187
Na
qattiq kun ekan, jono, visolingdin judo bo‘lmoq,
Meni ohim tutunig‘a zamin-u osmon o‘rtar.
Bu dard ila xarob o‘ldum, kelib holimni so‘rmassan,
G‘aming boshqa, alam boshqa, yurakimni fig‘on o‘rtar.
Bu Mashrab dardini, jonoki, har kim boshig‘a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon
1
o‘rtar.
Savol va topshiriqlar
1. Ritorik savolning shoir ijodidagi o‘rni haqida nimalarni
aytib bera olasiz?
2. Sizningcha, Mashrab g‘azallarida
qaysi badiiy timsollar faol-
roq qo‘llanadi?
3. Mashrab qo‘llagan tashbihlarni toping va izohlab bering.
4. Tanosub san’atining mohiyatini shoir she’rlari asosida
izohlab bering.
5. «O‘rtar» g‘azalining matla’si yuqori darajadagi ohangdorlikka
ega. Uning nimalar hisobiga hosil
qilinganini aytib bera
olasizmi?
6. «O‘rtar» g‘azalining qofiya va radiflar tizimini aniqlang,
ular
ning vazifalarini tushuntiring.
7. G‘azalda «ishq o‘ti» istiorasining bajarayotgan vazifasini
belgilang.
8. G‘azalda qo‘llangan she’riy san’atlarni
toping va ularning
qo‘llanish xususiyatlarini izohlang.
9. «O‘rtar» g‘azalida shoirning so‘z tanlash va qo‘llash ma-
horatiga baho bering.
10. Quyidagi baytni o‘qing:
Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay,
Tilim lol-u ko‘zum giryon, so‘ngaklarni nihon o‘rtar.
Unda ifodalanayotgan tuyg‘ularni o‘z so‘zlaringiz
bilan
sharh lang.
11. «O‘rtar» g‘azalidagi istiora va mubolag‘alarni toping va ular-
ning shoir muddaosini yoritishdagi o‘rnini ko‘rsatib bering.
12. «O‘rtar» g‘azalida ifoda etilgan rang-barang tuyg‘ularni bayt-
ma-bayt tahlil qiling va ularning o‘zaro tafovutlarini izoh-
lang.
1
J o v i d o n – doimiy, abadiy.
188
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Dostları ilə paylaş: