xo‘jaligining tijorat sohasida xufyona iqtisodiy 
faoliyatning “oq yoqali” shakllari 
4.3.Xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini 
olish tajribalari. 
 
4.1. Buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq 
yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyati 
“Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot qonuniy iqtisodiy faoliyatning 
teskari ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu yashirin 
munosabatlarning asosiy sub’ektlari xo‘jalik rahbarlari bo‘lsada, 
oddiy fuqarolar ham ularning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. "Oq 
yoqali" ("ikkinchi") xufyona iqtisodiyoti - "oq" iqtisodiyot 
xodimlarining ish joylarida yashirin va taqiqlangan iqtisodiy faoliyati 
bo‘lib, bu qonun tomonidan taqiqlangan, ilgari yaratilgan milliy 
daromadlarni yashirin ravishda qayta taqsimlashga olib keladi. 
Asosan bunday ishlarni yuqori martabali xodimlardan ("oq yoqali 
mansabdorlar") "hurmatli odamlar" olib borishadi, shuning uchun 
bunday xufyona iqtisodiyoti "oq yoqalar" deb ham ataladi. Xozirgi 
zamon iqtisodiyotida “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti 
dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida mavjuddir.
Sobiq sotsialistik tuzum sharoitida buyruqbozlik iqtisodiyoti 
shakllangan bo‘lib, unda ham “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona 
iqtisodiyoti keng miqyosda mavjud bo‘lgan. Sobiq Sovet ittifoqida 
buyruqbozlik-rejali iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq 
yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyatining vujudga kelishi va 
rivojlanishiga quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar sabab bo‘lgan: 
– markazlashgan rejali iqtisodiyotning tovar va xizmatlarning 
defitsitligi (taqchilligi) bilan tavsiflanishi. Kishilar tovar va xizmatlar 
taqchilligi sharoitida o‘z ehtiyojlarini qondirish va qo‘shimcha 
daromad olish maqsadida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishga 
majbur bo‘lganlar; 


– ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilikning 
mavjudligi natijasida mulk kishilardan begonalashtirilganligi hamda 
egasiz mulkka aylanganligi. Buning natijasida kishilarda unumli 
mehnatga rag‘bati susaygan va turmush darajasi erkin bozor 
munosabatlari rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha past 
darajada bo‘lgan. Sobiq buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida 
kishilarda egasiz mulkni va xo‘jalik sub’ektlaridagi resurslarni va 
ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarilgan noqonuniy 
o‘zlashtirish, tashmachilik yo‘li bilan o‘z moddiy ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida foydalanishga intilish kuchaygan; 
– erkin tadbirkorlik faoliyatining jamiyat uchun yot faoliyat 
sifatida tugatilganligi hamda unga yo‘l qo‘ymaslik. Buning natijasida 
kishilar o‘zlarining tadbirkorlik qobiliyatlarini xufyona iqtisodiy 
faoliyat sohalarida namoyon qilganlar
49

Xufyona iqtisodiyot sovet xo‘jalik tizimida uni to‘ldiruvchi 
hamda muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sektorga 
aylangan. Uning iqtisodiy vazifasi rasmiy sovet iqtisodiyoti 
faoliyatidagi 
kamchiliklarni, 
ya’ni tovar va xizmatlardagi 
kamyoblikni ma’lum darajada yumshatishga xizmat qilgan. Xufyona 
iqtisodiy faoliyat natijasida kishilar qo‘shimcha daromad olish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi va o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirish 
imkoniyalarini ma’lum darajada kengaytirishga erishganlar. Bu uning 
ijtimoiy vazifasi bo‘lgan. 
Buyruqbozlik-rejali 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
kishilar 
faoliyatlarining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni 
resurslarning yetishmasligini o‘zida namoyon etadi. Taqchillikning 
ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu 
darajaga moslashuvi tizimda 
normal taqchillik 
holatini yuzaga 
keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan taqchil 
tovar va xizmatlar uchun navbatning normal uzunligi, resurslar va 
tayyor mahsulotlarning normal zahiralari va hokazolar tushuniladi. 
Boshqacha aytganda, nafaqat Valras bo‘yicha umumiy muvozanat 
iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklaniladi, balki tizim 
49
Qarang: Кормишкина Л. А., Лизина О.М. Теневая экономика: учеб. пособие 
для вузов / Л. А. Кормишкина, О. М. Лизина. – Саранск : Изд-во Мордов. ун-та, 
2009. – С.77. 


hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi 
namoyon bo‘ladi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur 
bo‘lgan normalardan biri oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ 
tomonidan o‘z foydaliligini oshirilishi o‘ziga xos ravishda namoyon 
bo‘ladi. Ya’ni, 

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə