Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/60
tarix11.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148550
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Savol va topshiriqlar


5 3
!
Xudoyberdi
TO‘XTABOYEV
(1932-yilda tug‘ilgan)
Xudoyberdi To‘xtaboyev bugungi o‘zbek adabiyotining yetak-
chi vakillaridan biridir. U 1932-yil 17-dekabrda Farg‘ona vi-
loyatining Katta tagob qishlog‘ida tug‘ilgan. Otadan juda erta
yetim qolgan Xudoyberdi bobosi Erkaboy va buvisi Robiyabi-
bilarning tarbiyasida o‘sadi. 1949-yili Qo‘qon pedagogika bilim
yurtini, 1955-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy
universitet)ni bitirgan. So‘ng bir necha yil Farg‘ona viloyatining
Bag‘dod, O‘zbekiston tumanlaridagi maktablarda o‘qituvchi,
ilmiy bo‘lim mudiri, maktab direktori lavozimlarida ishlagan.
Bo‘lg‘usi adib 1958-yili Toshkentga keladi. 12 yil
davomida turli gazetalarda ishlaydi, hozirjavob, qala-
mi o‘tkir jurnalist sifatida elga taniladi. Jamiyatdagi
illatlarni fosh etuvchi 300 dan ortiq felyeton yozadi.
70-yillar boshida o‘z ijodiy faoliyatini bolalar hayotini keng
tasvirlagan asarlar yaratishga yo‘naltiradi. Yozuvchi o‘zining
tarjimayi holida bu qarorini shunday izohlaydi: «Ruhiy dunyosi
pok bo‘lgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bi-
lishga intiladigan, ruhi go‘zallikka talpinayotgan bolalar dunyo-
sida ishlasam qanday bo‘lar ekan deb o‘ylay boshladim va qaror
ham qabul qildim bolalar, o‘smirlar dunyosiga paqqos o‘tib
ketdim».


5 4
Darhaqiqat, adib, mana, necha yillardirki, yozuvchilik iste’-
dodini bolalar va o‘smirlarning ma’naviy tarbiyasiga bag‘ishlab
kelyapti. U ana shu maqsadda yoshlar nashriyoti, «Gulxan»,
«Yosh kuch» jurnallarida faoliyat ko‘rsatib, o‘zi e’tirof etgani-
dek, «...Bola va o‘smir ruhidagi go‘zallikni himoyalashga e’ti-
bor» berib kelyapti. Yozuvchi tinimsiz mehnati, izlanishlari,
bolalarga cheksiz mehr-muhabbati tufayli o‘zbek bolalar adabiyo-
tining zabardast namoyandasiga aylandi. Adib qalamiga mansub
«Omonboy va Davronboy sarguzashti» qissasi (1974-yil), «Sariq
devni minib» (1968-yil), «Sariq devning o‘limi» (1973-yil),
«Besh bolali yigitcha» (1976-yil), «Qasoskorning oltin boshi»
(1981-yil), «Yillar va yo‘llar» (1983-yil), «Shirin qovunlar mam-
lakati» (1986-yil), «Mungli ko‘zlar» (1988-yil), «Jannati odam-
lar» (1996-yil), «Qiz bolaga tosh otmang» (2003-yil), «Qiz
talashgan o‘smirlar» (2010-yil), «Quyonlar saltanati» (2013-yil)
kabi romanlari, «Yangi ohangda kuylayotgan viloyat» (2013-yil,
hujjatli qissa), «Tagob qishloq ertaklari» (2016-yil), «Qaylarda
qolding, bolaligim» (2016-yil) singari asarlari ana shu xayrli
faoliyat mevalaridir.
Xudoyberdi To‘xtaboyev yurtimizda tashkil etilgan «Oltin
meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi sifatida ham uzoq
yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan (1980–1998-yillar).
Adibning «Sariq devni minib» va uning mantiqiy davomi
bo‘lgan «Sariq devning o‘limi» romanlari nafaqat o‘zbek ada-
biyoti, balki jahon adabiyoti ko‘lamida ham bolalar uchun yara-
tilgan sarguzasht asarlarning eng yaxshi namunasiga aylandi. Bu
romanlarda 6-sinf o‘quvchisi Hoshimjonning ajoyib sarguzasht-
lari, uning sehrli qalpoqcha yordamida erishgan qahramonliklari
qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjon tashlandiq bir uydan
oq jundan yasalgan sehrli qalpoqchani topib oladi. Uning seh-
rini avval uyidagilar bilan sinab ko‘radi. Qalpoqchaning sehrli
kuchiga to‘la amin bo‘lgach, uni dastlab qishlog‘idagi folbin
xolaning yolg‘onchiligini fosh qilishga qaratadi. Oyisiga qo‘shi-
lib firibgarlik qilayotgan sinfdoshi Mirobiddinxo‘jani tavbasiga


5 5
!
tayantiradi, folbin xola xaltachalaridagi dorilarni almashtirib
qo‘yib mijozlarni undan bezdiradi. Sehrli qalpoqcha ishlaridan
ruhlangan Hoshimjon uni o‘zi o‘qiydigan maktabida ham sinay
boshlaydi. Qalpoqchani kiyib olib, o‘qituvchilar konspektlaridan
yozma ishlarni ko‘chiradi, natijada baholari, o‘zlashtirishi
yaxshilana boshlaydi, biroq shoshqaloqligi tufayli o‘zi ham
pand yeydi. O‘qituvchilar uni koyib, tartibga chaqiradilar. Bi-
limsiz, yaxshi baholarga o‘qimay turib biror-bir kasb egasi bo‘-
lish mumkin emas deb uqtiradilar.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə