184
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
G‘AzAllAR
«Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!.»
Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!
Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?!
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?!
Ibrohimdin qolg‘on ul eski do‘konni na qilay?!
Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do‘zaxin,
Bo‘lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?!
Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom,
Oshkoro bo‘lmasa, sirri nihonni na qilay?!
Arshning kungurasin ustig‘a qo‘ydum oyog‘im,
Lomakondin
1
xabar oldim, bul makonni na qilay?!
Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo‘lsa qo‘lumda, ul tikanni na qilay?!
Tasavvufda tan va ruh muammosi ancha jiddiy ko‘riladi-
gan masala va muammolar sirasiga kiradi. Zero, tan insonga,
ruh esa ilohiyotga daxldordir. Odatda, o‘zini
anglagan inson
ruhida ilohiy sirlardan qisman xabardorlik mavjud bo‘ladi.
Jonon
esa oshiq (solik) qalbida sodir bo‘layotgan ilohiy
ma’rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador. Demak, bu
baytda ilohiy ma’rifatga intilmasdan yashash umr mazmunini
yo‘qqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan.
Xuddi mana shu fikr keyingi baytda yana bir pog‘ona
ba
landroq pardalarda kuylanadi. Tasavvuf adabiyotida
yor
,
jonon
so‘zlari ko‘pincha ilohiy ma’rifatning oshiq qalbida-
gi jilolanishini anglatadi. Demak,
Makka ziyoratiga borish
uchun ham jiddiy tayyorgarlik talab etiladi. Bu talabning
asosi ko‘ngil pokizaligi, moddiy ehtiyoj va talablardan voz
kecha olish, nafs qutqularidan forig‘ bo‘lish, ko‘ngil obodligi
ustida qayg‘urishdir.
1
L o m a k o n – makonsiz.
185
Bir qarashda jannat va do‘zax tushunchalarini inkor etish
dahriylik tushunchasi bilan bog‘lanib ketganday bo‘ladi. Asli-
da esa unday emas.
Diqqat bilan qaralsa, Mashrab do‘zax
va jan
natni boshimga uramanmi deganda
yor vasli
– ilohiy
tajallini ko‘
rishni nazarda tutgan. Agar o‘sha darajaga yet-
maydigan bo‘lsa, yuqo
ridagi tushunchalarning ham mazmuni
yo‘qqa chiqadi. Ko‘rinadiki, bu baytda ham yana ko‘ngil
ozodaligi nazarda tutilgan.
Olamga boqqanda uning har bir bo‘lagida, ya’ni insonni
qurshab turgan moddiy jismlarning o‘zida
ham Yaratgan-
ning kuch va qudratini his etib turish kerak. Quyoshning
paydoligi uning zarralarida namoyon bo‘ladi. Xuddi shunga
o‘xshab Yaratganning o‘zi ham u yaratgan narsalar vositasi-
da anglanadi. «Sirri nihon» insonga ma’rifiy bilimlar tufayli
anglanishi mumkin bo‘lgan haqiqatlardir.
Mashrab bir solik (yo‘lovchi) sifatida bu uzun yo‘lning
asosiy bosqichlarini bosib o‘tgan solik tilidan aytmoqdaki,
«bodani ichgan solik Arsh kungarasining
ustiga ham oyoq
qo‘ya oladi». Mayning ilohiy ishq yoki ilohiy ishq mujas-
samlashgan ko‘ngil ramzi ekanini yodda tutsak, qo‘yilgan
qadamning ham, lomakondan xabar olish
ning ham ma’nosi
bir qadar oydinlashadi. Ya’ni ilohiy ma’rifat egasigina emas,
lomakon
– makonning yo‘qligi, yo‘qlik olamidan ham xa-
bardor bo‘ladi. U olam ilohiy olam, ilohiyot olamidir.
Ana shundan keyin oliy haqiqatga yetish mumkin bo‘ladi.
Buning uchun Yaratganning o‘zidan boshqa hamma nar-
saning xato – g‘alat ekanini anglab yetish kerak.
Boshqa
narsalarga mahliyo bo‘lib asl haqiqatdan chalg‘imaslik kerak-
ligi baytning asosiy mazmun va mantig‘ini tashkil etadi.
Bu murakkab umumlashmani anglatish uchun esa oddiy va
sodda ikkita obraz qo‘l keladi:
Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo‘lsa qo‘lumda, ul tikanni na qilay?!
O‘z-o‘zidan
gul
asosiy maqsad va mohiyatni,
tikan
esa
ikkinchi darajali narsalarni anglatayotgani ma’lum bo‘ladi.
Ammo esdan chiqarmaslik lozimki, ikkinchi darajali nar-
186
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
salardan ehtiyot
qilinmasa, kishiga jarohat yetishi, uning
iztiroblari ortishi mumkin.
Mashrab she’riy unsurlarni tanlayotganida ularning maz-
mun uchun qanday xizmat qilishi mumkinligini ham e’tibor-
ga olgan. Butun she’r davomida so‘roq ohangining saqlanishi
undagi ma’no qatlamiga bo‘lgan e’tiborni har doim tarang
holda tutib turish imkonini beradi.
Birinchi baytda bir uyada
birlashadigan so‘zlar miqdorining ko‘pligi – tanosub she’riy
san’ati bayt mazmunini to‘la va yaxlit holda idrok qilishga
ko‘maklashadi.
Tan
va
ruh
esa mantiqiy tazodni yuzaga
keltirgan:
Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!
Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?!
Keyingi baytda tashbih, istiora, ramz singari tasvir vosita-
laridan foydalanilgan. Bular she’rning ta’sirchanligini
yanada
kuchaytirgan. Bularning barchasi mazmuniga quvvat, shakliga
chiroy ato etgan. Ular birlashib, kitobxon qalbida go‘zal va
yoqimli ta’sirni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: