Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/60
tarix11.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148550
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Savol va topshiriqlar


1 3 5
!
Erkin VOHIDOV
(1936–2016)
1936-yilning 28-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq
tumanida muallim oilasida tavallud topgan Erkin Vohidovning
bolaligi ancha sertashvish va qayg‘uli kechdi. O‘n yoshga yetar-
yetmas ham ota, ham onadan ayrilib yetim qolgach, uni Tosh-
kentda istiqomat qiluvchi tog‘asi o‘z qaramog‘iga oldi. Shu
bahona Erkin Vohidov poytaxtga keladi va shu yerdagi mak-
tabda tahsil ola boshlaydi. Kitobga, adabiyotga muhabbat yosh
Erkinda ancha erta namoyon bo‘la boshladi. U shoir G‘ayratiy
tomonidan o‘quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‘ga-
rakda ijod sirlarini o‘rganishga kirishdi. Bu ilk ijodiy maktab
uning iste'dodini charxladi, she’riyatga havasini yanada alan-
galatib yubordi. Hali o‘smir chog‘laridayoq yozgan she’rlari
ustozlari tomonidan yuqori baholandi.
O‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan Erkin Vohidov
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy univer-
siteti)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi, aynan shu
ilm dargohida adabiyotga yanada yaqinlashdi, o‘zining ijodi
ham takomillashib bordi. Oliy ta’lim undagi adabiy bilimlarni
chuqurlashtirish bilan birga ijodiy salohiyatini ham kamolga
yetkazdi.
Buyuk ijodkorlarning asarlarini berilib o‘qish ulardan
badiiy mahorat sirlarini, so‘zga mas’uliyat hissini, sod-
dalik va ravonlikni o‘zlashtirishida muhim omil bo‘ldi.


1 3 6
!
Shuning uchun ham uning «Tong lavhasi», «Kamtarlik
haqida», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator
she’rlaridagi chuqur ma’no go‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan
uyg‘unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina
holatdan – choy quyilayotganda choynakning piyolaga
«egilishi», choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan
«o‘pishi»dan ajoyib she’r yaratadi:
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan.
Universitetni tugatgach Erkin Vohidov «Yosh gvardiya»
nashriyotida, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nash-
riyotida muharrir, bosh muharrir, direktor, «Yoshlik» jurnalida
bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritdi. Ko‘plab sara,
sifatli asarlarning nashr etilishiga hissa qo‘shdi. Ayni paytda
o‘zi ham «Nido», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh mas-
kani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.
Shoir ijodini uning tarjimonlik faoliyatisiz tasavvur etish
qiyin. U ko‘plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‘zbek
tiliga mahorat bilan o‘girgan.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə