Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

MARSiyA HAqiDA TuSHuNcHA
Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat 
va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq marsiya deb 
ataladi.
Alp Er To‘nga haqidagi marsiya shu janrning bizgacha 
yetib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir. Marsiya, 
odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga 
bag‘ishlab yoziladi yoki to‘qiladi. Alp Er To‘nga haqidagi 
marsiya – og‘zaki ijod mahsuli. Demak, unda xalqning shu 
qahramonga bo‘lgan buyuk hurmat va ehtiromi ifodalanadi.
Afrosiyob faqat bek emas, balki «beklar begi». Uning 
qahramonligi, botirligi, shijoati va mardligi alohida tilga 
olingan. Zero, qahramondagi bu xususiyatlar xalq taqdiriga 
kuchli ta’sir qilgan. Uning sharofati bilan dushman xalq 
erkiga daxl qila olmagan. Ana shunday oliyjanob insondan 
ayrilish haqiqatan ham og‘ir musibatdir.
Marsiya turli she’riy shakllarda ifodalanishi mumkin. Ada-
biyotimizning keyingi bosqichlarida g‘azal, qasida, muxam-
mas, musaddas, tarjiband, tarkibband shakllarida yozilgan 
marsiyalar uchraydi. Alp Er To‘nga haqidagi marsiya murab-
ba’ shaklidadir. Uning har bir bandi to‘rt misradan iborat. 
Yuqorida aytganimizdek, misralar asosan 
a­a­a­b
qofiyalanish 
tartibiga ega.
Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi 
aruz vaznida bitilgan. Alp Er To‘nga marsiyasi esa barmoq 
vaznidadir. Uning har bir misrasi yetti bo‘g‘indan tuzilgan. 
Turoqlar, asosan, 4 + 3 shaklida.
Savol va topshiriqlar
1. Alp Er To‘ngani qanday tasavvur qildingiz? Matnni yana 
bir karra o‘qib, taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
2. To‘rtliklar ketma-ketligida fikrlarning o‘zaro aloqadorligi 
seziladimi? Shu haqda o‘z munosabatingizni bildiring.
3. Birinchi banddagi qofiyalarga e’tibor bering. Ular band 
mazmunini yuzaga chiqarishda qanday o‘rin tutadi?
4. Alp Er To‘nga vafoti bilan bog‘liq iztiroblarning kishi qiyo-
fasi va ruhiyatidagi namoyon bo‘lishi aks etgan bandlarni 
toping va izohlang.


66

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə