Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

qADiMGi MAqOllAR
Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur.
Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa, qo‘tir bo‘ladi.
Tulum anutsa, qulun bulur,
Tulum unutsa, bolun bo‘lur.
Dushmanga 
[
qarshi
]
 qurol hozirlagan kishi qulun 
[
toy
]
ga 
ega bo‘ladi,
Qurol hozirlashni unutgan kishi asir bo‘ladi.
Qul savi qalmas,
Qag‘il bag‘i yazilmas.
Keksalar so‘zi, nasihati bekor ketmaydi,
Tolning ho‘l novdasining bog‘i yozilmaydi.
O‘d kechar, kishi to‘ymas, yalinguq o‘g‘li mangu qalmas.
Zamon o‘tar, kishi to‘ymas, inson bolasi mangu qolmas. 
Erik erni yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘.
Tirishqoqning labi yog‘liq, erinchog‘ning boshi qonliq. 
Qish qo‘niqi – o‘t
.
Qishning ziyofati – olov
[
dir
]
.
Yazmas atim – yag‘mir,
Yangilmas bilga – yangqu
.
Xato qilmaydigan mergan – yomg‘ir,
Yanglishmaydigan dono – aks sado.
Ko‘b sukutga qush qo‘nar,
Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar.
Shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi,
Yaxshi kishiga so‘z – maqtov keladi
.
Yig‘ach uchina yel tegir,
Ko‘rkluk kishiga so‘z kelir.
Daraxt uchiga shamol tegadi,
Yaxshi odamga so‘z yetadi.


67
Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur
.
Dovyurak 
[
alp
]
 odam mag‘rur bo‘ladi.
Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti.
Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi­yu, o‘tovini orqasiga yuklab 
oldi.
Ashuch aytur tubum altun,
Qamich aytur men qaydaman.
Qozon aytur: «Tubim oltin».
Cho‘mich aytur: «Men qaydaman?»
Ag‘ilda o‘g‘laq tug‘sa, ariqda o‘ti unar.
Og‘il 
[
molxona
]
da uloq tug‘ilsa, ariqda o‘ti chiqadi.
Tavg‘ach xanning to‘rqusi telim, tenglamazib bichmas.
Qoraxitoy xoqonining ipak gazmoli ko‘p, lekin o‘lchamay 
ke silmaydi. 
Alin arslan tutar, kuchin sichg‘an tutmas.
Hiyla­tadbir bilan arslonni tutish mumkin, 
[
ammo
]
 zo‘rlik 
bilan sichqonni ham tutib bo‘lmaydi.
Tag‘ig‘ uqruqin egmas, tengizni qayg‘iqin bukmas.
Tog‘ arqon bilan egilmaydi, dengiz qayiq bilan bekilmaydi.
Emgak ekinda qolmas.
Mehnat bekor ketmaydi
.
Kengashlik bilik uzlashur, kengashsiz bilik o‘prashur.
Maslahatli ish 
[
borgan sari
]
 yaxshilanib boradi, bemaslahat 
ish 
[
borgan sari
]
 buzilishga yuz tutadi.
Qush qanatin, er atin.
Qush qanoti bilan, er oti bilan.
O‘kuz azaqi bo‘lg‘incha, buzag‘u bashi bo‘lsa yik.
Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yax­
shiroq.


68
Sabanda sandrish bo‘lsa,
O‘rtugunda irtash bo‘lmas.
Yer haydash vaqtida puxtalik bo‘lsa,
Xirmonda anglashil 
movchilik bo‘lmaydi.
Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur.
Botir, mard kishining farzandi mag‘rur bo‘ladi.
Anuq o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas.
Mehmonga taom taqdim qilingach, ko‘rmadim demaydi.
Uma kelsa, qut kelar.
Mehmon kelsa, qut kelar.
Qiz kishi savi yo‘rig‘li bo‘lmas.
Baxil odamning ovozasi chiqmaydi, shuhratlanmaydi.
Sundilach ishi ermaz ortugun tepmak.
Xirmon yanchish sa’vaning ishi emas.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə