Academic research in educational sciences volume



Yüklə 62,27 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü62,27 Kb.
#159451
1   2   3   4   5   6
maqola (3)

KIRISH


Kimyo fani eksperimental aniq fanlar sirasida ekanligi uchun bilim va ko’nikmalar ko’proq laboratoriya mashg’ulotlarida mustahkamlanadi. Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun ko’p hollarda zaharli va zararli, yonuvchan va portlovchi reaktivlar, murakkab jihozlarni ishlatish talab etiladi. Bevosita laboratoriya ishini bajarishga kirishishdan oldin uni kompyuter yordamida virtual holatda ko’rib chiqish – reaktivlarni tejashga, xavfsizlikni ta’minlashga, o’quv jarayonini samaradorligini oshirishga olib keladi. Shu sababdan hozirda ko’plab kimyoviy virtual laboratoriyalar ishlab chiqildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Ularning aksariyati xorijda yaratilgan. Ushbu virtual laboratoriyalarni unumli ishlatish uchun ulardan foydalanish yo’riqnomalarini o’zbek tiliga tarjima qilish va tegishli uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib hisoblanadi. Kimyo fanlarini o’qitish, nazariy bilimlarni mustahkamlashda amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarining ahamiyati katta. Amaliy tajribalar o’tkazish vaqtida laboratoriya jihozlari va reaktivlar hamma vaqt ham yetarli bo’lavermaydi. Bundan tashqari ayrim laboratoriya ishlarini bajarishda noqulay sharoitlar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tajribalar yo’q emas. Shunda virtual laboratoriya va qo’shimcha kompyuter dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Lekin bu dasturlar bilan ishlash bo’yicha o’zbek tilida yetarli qo’llanma mavjud emas. Biz tomonimizdan bu muammoni hal qilish uchun 10 dan ortiq xorijda tayyorlangan kompyuter dasturlaridan foydalanish uchun o’quv uslubiy qo’llanma ishlab chiqilmoqda.
Ilmiy maqolaning maqsadi o’quvchi va o’qituvchilar uchun kompyuter kimyoviy dasturlari bilan ishlash bo’yicha qulay, o’zbek tilida o’quv uslubiy qo’llanma tuzish. O’quv uslubiy qo’llanma o’quvchilar uchun savol va topshiriqlar, qiziqarli tajribalar, rasm, grafik va jadvallar ko’rinishida ishning asosiy qismi ko’rsatilgan bo’lsa, o’qituvchilar uchun o’quvchilarni ishini to’la nazorat qilishi, dasturlar bilan kengroq ishlashni tashkil etish imkonini beradi. Natijada o’qituvchi dars jarayonining o’zida nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun virtual labaratoriyalardan foydalanib dars o’tishi, laboratoriya jarayonida har bir o’quvchi bilan individual ishlagan holda tajribani o’tkazishi dars jaroyonini yanada unumli va sifatli bo’lishiga olib keladi.
Kimyo fanining labaratoriya mashg’ulotlari bo’lsa, uni bajarish imkoniyatini beruvchi turli kimyoviy dasturlar (Crocodile chemistry 605, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, Davriy_jadval, Chemsk12, Химический калькулятор, ChemDraw Ultra 11.0, CHEMIX 12, GaussView ,Chembalance Wiziard32 , Xumua42) tadqiqotning predmeti hisoblanadi.



Yüklə 62,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə