Abulqosimov h. P., Muminov n. G


-rasm. Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona iqtisodiyot



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   158
- P2

4.1.1-rasm. Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona iqtisodiyot 
komponentlari 
Bu xufyona iqtisodiy munosabatlar markazlashtirilgan nazoratga 
antiteza, islohotlarga to‘sqinlik qiluvchi, uni bo‘g‘uvchi “klapan”, 
bozor surrogati hisoblanadi. V. Nayshul, o‘z kuzatishlarini 
umumlashtirib, “Brejnev” davrini byurokratik bozor deb nomlagan. 
Chunki, bu davrda nafaqat kamyob tovarlar, balki korxonalar uchun 
tuzatilgan reja, mansab-lavozimlar, mukofotlar, unvonlar, horijiy 
komandirovkalar va boshqalar ham tovarga aylangan. 
Bu sovet totalitarizmi rejimini rad etadigan bir qator 
tushunchalarni keltirib chiqardi. "Sotsializm" tizimi ostida xufyona 
iqtisodiy faoliyatining umumiyligini (Sovet Ittifoqi buni kamroq 
noqonuniy deb bilgan) kashf etib, G‘arb sovetolog olimlari shunday 
xulosaga kelishdi. Sobiq Sovet Sotsialistik respublikalari misolida 
Slovakiya respublikasi tahlil qilingan va ushbu mamlakat iqtisodiyoti 
allaqachon yashirin ko‘rinishga kelgan, yashirin xufyona bozor 
munosabatlarini yashirishning keng qamrovli rejasi ostida aralash 
iqtisodiyotning boshqacha uslubini paydo qilgan degan xulosaga 
kelishgan 
edi. 
Ushbu 
iqtisodiy 
munosabatlar 
nafaqat 
markazlashtirishning antitesi, balki islohotchining, bozor o‘rnini 
bosadigan, yashirin harakati bosimi ostidagi o‘ziga xos shart bo‘lishi 
Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona 
iqtisodiyot komponentlari 
norasmiy an’analar 
iqtisodiyoti 
qo‘shib yozishlar 
iqtisodiyoti
(fiktiv iqtisodiyot) 
shaxsiy suist’emol 
iqtisodiyoti
(poraxo‘rlik 
iqtisodiyoti) 


mumkin. Ushbu umumiy kuzatishlar to‘g‘risida rus eko-iqtisodchisi 
V. Nayshul “Brejnev” davrida tovarlar kam yoki kam bo‘lgan 
"byurokratik bozor" to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
«Brejnevizm» nafaqat byurokratik bozor, shu bilan birga “Klan 
sotsializmi” deb ham nomlangan bo‘lib, u shaxsiy sadoqatga, 
yaqinlikka, bog‘liqlikka asoslangan. Sovet xufyona iqtisodiyoti 
ma’muriy-qo‘mondonlik tizimi tamoyili asosida amal qilgan. Bu 
yondoshuv tarafdorlari sovet tizimidan keyingi Rossiyada “klanli 
sotsializm” “klanli kapitalizm” ga transformatsiyalashdi deb 
hisoblaydilar.
 
Buning oqibatida biznesni tashkil etish jarayonida 
tijoriy iqtisodiy huquqbuzarlik keng tarqaldi (masalan, soliqlarni 
yig‘ib olmaslik ba’zi baholashlarga ko‘ra 40%ga yetgan). Davlat 
huquqlarining buzilishi – daromadlarni soliqdan yashirish, ekologik 
qonunchilikni buzish kabilar. 

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə