Academic research in modern science



Yüklə 83,39 Kb.
səhifə1/2
tarix12.04.2023
ölçüsü83,39 Kb.
#105182
  1   2
ARIMS0803







ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference



AKADEMIK LITSEYLARDA O‘QUVCHILARNI KASBIY
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA METODIK TIZIMNING
Umarova Zilolaxon Abdulazizovna
QDPI akademik litsey bosh o'qituvchi
Xasanova Xurshidaxon Erkinovna
QDPI akademik litsey katta o'qituvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7695513

Abstract: This article highlights the importance of the methodical system in the development of professional competences of students in academic lyceums. The author clarified the problem on the basis of existing scientific and historical literature, relying on pedagogical data and information technology sources. Comparative analysis of the existing specific approaches and theories on the importance of the methodical system in the development of professional competence of students in academic lyceums.
Key words: Pupils, professional competence, vocational training, methodical system, continuous education, literacy.
Аннотация: В данной статье подчеркивается значение методической системы в развитии профессиональных компетенций учащихся академических лицеев. Автор разъяснил проблему на основе имеющейся научной и исторической литературы, опираясь на педагогические данные и источники информационных технологий. Сравнительный анализ существующих конкретных подходов и теорий о значении методической системы в развитии профессиональной компетентности учащихся академических лицеев.
Ключевые слова: учащиеся, профессиональная компетентность,
профессиональная подготовка, методическая система, непрерывное образование, грамотность.
Annotatsiya: Ushbu maqolada akademik litseylarda o‘quvchilarni kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda metodik tizimning ahamiyati yoritilgan. Muallif pedagogik ma’lumotlar hamda axborot texnologiyalari manbalariga tayanib, mavjud ilmiy-tarixiy adabiyotlar asosida muammoga aniqliklar kiritgan. Akademik litseylarda o‘quvchilarni kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda metodik tizimning ahamiyati bo‘yicha mavjud o‘ziga xos yondashuvlar va nazariyalarni qiyosiy tahlil etgan.
Kalit so‘zlar: O‘quvchilar, kasbiy kompetensiya, kasbga tayyorlash, metodik

Intraduct: Jahonda texnika oliy ta’lim muassasalarida qurilish muhandisligi yo‘nalishi talabalarini fanlararo integratsion o‘qitish asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimini ishlab chiqishda zamonaviy axborotkommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Xalqaro tashkilotlar hamda AQSH, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Malayziya, Singapur kabi davlatlar tomonidan qabul qilingan “Ta’lim - taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlarga yetkazuvchi muhim faoliyat”, deb e’tirof qilingan. Bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (RAD Studio, AutoCAD, Matlab) foydalanib umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini fanlararo integratsion o‘qitish orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda[1]. Jahonda bir qator ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida modellashtirish, loyihalash, differensial ta’lim barish asosida ta’limning sifat darajasini yangi bosqichga ko‘tarish, informatika fanini integratsion o‘qitish asosida o‘quvchilarni loyihalash, konstruktorlik va tadqiqotchilik kabi zaruriy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, mustaqil ta’lim berishorqali kasbga tayyorlash mexanizmini takomillashtirish, ta’limda konpetensiyaviy yondashuvlarni tadbiq qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning tarkibiy, konseptual va metodik modelini takomillashtirish, zamonaviy axborotkommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir ' talabaga alohida moslasha oladigan uslubiy ishlarni yaratish hamda muhandislik ta’limini loyihalashtirish zaruratini taqozo qiladi. Mamlakatimizda o‘quvchilarni fanlararo integratsion o‘qitish asosida zaruriy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, o‘qitishning konseptual va metodik tizimini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. O‘quvchilarning kasbga tayyorlashning konseptual metodik tizimi fanlararo integratsion o‘qitish asosida takomillashtirilmoqda[2]. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu borada metodologik va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida bo‘lajak quruvchi
25
muhandislarni kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Bugungi glabollashuv jarayonida dunyo miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tiro
etilib, YUNESKO tomonidan 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida «Butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish» dolzarb vazifa sifatida belgilandi[3]. Bugungi kunda ta’lim sifati unda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning qanday bilimga egaligi ya’ni, pedagoglarning kasbiy kompetentligiga bog‘liqdir. So‘ngi yillarda butun dunyoda mehnat bozoridagi talabning tez o‘zgarishi, ish beruvchilarning faqatgina uning bilimi, ko‘nikmasi va malakasigagina emas, balki uning shaxsiy sifatlariga ham e’tibor qarata boshlaganligi bilan belgilanadi. Jumladan, o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda kasbiy va zamonaviy pedagogik g‘oyalar amalga oshirilmoqda. Shu bois, o‘qituvchi o‘quvchi uchun bilim olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki u o‘quvchining mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o‘quv jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lishi lozim. Zamon talablariga javob beradigan fidoiy izlanuvchan, yangilikka intiluvchan, tashabbuskor kasbiy bilimlar, ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash hozirgi dolzarb masalalardan hisoblanadi[4]. Uzluksiz ta’lim tizimida u maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ladimi, umumta’lim maktablari yoki oliy ta’lim bo‘ladimi, barcha ta’lim muassasalari yagona maqsad: bitiruvchilar kompetensiyasini shakllantirish, ta’lim yoki ishlab chiqarishning keyingi bosqichiga tez moslashuvchan kadr tayyorlash, olgan bilimlarini hayotda qiyinchiliksiz qo‘llash kabi sifatlarga ega bo‘lishni taqozo etmoqda. Bu esa, ta’lim muassasalarida yuqori malakali o‘qituvchilarga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va uning sifatini oshirishda asosiy omil hisoblanadi[5]. Shuni inobatga olib, ko‘pchilik davlatlar bitiruvchilarning kasbiy kompetentligiga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Sababi, bugungi zamonaviy ta’lim muassasasida har bir talabgorning shaxs ekanligini hisobga olib ijobiy ta’lim muhitni yaratishi, ularning bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashi, undan tashqari o‘quvchilarni analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlashga o‘rgatishi kerakligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Buning ustiga o‘qitishni samarali tashkil etish, o‘quvchilarda kompetensiyani shakllantirish uchun pedagoglardan yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lishlari talab qilinmoqda. Shuning uchun ham, avvalombor maktab o‘qituvchilarining kasbiy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, sifatli ta’limga erishish uchun o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish sohasidagi malakalarini oshirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modellarini takomillashtirish, maktab bitiruvchilariga qo‘yiladigan davlat talablarini konkretlashtirish kabi yo‘nalishlarda samarali ishlar olib borilmoqda[6]. Xususan, 2017 yil 6 aprelda Vazirlar Mahkamasining 187-sonli
qarorida umumta’lim maktab bitiruvchilari uchun 6 ta: Kommunikativ kompetensiya, Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, O‘zini o‘z i rivojlantirish kompetensiyasi, Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, Milliy va umummadaniy kompetensiya, Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari belgilangan[7]. Mazkur tayanch kompetensiyalar shakllantirish uchun umumta’lim fanlari mazmuniga mos ravishda fanga oid umumiy kompetensiyalar belgilangan asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumki ta’lim jarayoni doimo emas, u jamiyat va davlat taraqqiyotiga monand holda doimiy ravishda takomillashib boradi, unga qo‘yilgan talablar ham o‘zgaradi. Shu nuqtai nazardan yangi ishlab chiqilgan Milliy dastur loyihasida esa, o‘qituvchilarga qulaylik yaratish, baholash imkoniyatlarini yaxshilash hamda o‘quvchilarni ortiqcha yuklamalardan xalos qilish maqsadida tayanch kompetensiyalar optimallashtirildi, ya’ni ularning har biri ko‘zda tutilgan kompetensiyalar bilan mazmunan mos tushgan holda, ularning soni ikkitaga qisqartirildi. Loyihaga Kommunikativ kompetensiya, Axborot kompetensiyasi, O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi, Ijtimoiy emotsional va fuqarolik kompetensiyalari kiritildi [8].
Summary:Fanga oid umumiy kompetensiyalar esa, “tabiiy va iqtisodiy fanlar” blok moduli o‘z ichiga tabbiyot va geografiya, biologiya, fizika va astronomiya, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda mazkur fanlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Mazkur fan blok-moduliga kiruvchi 7 ta fanning barchasi uchun tegishli bo‘lgan ikkita "Ilmiy xabardorlik” va “Amaliy kompetensiya”lar taklif qilindi. Bu ayni paytda o‘quvchilar kompetensiyalarini baholash tizimini ham yengillashtiradi[9]. Fanga oid “Ilmiy xabardorlik kompetensiyasi” ham asosan dars jarayonida shakllantiriladi va shakllanishi asnosida, “axborot kompetensiyasi va o‘zo‘zini rivojlantirish” tayanch kompetensiyalari ham rivojlantiriladi. Daslik, o‘quv qo‘llanmalarda xususan, maktab o‘quvchilari uchun 8 sinf fizika darsligi matnda asosiy formulalar alohida to‘rtburchak ichiga olib, ularga rang berilganligi sababli o‘quvchining diqqatini jalb qiladi[10]. Har bir bob oxirida o‘ndan ortiq masalalar alohida mashqlar sifatida berilgan. Bu mashqlardan iqtidorli o‘quvchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni topadilar. Bunday masalani maxsus yulduzcha bilan belgilab ko‘rsatilgan. Masalalarning javoblari darslik yakunida keltirilgan. Lekin, ayrim masalalarning javobi berilganda ularni yechishga hojat qolmaydigan holatlarda, ularning javoblari keltirilmagan. O‘z bilimini tezkor tekshirishlari uchun mashqlardan so‘ng o‘ndan ortiq javobi tanlanadigan test topshiriqlari berilgan. Bunday
testlarni tanlashda ham asosan o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘nalgan topshiriqlar tanlashga harakat qilingan[11]. Test topshiriqlarining javoblarini o‘qituvchining o‘zi tayyorlashi kerak bo‘ladi. Na’munaga ko‘ra, o‘qituvchi qo‘shimcha testlarni tuzishi mumkin. Bob nihoyasida, unda o‘rganilgan eng muhim tushuncha, qoida va qonunlarlar fizik lug‘at sifatida keltirilgan. Lug‘at asosida o‘quvchilar bilimlarini takror eslashi, ota-onalar esa farzandlarining fizika fanini qanday o‘zlashtirganliklarini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar[12]. Shu bilan bir qatorda mavzular matnida bevosita kiritilmagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan ma’lumotlar kursantlarning ilmiy bilish va amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek “O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi” dasturlarni rivojlantirish uchun ko‘pgina materiallar keltirilgan. Bunday misollar o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi[13]. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, informatika darslarini tashkil etish metodikasi oliy ta’lim muassasasining ixtisosligidan kelib chiqib darslarga qo‘yiladigan talablarni ham qarab chiqish zarur bo‘ladi. C hunki, dars jarayonida barcha o‘quv faoliyati harakatli (faoliyat bilan bog'liq) yondashuv asosida qurilishi, kursantlarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga, o‘tilgan har bir mavzuning hayotiy zarurati hamda amaliy ahamiyatini anglashga qaratilgan bo‘lishi kerak[14]. Shu holatdagina o‘quvchi ta’lim jarayonining jonli ishtirokchisi bo‘lib shakllanadi.

Yüklə 83,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə