Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/60
tarix11.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148550
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Savol va topshiriqlar


8 2
!
Siz aka-uka Grimmlar, Sharl Perro, Hans Kristian Andersen
hamda boshqa adiblar qalamiga mansub ertaklar va bu asarlar
asosida yaratilgan kino va sahna asarlari bilan tanishsiz.
Esingizda bo‘lsa, 5-sinfda Hans Kristian Andersenning «Bulbul»
nomli ertagini o‘rgangansiz.
Bilasizki, ertaklarda afsonaviy, o‘ylab topilgan
voqealar tasvirlanadi. Biroq ular zamirida kishini
ezgulikka, xayrli ishlarga undovchi, insonni ma’na-
viy jihatdan go‘zallashtiradigan sehrli bir kuch
mavjud. Kattalarning ham, kichiklarning ham er-
taklarni birdek yaxshi ko‘rishi shundan bo‘lsa,
ajab emas.
Italiyalik ertakchi Janni Rodari yuqorida biz nomini tilga
olgan buyuk ijodkorlardan ancha keyin yashab o‘tgan bo‘lsa-da,
o‘zining mo‘jizali, o‘quvchini hayratga soluvchi ertaklari bilan
jahon bolalarining qalbini rom etgan adibdir.
Janni Rodari 1920-yilning 23-oktabrida Italiya shimolidagi
Omenya shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi. Jannining
bolalik yillari mashaqqatli kechdi. Uning otasi Juzeppe Ro-
Janni RODARI
(1920–1980)


8 3
darining kasbi novvoy bo‘lib, Jannining bolaligi, adibning o‘zi
ta’kidlaganidek, «olov jizillab turadigan tandir yonida, un va
ko‘mir solingan qoplar orasida» kechdi. Jannining otasi nisbatan
erta vafot etadi. Tirikchilik og‘irlashgach, ularning oilasi boshqa
shaharga ko‘chib ketadi. Janni bolaligida qo‘g‘irchoq yasovchi
usta yoki rassom bo‘lishni va boshqa qiziqarli kasblarni egal-
lashni orzu qilgan edi. Biroq kambag‘allik tufayli o‘zi orzu
qilmagan diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi.
Chunki bu yerda o‘quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin
berilar edi. Shunday bo‘lsa-da, Rodari bu maktabda ikki yildan
ortiq o‘qiy olmaydi.
Yosh Janni universitetga o‘qishga kiradi. Ayni vaqtda bosh-
lang‘ich maktabda o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi. Maktabdagi
o‘quv jarayoni, bolalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lish,
ularning fe’l-atvori, qiliqlari, qiziqishlarini chuqur o‘rganish
Rodarining bolalar yozuvchisi sifatida shakllanishida jiddiy
omil bo‘ldi deya olamiz. Yosh o‘qituvchi Janni Rodari o‘quv-
chilari bilan uzoq suhbat qurar, ularning ba’zan javob berish
mushkul bo‘lgan xilma-xil savollaridan zavqlanar, bu savollarga
javob berish uchun turli xil voqealarni hikoya qilib berardi.
J. Rodari bu jarayonda o‘zi ham bilmagan holda kichik ertaklar
to‘qir, ularni yosh do‘stlariga aytib berar edi. Keyinchalik u
o‘zi to‘qigan ertaklarni qog‘ozga tushira boshlaydi. Ana shu
tarzda yozuvchining ilk to‘plami – «Quvnoq she’rlar kitobi»
yuzaga keladi. Shundan keyin u Italiyada va boshqa mamla-
katlarda mohir ertakchi adib sifatida taniladi. Yozuvchining
«Chippolinoning sarguzashtlari», «Telefonda aytilgan ertaklar»,
«Jelsamino yolg‘onchilar mamlakatida», «Osmondagi tort»,
«Televizorga kirib qolgan Jip», «Rim ertaklari», «Uchtadan
oxiri bor ertaklar» kabi mutoyibaga boy, ta’sirchan hikoyalar
turkumi maydonga keldi. Bu asarlarning ko‘pchiligi o‘zbek tili-
da ham nashr etilgan.


8 4

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə