Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi haqida mavjud ma’lumotlarni aytib 
bering.
2. «Qutadg‘u bilig»ning yozilish tarixi, sabablari, unga asos bo‘lgan haqiqiy 
omillar haqida so‘zlang.
3. Dostonning nusxalari, ularning topilish tarixi va qayerda saqlanayotgani 
haqida nimalarni bilasiz?
4. Asarning vazni, nomlari, bundagi an’anaviylik, o‘z zamonasidagi shuhrati 
to‘g‘risida 

kr yuriting.
5. Dostondagi asosiy qahramonlar, ularning ramziy ma’nolari, ularga 
yuklatilgan badiiy vazifalarni izohlang.
6. «Qutadg‘u bilig»ning mavzu yo‘nalishiga ko‘ra tipi, ichki tuzilishini tahlil 
eting.
7. Beklik shart va talablari bayon qilingan bobning asardagi o‘rni, hozirgi 
paytdagi ahamiyatini izohlang.
8. Bu bobda aynan qanday ma’naviy fazilatlar ulug‘lanib, aynan qanday illatlar 
qoralanganini misollar asosida tushuntirib bering.
9. Dostonning tili, qo

ya va radif qo‘llashdagi o‘ziga xosliklari, shoirning 
badiiy mahorati xususida 

kr yuriting.
10. Bobdagi hikmatli so‘z kabi jaranglaydigan baytlarni ko‘chirib olib, yodlang.
Nazariy ma’lumot
DIDAKTIK ADABIYOT HAQIDA TUSHUNCHA
«Didaktika»
yunoncha 
«didakticos»
, ya’ni 
«ibratli»
degan 
so‘zdan olingan. Demak, 
«didaktik adabiyot»
deganda nasi-
hat, o‘git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharqda ham, 
G‘arbda ham bo‘lgan. Sharq so‘z san’atida pand-nasihat ruhi 


72
ustunroq, ochig‘i, u shunisi bilan G‘arb adabiyotidan farq qiladi 
ham. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko‘proq nasi-
hat yo‘li bilan, G‘arb esa hayotni real ko‘rsatish orqali kishini 
tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o‘tgan edi.
Og‘zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy merosi pand-hik-
matga o‘ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb 
bilishadi. Bizda she’riyatning bu darajada ravnaq topib, xalq 
orasida katta mavqe egallashiga sabab bo‘lgan omillardan biri 
ham – shu. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri 
Abdulla Oripov: 
«Sharqqa she’riyatni o‘rgatib bo‘lmaydi», 
– 
deganida ham aynan shu jihatlarni ko‘zda tutgan.
Shunga qaramay, 
Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz ada-
biyotini, tamoman pand-nasihat ruhidagi asarlardan iborat,
deb 
tushunish – mutlaqo xato. Sharqda maxsus didaktik adabiyot 
yuzaga kelgan. Uni, adabiy shakliga ko‘ra, quyidagicha nisbiy 
tasnif qilish mumkin:
1. 
Nasriy didaktik asarlar.
Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mash-
hur «Panchatantra», ya’ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi 
bilan mashhur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga kela-
di. Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta’siri 
bor. Bu kitob asrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qi-
lingan. Arab ertaklari asosida shakllangan «Ming bir kecha»da 
ham mohiyatan didaktik ruh juda ustun turadi. Keyinchalik 
Kaykovusning mashhur «Qobusnoma»si yozildi.
XVI asr o‘zbek adibi Xoja (Podshoxoja binni Abdulvah-
hobxoja)ning «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») 
asarlari ham sof nasriy yo‘lda bitilgan didaktik adabiyot namu-
nalari hisoblanadi.
2. 
Nasriy-she’riy didaktik asarlar.
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning bag‘oyat mashhur 
«Guliston» asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, 
ham she’riy, ya’ni aralash yo‘lda bitilgan.
Alisher Navoiy ham pandnoma ruhidagi «Mahbub ul-qulub» 
asarini aynan nasriy-she’riy shaklni o‘zaro omixta qilib yozdi.
Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar mi-
solida bitilgan bo‘lsa ham, Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham 


73
didaktik adabiyotning ana shunday nasriy-she’riy, ya’ni aralash 
turiga kiradi.
3. 
She’riy didaktik asarlar.
Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik 
she’riyat ham shakllangan. Aytaylik, o‘zbek mumtoz she’riyatida 
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiy-
ning Nizomiy Ganjaviy «Maxzan ul-asror»ini erkin tarjima 
qilish asnosida bitgan «Gulshan ul-asror», Alisher Navoiyning 
«Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan «Hayrat ul-abror» 
dostonlari aynan o‘zbek didaktik she’riyatining yorqin namuna-
lari hisoblanadi.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida axloqiy-
ma’ naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlil-
xulosalar orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtayi nazarini ni-
hoyatda tiniqlashtirib ifodalash imkonini beradi, shu tariqa uning 
aynan qanday g‘oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ik-
kinchidan, bu ta’sirchanlikni sezilarli darajada oshiradi, uchinchi-
dan, ko‘tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o‘z ahami-
yati, ya’ni dolzarbligini aslo yo‘qotmaganidan dalolat beradi.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asar-
lar yaratilib turadi. Masalan, O‘zbekiston xalq shoiri Shukurullo 
qalamiga mansub «Javohirlar sandig‘i» aynan shunday asarlar 
sirasiga kiradi. U nasriy yo‘l bilan bitilgan.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə