Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65


xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/60
tarix11.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148550
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham
farz».
1
Bo‘lajak yozuvchi ham o‘n yashar chog‘larida otasining qo‘r-
quv va xavotir ichida yurgan kunlari guvohi bo‘lgan. Otasi
sho‘ro idoralarida katta-katta lavozimlarda ishlagan, buvalari
Yoqubshayx so‘filik qilgani uchun o‘g‘li urilib tuman moliya
bo‘limiga kichik bir vazifaga tushirib qo‘yilgan. Qatag‘on siyo-
sati avjiga chiqayotgan pallalar. Barcha tahlikada, bir-biridan
gumonsiragan davrlar. Ana shunday kunlarning birida ota hibsga
olinadi. Yozuvchi mazkur manzarani tasvirlar ekan, bir tomonda
dahshatdan haykalday qotib qolgan otasi, dod-faryod solib yig‘-
layotgan opasi, burchakka tiqilishib qo‘rquvdan bir-birining pin-
jiga kirib olgan ukalari holatini ko‘rsatib, qatag‘on davrining
naqadar qo‘rqinchli bir hodisa ekanini o‘quvchi tasavvurida
akslantiradi.
Hikoyada yozuvchi go‘yo yaqin do‘st, qo‘shni bo‘lgan kishi-
larning dushmanga aylanishi, yaxshilik kutmagan odamlardan
insoniy, samimiy munosabat ko‘rganlarini tasvirlab, qaltis, si-
novli holatlarda kishilarning asl mohiyati namoyon bo‘lishini,
kishining sirtiga qarab emas, qilgan ishi, og‘ir vaziyatlarda
o‘zini qanday tuta olganiga qarab baho berish lozimligini uqti-
radi. Bu fikrlar xushsurat yigitcha – shahar komsomol qo‘mitasi
kotibining yozuvchi otasiga qamalgunicha xushomad qilib yurib,
musibatdan so‘ng yovga aylanib, hatto, bolani tahqirlashi,
«Qashqirdan tug‘ilgan qashqircha» deb haqoratlashi parchasida
yaqqol aks etadi. Davr shunday yovuz ediki, hatto, bolani otaga
dushman qilib qo‘yar edi. Sho‘ro zamonida o‘z otasini dushman
sanab, qizil askarlarga tutib bergan Pavlik Morozov degan bola
1
Islom Karimov.
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat»,
2008. 98-b.


1 3 4
qahramonga aylantirilib, barcha maktab o‘quvchilariga ibrat
qilib ko‘rsatilardi. Ana shunday targ‘ibot-tashviqotlar ta’sirida
asl voqelikni tushunmay yurgan hikoya qahramoni tintuv chog‘i
o‘z uyida kitob javoni qulfini ochib berib, o‘zini Pavlik Moro-
zov deb maqtaganlaridan g‘ururlanadi. «Xalq dushmanlari»
sifatida qancha-qancha begunoh yurtdoshlarini abgor qiladigan
mitinglarga chorlovchi nog‘ora gumburi-yu, karnay-surnay sa-
dolariga mahliyo bo‘lib, uni chalayotgan pionerlar ketidan erga-
shib boradi. Bu tasvirlar orqali yozuvchi inson ichki dunyosi-
ning naqadar murakkabligini, yolg‘on aqidalar, g‘oyalarga
ishontirilgan odam o‘z yaqinlarining dushmaniga aylanishi
mumkinligini ta’kidlaydi. Uni ma’naviy tanazzulga olib bora-
digan holatlarni ko‘rsatib beradi. Ayni chog‘da o‘g‘liga muzqay-
moq olib berolmay armonda qolgan otaning haqsizlik, tuhmatlar
tufayli naqadar ojiz, g‘arib bir ahvolga tushishi, adolatsizlik
hukm surgan jamiyatning qanchalar insonlar qalbini zada qilga-
nini tasvirlash orqali yozuvchi mustaqillikning qadriga yetish,
o‘shanday yovuzliklar bo‘lmasligi uchun kurashish, mehr-oqibat,
adolat g‘oyalari barqaror bo‘lishiga erishish fikrini ilgari suradi.
O‘quvchilarni bu borada ibratli xulosalar chiqarishga undaydi.
1. Yozuvchi Odil Yoqubovning hayoti va ijodini gapirib bering.
2. Odil Yoqubovning asarlaridan qaysilarini bilasiz?
3. Adibning qanday romanlari bor?
4. «Qatag‘on davri» qurbonlari bo‘lgan qaysi ijodkorlarni bilasiz?
5. «Muzqaymoq» hikoyasida qaysi davr voqealari aks etgan?
6. Hibsga olingan otaning holatini so‘zlab bering.
7. Yosh qo‘shni yigit – kotibning xatti-harakatini qanday izohlash
mumkin?
8. Nog‘ora sadolari ostida o‘tadigan mitinglardan maqsad nima?
9. Hikoya qahramoni nima uchun maqtov eshitadi?
10. Hikoyadan o‘zingiz uchun qanday xulosalar chiqardingiz?
11. Mustaqillik tufayli yurtimizda qatag‘on qurbonlarini yod etish
borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə