Academic R



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə8/9
tarix29.11.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#142425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ta-lim-jarayonida-mobil-ilovalardan-foydalanishning-pedagogik-asoslari

2
l


XULOSA
Bizning holatda uchta doira qurilma (Q), ta‟lim (T) va ijtimoiy (I) jihatlarni ifodalaydi. Ikki doira bir-biriga kesishgan sohalarda ikkala jihatga tegishli atributlar mavjud. Qurilmaning qulayligi (QT) va ijtimoiy texnologiya (QI) kesishmalarining atributlari mobil texnologiyalarning imkoniyatlarini tavsiflaydi [10]. Interfaol ta‟lim (TI) yorlig'i bo'lgan kesishuvda ijtimoiy konstruktivizmga urg'u berilgan ta'lim va o'rganish nazariyalari mavjud. Barcha uch jihat Venn diagrammasi markazidagi birlamchi chorrahada (QTI) bir-biriga mos keladi. Nazariy jihatdan, birlamchi chorraha, har uch jihatning yaqinlashuvi ideal mobil ta'lim holatini belgilaydi. Ushby modeldan yanada samarali mobil ta‟lim tajribasini loyihalash uchun foydalanish mumkin.
Qurilma jihati (angl. Device Aspect) bir nechta mezonlarni o'z ichiga oladi, xususan: fizik xususiyatlar, mobil qurilma ma'lumotlarini kiritish-chiqarish qurilmalari xususiyatlari, xotira xususiyatlari, protsessor chastotasi va xatolar soni [11]. Fizik xususiyatlar, jumladan, ekran o„lchami, vazni, tugmalar joylashuvi va qurilmaning umumiy dizayni foydalanuvchining gadjetdan foydalanish qobiliyatiga ta‟sir qiladi.
Ta‟lim jihati (angl. Learner Aspect) bilan bog'liq mezonlarda talabaning o'ziga xos individual fazilatlarini hisobga olish kerak. Bularga boshlang'ich bilim, xotira, axborot bilan ishlash ko'nikmalari, bilimning yangiligi faktining mavjudligi, o'rganishga nisbatan hissiyotlar va motivatsiya kiradi [12]. Boshlang'ich bilim mezoni deganda shaxs tomonidan ilgari to'g'ridan-to'g'ri egallangan, yangi ma'lumotlarni o'zlashtirish imkoniyati va usuliga bevosita ta'sir ko'rsatadigan ko'nikma va bilimlar tushuniladi [13].
Ijtimoiy jihat (angl. Social Aspect) ikkita mezonni o'z ichiga oladi: muloqot va o'zaro ta'sir xususiyatlari. Muloqot xususiyatlari qanday qilib aloqa usulini tanlash, odamlarning soni va ular o'rtasidagi munosabatlarni, shuningdek vaqtni hisobga oladi. O'zaro ta'sir deganda ma'lum belgilar yoki ularni qo'llash orqali sodir bo'ladigan bevosita aloqa, ma'lumotlar almashinuvi tushuniladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə