Academic Research in Educational Sciences volume 2


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 265,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix13.01.2023
ölçüsü265,62 Kb.
#98504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
etnik-psixologiya-va-milliy-psixologik-qiyofa

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1262-1270 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 1266 www.ares.uz 
A.I.Goryacheva fikricha milliy psixologik qiyofa tizimiga milliy harakter, 
udumlar, odatlar, did, an’analar kiradi. 
Milliy psixologik qiyofa tizimining N.Sarsenbayev o’ziga xos ravishda talqin 
qilib beradi. Uning fikricha milliy psixologik qiyofada o’zaro bog’langan va bir-birini 
taqkozo etuvchi uchta tarkibiy qism mavjud. Bu tarkibiy qismga milliy harakter, 
milliy tuyg’u, milliy urf-odatlar va an’analar kiradi. 
Bizning fikrimizcha, milliy psixologik qiyofa, avvalo milliy harakter, milliy 
urf-odat va an’analar, milliy tuyg’ular va ancha barqaror bo’lgan milliy did (tab) va 
udumlar kabi elementlarda to’la namoyon bo’ladi va milliy ong bilan birgalikda etnik 
psixologiyaning betakror va o’ziga xos xususiyatlarini tashkil etadi. 
Har bir viloyat xalqlarining mexnatsevarligi turli ko’rinishda kechadi. Masalan, 
Buxoroliklar ham, Kashkadaryo va Surxondaryoliklar ham, hammasi mexnatkash 
xalq. Lekin ularning shu mexnatsevarligi faoliyatning turli sohalarida turlicha 
namoyon bo’ladi. Buxoroda asosan dexkonchilik, bog’dorchilik bilan shug’ullanish 
jarayonida namoyon bo’lsa, Surxondaryoliklarda asosan chorvachilik bilan bog’liq 
bo’lgan mexnatda ko’rinadi. 
Surxondaryo viloyati tog’li xudud bo’lib, ularning mexnatsevarligi esa 
chorvachilikda qilinadigan mexnatda, chorva mollarini parvarish qilishda namoyon 
bo’ladi. Ular chorva boqish uchun qulay va noqulay bo’lgan yaylovlarni topishda, 
chorva yeydigan o’t-o’lanlarning xususiyatlarini farqlashda mohir bo’lishadi. Bu 
misollardan ko’rinib turibdiki, har bir xududning mexnatsevarligi, ular bevosita 
shug’ullanadigan mexnat turlarida to’la namoyon bo’ladi.
Milliy harakterni mutloklashtirib yuborish, albatta, noto’g’ri. Boshqa xalqlarda 
va millatlarda uchramaydigan, faqat bir xalqqagina xos bo’lgan sof milliy harakter 
umuman tabiatda uchramaydi. Har bir xalq butun xususiyatlari bilan olingandagina 
va betakror bo’lib ko’rinishi mumkin..., uning har bir etnik xususiyati aloxida olib 
ko’rilsa, mutloq noyob xususiyat bo’la olmaydi. Milliy harakter muammosini 
o’rganishdagi murakkablik va chalkashliklar, deb ko’rsatadi. I.S.Kon, ko’pincha 
dialektikadagi umumiylik va xususiylik, mushtaraklik va aloxidalikni tushunmaslik 
natijasida vujudga keladi. Uning to’g’ri ta’kidlashicha, milliy harakterning u yoki bu 
xususiyatini ko’rsatganda, albatta u nisbatan olib o’rganilishi kerak.
O’zbek xalqi harakterida bir qarich yeriga yopishib olishlik, “kindik qoni 
to’kilgan” yerni tark etmaslik xususiyatlari bor. Bu harakter xususiyatlarining 
vujudga kelishi o’zbek xalqi tarixiy tarakkiyotidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan 
bog’liq. Masalan, Markaziy Osiyo, xususan, xozirgi O’zbekiston xududida mavjud 



Yüklə 265,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə