Academic Research in Educational Sciences volume 2


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 265,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix13.01.2023
ölçüsü265,62 Kb.
#98504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
etnik-psixologiya-va-milliy-psixologik-qiyofa

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1265 www.ares.uz 
psixologiya bilan milliy psixologik qiyofani aynan bir ijtimoiy xodisadek, talkin 
kilinadi. Masalani bu xilda tushuntirish va talkin etish noto’g’ri. 
Etnik psixologiya nisbatan keng tushuncha bo’lib milliy psixologik qiyofaga 
qaraganda voqyealikdagi ko’prok xodisalarni o’z ichiga kamrok olgan bo’ladi. U 
etnik xususiyatlarni millat vakillari ongida aks etishi sifatidagina namoyon bo’lib 
qolmasdan, shuningdek, dunyoni bilish quroli va shakli bo’lib ham namoyon bo’ladi. 
Etnik psixologiyada xalqning yashash sharoitlaridan kelib chikadigan ijtimoiy 
va maishiy odatlar, milliy harakter, an’analar, milliy tuyg’ular, milliy - tab - did
milliy ong va milliy o’zini anglash kabi xususiyatlar aks etadi. 
Milliy psixologik qiyofa etnik psixologiyaning asosiy komponentlaridan 
xisoblanib, milliy ong bilan birgalikda etnopsixologiyani tashkil qiladi. 
Shuni ham ta’kidlash kerakki, yaqingacha, “Milliy psixologik qiyofa” va 
“Milliy harakter” terminlarini sinonim so’zlar sifatida ishlatib kelindi. Ma’lum 
darajada ular mazmun jixatidan va ruxiyatning asosiy xususiyatlariga taalluqligi bilan 
bir-biriga yaqin kelsa ham, lekin ular ayni bir tushuncha emas. Shunga qaramasdan 
bizdagi ayrim mualliflar (Sh.Botirov, N.Jondildin, K.Lomidze) chet eldagi deyarli 
barcha mualliflar “Milliy harakter” ni millatning butun psixologik xususiyatlarini 
ifodalash uchun qo’llashadi. 
“Milliy psixologik qiyofa”, “Milliy harakter” ga qaraganda keng tushuncha 
bo’lib, “Milliy harakter” uning tarkibiy qismiga kiradi. “Harakter” maxsus termin 
jixatidan, ko’pincha, barqaror ruhiy xususiyatlar majmuasi sifatida tushuniladigan 
“Milliy psixologik qiyofa” ga qaraganda torroqdir. Bundan tashqari milliy harakter 
etnik psixologiyaning milliy psixologik qiyofaga qaraganda ancha harakatchan
o’zgaruvchan elementidir. Milliy harakter asosan etnik birlikning millat sifatida 
shakllangan davrida vujudga kelgan bo’lsa, milliy psixologik qiyofa etnik birlikning 
barcha tarixiy bosqichlariga ham taalluqlidir. 
Tadqiqotchilar tomonidan milliy psixologik qiyofaning nafaqat tabiati va 
mohiyati tahlil qilinib, sharqlanib qolmasdan shuningdek, uning tuzilmasi 
(strukturasi) ham o’rganilib, bu xaqda turlicha qarashlar mavjud. 
Milliy 
psixologik 
qiyofaning 
ichki 
tizimi 
va 
tuzilmasi 
masalasi 
A.I.Goryacheva, 
S.M.Arutyunyan, 
A.Bagramov, 
S.M.Junusov, 
B.D.Parigin, 
F.N.Filatov va boshqa tadqiqotchilar asarlarida, ilmiy ishlarida atroflicha yoritilgan. 
Bu mualliflar milliy psixologik qiyofaning ijtimoiy xayotning real voqyealigi
millatning belgilaridan biri ekanligini tan olishda hamfikr bo’lsalar ham lekin uning 
strukturasini belgilashda turli-tuman qarashlarga egalar. 



Yüklə 265,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə