Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Mahmud Koshg‘ariy
(
XI asr
)
qADiMGi TuRkiy ADABiyOT


53
Mahmudning ilk ustozlaridan biri qashqarlik Husayn 
xalifadir. So‘ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, 
Bag‘doddagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan.
Mahmud Koshg‘ariy umri davomida qilgan mashaqqatli 
mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo‘lib tanil-
di. U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arab-
cha lug‘atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos 
olimdir. «Devonu lug‘ot at-turk» Mahmud Koshg‘ariy qoldir-
gan va turkiy xalqlar uchun bebaho qumaru – merosdir.
Bu asarda olim turkiy tildagi so‘zlar ma’nosini arab tilida 
izohlab beradi. Misol sifatida esa xalq tilida mavjud namu-
nalarga murojaat etadi. Muallifning: 
«Men bu kitobni maxsus 
alifbo tartibida hikmatli so‘zlar, saj’ (qofiyali nasr)lar, maqol­
lar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi) va 
nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda 
misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan she’rlaridan, 
shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, 
maqollardan kel tirdim»
, – deyishi bejiz emas.
«Devonu lug‘ot at-turk» asari 1072-yilda yozila boshla-
gan. Ammo unga kirgan materiallar 15–20 yillar davomida 
to‘plangan. Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi: 
«Men turklar, 
turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning sha­
harlari, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, 
lug‘atlarini to‘pladim»
, – deb yozadi. Muallif: 
«Kitob hijriy 
«Devonu lug‘ot at-turk» asarining qo‘lyozma sahifalaridan namuna


54
464­yil jumodul­avval boshlarida boshlandi va to‘rt karra yo­
zilgan (ko‘chirilgan)dan va tuzatilgandan so‘ng 466­yil jumodul­
oxir 
ning 12­kuni (1074­yil) bitirildi»
, – deb ko‘rsatgan.
Kitobga «Devonu lug‘ot at-turk» («Turkiy tillar lug‘atlari») 
deb nom berilgan. U Abulqosim Abdulloh binni Muhammad 
al-Muqtadoga bag‘ishlangan.
Mahmud Koshg‘ariy turk tilining nozik bilimdoni va 
tolmas targ‘ibotchisidir. U 
«arab tili bilan ikki uloqchi ot 
singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan turk tilini»
ko‘klar-
ga ko‘taradi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan 
ko‘rsatib beradi.
«Devon» sahifalari orqali tanishish ko‘z oldimizda Mah-
mud Koshg‘ariyni geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, 
tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida 
namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim deb 
ataymiz.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə