ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
68
SOLIQ ORGANLARIDA SOLIQ IMTIYOZLARI HISOBINI YURITILISHI
HAMDA SOLIQ IMTIYOZLARINI TAHLIL QILISH MASALALARI
Muzaffarov Dilshod Shuxratovich
Sog‘liqni saqlash vaziriligi xodimi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7113329
Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasida soliq va boshqa majburiy to‘lovlar
yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlash, imtiyozlar berish borasida aniq
mezon va mexanizmlarni ishlab chiqish, berilayotgan imtiyozlar va
preferensiyalarning samaradorligi
ni baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kalit so‘zlar:
byudjet siyosati, inqiroz, byudjet, soliq imtiyozlari, soliq
ma’murchiligi, tadbirkorlik sub’ektlari,
soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq
imtiyozlari, soliq,
soliq stavkasi, preferensiyalar.
Kirish: Respublikamizda investitsion jozibadorlikni yanada yaxshilash
maqsadida soliq islohotlari davom ettirildi hamda yangi Soliq kodeksi
amaliyotga joriy etildi. Soliq imtiyozlari samaradorligini monitoring va nazorat
qilish bo‘yicha ta’sirchan
tizimni j
oriy etish orqali imtiyozlarning soliq
to‘lovchining moliyaviy faoliyatiga ta’sirini tahlil qilish hamda samarasiz va
maqsadsiz berilgan soliq hamda bojxona imtiyozlarini bekor qilish bo‘yicha bir
qancha me’yoriy
-huquqiy
hujjatlar tasdiqlanishi, shu jumladan Soliq
kodeksining tegishli moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirilmoqda.
Bugungi kunda Davlat soliq organlarida “O‘zbekiston Respublikasining
normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalarda (shu
jumladan, maxfiy
grifli hujjatlarida) nazarda tutilgan soliq imtiyozlari hisobini yuritish,
ularni
qo‘llashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
hisobini to‘laqonli va o‘z vaqtida yuritilishini ta’minlash, mazkur masala bo‘yicha
maxsus axborot bazasini shakllantirish, ulardan foydalanish, tizimli tahlil qilish
maqsadida ishlab chiqilib takomilashib bormoqda. Qo‘mita tomonidan “Soliq
imtiyozlari hisobini yuritish va tahlil qilish”, hamda soliq organlari tarkibiy
tuzilmalarida soliq imtiyozlari ma’muriyatchiligi masalalari yuzasidan o‘zaro
hamkorlik va axborot almashish maqsadida barcha
soliq organlariga taalluqli
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston
Respublikasining soliq qonunchiligi asosida taqdim etilishi belgilangan. Soliq
imtiyozlarini hisobga olish bo‘yicha Markaziy ma’lumotlar bazalarida,
shuningdek, ularni qo‘llayotgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning sifatini tahlil qilishda quydagilarga e’tibor berish kerak.
O‘zbekiston
Respublikasida Vazirl
ar Mahkamasining 2021-yil 22-sentyabrdagi
“Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan
qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora
-tadbirlari