Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/60
tarix11.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148550
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Savol va topshiriqlar


9 8
!
O‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy uyg‘onish davri ma’ri-
fatparvarligi o‘rtasidagi o‘ziga xos mustahkam ko‘prik va-
zifasini o‘tagan davr adabiyotining zabardast vakillaridan biri
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiydir.
Shoir ijodini o‘rganish uning hayotlik chog‘idanoq boshlan-
gan. Muqimiy vafotidan keyin shoirning devoni ilk bor «De-
voni Muqimiy» (1907-yil) nomi bilan nashr etildi. Unda
she’riy namunalar qatori hassos shoirning qisqacha tarjimayi
holi va ijodi haqida ma’lumot ham beriladi. 1910-yilda shoir-
ning hajviy she’rlari «Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan nashr
etildi, 1912-yilda esa Muqimiyning yana bir she’riy to‘plami
chop qilindi.
Shoir ijodini jiddiy va samarali o‘rganish o‘tgan
asrning 30-yillarida boshlandi. Bu davrda Muqimiy
asarlarini to‘plash, o‘rganish, nashr etish qizg‘in olib
borildi. Gazeta va jurnallarda qator maqolalar e’lon
qilindi. Bu xayrli ishning boshida otaxon shoirimiz
G‘afur G‘ulom turdi.
Muhammad Aminxo

ja
MUQIMIY
(1850–1903)
KECHAGI KUN SABOQLARI


9 9
Bu jihatdan G‘. G‘ulom tomonidan tuzilib, «Muqimiy ba-
yozi» deb nomlangan to‘plam katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1950-yilda Moskvada Muqimiyning «Lirika i satira» (Lirika va
satira) nomli ikkinchi to‘plami rus tilida nashr etildi.
1953-yil Muqimiy ijodini o‘rganish tarixida yangi davr
bo‘ldi. Shu yili vafotining 50 yilligi munosabati bilan Muqimiy
hayoti va ijodiga oid maxsus kitoblar chiqarildi, shoirning
tanlangan asarlari o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.
H. Yoqubov, A. Olimjonov, H. Zaripov, H. Razzoqov, G‘. Kari-
mov kabi olimlar hassos shoir haqida kitoblar yozdilar, ilmiy
tadqiqot ishlariga rahbarlik qildilar.
1850-yilda Qo‘qonning Bekvachcha mahallasida istiqomat
qiluvchi novvoy Mirzaxo‘ja oilasida o‘g‘il farzand dunyoga
keldi. Bolaga Muhammad Aminxo‘ja deb nom berdilar. Oradan
yillar o‘tib u elga Muqimiy taxallusi bilan taniladi.
Dastlabki tahsilni mahalla maktabida olgan Muqimiy
yoshligidan she’riyatga, badiiy ijodga alohida qobiliyat namo-
yon eta boshladi. Bunda onasi, ta’bi nozik va so‘zga oshno ayol
Oyshabibining xizmatlari katta. Aynan u aytib bergan ko‘plab
ertak, doston va qo‘shiqlar ta’sirida bo‘lajak shoirning qalbida
so‘zga mehr paydo bo‘lgan edi.
Muqimiy maktab tahsilidan so‘ng Qo‘qondagi «Hokim oyim»
madrasasida, 1872–1873-yillarda esa Buxoroga borib, u yerdagi
«Mehtar anbar» madrasasida o‘qishni davom ettiradi. 1876-yilda
Qo‘qonga qaytadi va uylanadi. Xuddi shu davrdan boshlab yer
qurilishi mahkamasida mirzalik qiladi, so‘ngra Sirdaryo yoqa-
sidagi Oqjarda parom pattachisi bo‘lib faoliyat yuritadi.
Oradan ma’lum vaqt o‘tib Muqimiy bu vazifani topshiradi va
Qo‘qonga qaytadi. Moddiy qiyinchiliklar tufayli turmush o‘rto-
g‘i yakka-yu yagona o‘g‘lini onasiga tashlab boshqa kishi bilan
turmush qurib ketadi. Bundan tushkunlikka tushgan shoir ota
uyini tark etib mahalladagi Hazrat madrasasidan bir hujra olib,
o‘sha yerda yashay boshlaydi.
Yolg‘izlik va xonanishinlikda o‘tayotgan hayotiga shoir muto-
laa, ijod bilan mazmun kiritadi. Muqimiy juda mohir xattot edi.


1 0 0
!
Zamonasining eng yetuk husnixat sohibi Muhammad Yusuf
Xattotdan tahsil olib mahoratini kamolga yetkazgan xushxat
shoirning xizmatidan foydalanishga talabgorlar orta boradi, bu
kasb uning uchun asosiy tirikchilik manbai bo‘lib qoladi.
Muqimiy ijodining dastlabki yillari qisman shaklbozlik un-
surlari ko‘zga tashlansa-da, yillar o‘tib uning shoirlik mahorati
rivojlanadi, o‘tkir hajvlari, badiiy yuksak g‘azallari elga mash-
hur bo‘ladi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə