Academic research in educational sciences volume



Yüklə 62,27 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü62,27 Kb.
#159451
1   2   3   4   5   6
maqola (3)

NATIJALAR VA MUHOKAMA


Yuqorida sanab o’tilgan 10 dan ortiq kimyoviy dasturlar bilan ishlash bo’yicha birinchi marotaba o’qituvchi va o’quvchilar uchun o’zbek tilida o’quv uslubiy qo’llanma yaratilishidir. Ayrim bajarishi qiyin bo’lgan tajribalarni bajarishdan oldin uni virtual holatda bajarish, tajriba vaqtida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan texnik xatoliklarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi. Natijasi esa jihoz va reaktivlarni tejab
tergab unumli foydalanishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy jihatdan afzalliklarga ega bo’ladi. Kimyoviy dasturlardan dars jarayonida keng foydalanish, ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilarni nafaqat kimyo fanlariga balki, zamon talablaridan kelib chiqqan holda kompyuter texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Tadqiqotlarni yanada rivojlantirib kimyoviy dasturlarni ham o’zbek tilida yaratish keyingi rejalarimizdan biridir. Oxirgi vaqtlarda axborot texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi tufayli kimyo fanlarini o’qitish texnologiyasiga turli xil kompyuter dasturlari kirib keldi. Kimyoning asosiy obyekti – molekula juda kichik bo’lgani uchun uni oddiy ko’z bilan ko’rib yoki qo’l bilan ushlash imkoniyati yo’q. Ammo uning kattalashgan modelini hosil qiluvchi turli kompyuter dasturlari yaratildi. Bu dasturlardan kimyo fanlarini o’qitishda samarali foydalanish uchun ularning xususiyatlarini bilish zarur. Virtual laboratoriyalarda ko’rgazmalilik va o’quv mazmunini yanada kengaytirishda interfaol dasturlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Virtual laboratoriya ishlarini qo’llashning dolzarbligi yana shundan iboratki, unda laboratoriya tajribalarini tashkil qilish uchun murakkab qurilmalarni yasash, qurilmalarni va reaktivlarni saqlash, almashtirish shart emasligi bilan bir qatorda ta’mirlash ishlari, kimyoviy idishlarni yuvish kabi ishlar bajarilishi shart emas. Hamma laboratoriya ishlari kompyuter xotirasida yoki tashqi xotirada elektron variantda va bir joyda saqlanadi. Kompyuter qurilmasi xavfsiz, ishlatish qiyin emas va shu bilan birga foydalanuvchidan faqatgina belgilangan mahsus dasturlar bilan ishlash ko’nikmasini talab qiladi.
Bugungi kunda keng qo’llaniluvchi ayirm kimyoviy kompyuter dasturlarining ba’zi xususiyatlari jadvalda keltirilgan.


  1. Yüklə 62,27 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə