Academic R



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#142425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ta-lim-jarayonida-mobil-ilovalardan-foydalanishning-pedagogik-asoslari

Yakuniy bosqichda olingan natijalarni tahlil qilish amalga oshiriladi. Mobil ilova yordamida o„qituvchi talabalar tomonidan test topshiriqlari bajarilishining tahlili, nazorat va laboratoriya ishlari bo„yicha hisobotlar, o„quv natijalarini talaba bilan birgalikda muhokama qilishdan foydalanib, qo„yilgan vazifalarning yechilish darajasini baholaydi.
Oldin biz pedagogik jarayonning yaxlitligi, izchilligi va uzluksizligi bilan ajralib turishini aniqlagan edik, shuning uchun biz ta‟limiy mobil ilovalar yordamidagi ta'limning pedagogik jarayonini o'qituvchilar hamda o'quvchilarning vaqt va makonda sodir bo'ladigan, maxsus tashkil etilgan, maqsadli o'zaro ta'siri deb bilamiz va uning ichida pedagogik jihatdan asosli, izchil, uzluksiz o'zgarish holatlari
va rivojlanish bosqichlari mavjud deb hisoblaymiz. Bunday jarayon



2
l


tarbiya maqsadlarini belgilaydi); b) mazmunli (ta'lim mazmunini ochib beradi); c) protsessual (jarayon ishtirokchilarining o'qitish, tarbiyalash va o'zaro munosabatlari tartiblarini tavsiflaydi); d) baholovchi va samaradorlik (natijalarni tekshirish, baholash va tahlil qilish, jarayonning samaradorligi to'g'risida mulohaza yuritishni o'z ichiga oladi).
NATIJALAR
Ta‟limiy mobil ilovalardan foydalanilgan o'quv jarayonining ichki tuzilishini grafik shaklida taqdim etadigan bo‟lsak (3-rasm), bunday yondashuv bilan, bizning fikrimizcha, o'quv jarayonining muhim xususiyatlarini, shuningdek, uni amalga oshirishning didaktik yondashuvlarini tushunish mumkin.
Birinchidan, bunday ta'lim ikki tomonlama uzluksiz kechadi. Mobil ilovalar ishtirokidagi ta'lim jarayonida o'quv va kognitiv faoliyatning har bir bosqichida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida yaqin aloqani ta‟minlanadi. Bunday o'zaro ta'sir bo'lmasa, jarayon boshqarib bo'lmaydigan, xaotik bo'lib qoladi.
Ikkinchidan, ta‟limiy mobil ilovalar ishtirokidagi o'quv jarayoni strukturasining alohida tarkibiy qismlarini ajratib ko'rsatishda uni amalga oshirish haqida tasavvurga ega bo'lish lozim. Bu holda ta'lim jarayonini tashkil etish quyidagilarni o'z ichiga oladi: tinglovchilarning o'quv faoliyatining maqsad va vazifalarini aniqlash; tinglovchilarning bilimga bo'lgan ehtiyojini va o'quv faoliyatini rag'batlantirishni shakllantirish; tinglovchilar tomonidan o„zlashtirilishi lozim bo„lgan o„quv materialining mazmunini aniqlash; tinglovchilarning o'quv va kognitiv faoliyatini tashkil etish; tinglovchilarning o'quv faoliyatiga hissiy-irodaviy xususiyat berish; talabalarning o'quv faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish; tinglovchilarning o'quv faoliyati natijalarini baholash.
Uchinchidan, ta‟limiy mobil ilovalar ishtirokidagi ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida o'quv va kognitiv faoliyatni faollashtirish zarurligini hisobga olish kerak.
To'rtinchidan, o'quv materialini tizimlashtirish, uni mantiqiy tugallangan didaktik birliklar, bloklar, modullarga bo'lish zarur.




Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə