Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   158
- P2

oddiy utilitarizm
- individning samarali faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z foydaliligini oshirishga intilishidir. 
Individ iste’mol madaniyatidagi oddiy utilitarizm “kvartira – 
mashina – dala hovli” uchligida aks etadi. Individda bunday idealning 
tarqalishi va qulay hayot sharoitlarini ta’minlashga intilish sho‘rolar 
(sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi o‘ziga 
xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda iste’molning 
ma’lum darajasiga erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan 
foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo‘yicha emas, balki ma’lum 
kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir 
yo‘l va havo yo‘li transporti xodimlari, chet elga chiqish 
imkoniyatidagilar) o‘rtasida bo‘lingan edi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri 
to‘liqsiz ratsional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda 
axborotning cheklanganligi va to‘liqsizligi bilan shartlangan to‘liqsiz 
ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx 
va taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga 
taalluqli bo‘lmagan – zahiralar hajmi, navbatlarning uzunligi va 
hokazolar haqidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiradilar. 
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir 
birini 
yaxshi 
bilgan 
shaxslar 
doirasi 
bilan 
cheklangan 
mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud bo‘ladi. Bu norma ham uy 
xo‘jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo‘jaligining ijtimoiy va 
iqtisodiy 
hayotida 
og‘irlik markazining oila-qarindoshchilik 
tarkibiga, do‘stlar va tanish-bilishlarga ko‘chiriladi. Korxonalar xatti-
harakatini ham huddi shunday ta’riflash mumkin. Ulardan har biri 
barqaror sherikchilik doirasiga ega bo‘lib, bunda ushbu korxonalar 
rahbarlari o‘rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo‘lga 
qo‘yiladi. Ya’ni, direktorlar o‘rtasida o‘zaro yordam va o‘zaro 
ishonch tamoyillari asosiga qurilgan korporativ munosabatlar 
shakllanadi. 


Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi 
«sen 
– menga, men - senga»
, yoki o‘zaro xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi 
kelishuvdir. Taqchil resursni olishning keng tarqalgan variantlaridan 
biriga ko‘ra, iste’molchi va yetkazib beruvchi vaqti vaqti bilan 
vazifalarini almashtirib turadi, ya’ni “bugun men po‘lat berib 
turaman, sen esa ertaga boltdan yordam qilib turasan”. 
Har qanday o‘zaro munosabatning davlat nazorati ostida 
bo‘lishiga qaramay buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida qonunlar 
Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə