Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi va mavzusi haqida ma’lumot bering.
2. Asar vazni, qo

yasi va radi

ni tahlil qiling.


79
3. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
4. Ikkinchi baytda 
«oh»
va 
«Moh»
so‘zlari o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, 
to‘rtinchi baytdagi 
«nazar»
so‘zining g‘azal qo

yasiga olingan so‘zlar bilan 
ohangdoshligi qay darajada ahamiyatga ega ekanini tushuntiring.
5. Beshinchi baytdagi Yoqub timsoli bilan bog‘liq talmihni izohlang.
6. Maqta’da Lut

yning yuzi oltinni yashirgani zamirida qanday ma’no ko‘zda 
tutilgan?
7. G‘azalni yodlang.
«BU KO‘NGULDUR, BU KO‘NGUL» RADIFLI G‘AZAL
Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul, 
Xor-u rasvo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
O‘qdayin qomatimizni qora qoshlig‘lar uchun 
Muttasil yo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
Meni yozg‘urma «sevar» debki, mening haddim emas, 
Ul tamanno qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
«Borma», derlar, «eshiki sori damo-dam», netayin, 
Ko‘p taqozo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
Tori mo‘yin havasi birla qorong‘u kechada
Jonni savdo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
Dushman-u do‘st orasinda men g‘o

lni mudom, 
Besar-u po qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
O‘zgadin ko‘rmaki ko‘zung yoshini, ey Lut

y, 
Ayni daryo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul.
G‘azal an’anaviy ishqiy mavzuda bitilgan. U yetti bayt-
dan iborat. Vazni – ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur), 
ya’ni 
foilotun – foilotun – foilotun – foilun
(yoki 
foilon
). 
Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – – / – V – (yoki
– V ~ ).
Bu asarida shoir endi besh so‘zdan iborat radif qo‘lla-
gan 
(«qi-ladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul»)
. G‘azal 


80
radi

dagi barcha so‘zlar – turkiy 
(«qiladurg‘on bu ko‘n-
guldur, 
bu 
ko‘ngul»)

Qo

yasi 
– 
arabiy-forsiy 
kalimalar-
dan 
(«shaydo – rasvo – yo – tamanno – taqozo – 
savdo – po – daryo») 
tashkil topgan.
Ko‘ngil mumtoz she’riyatimizning asosiy tasvir manbayi 
hisoblanadi. Chunki, tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Alloh kishi-
ning ko‘nglidagina aks etadi. Ishq ham – ko‘ngul ishi. 
Lirik qahramon ishq bobida barcha «ayb»ni ko‘ngliga 
qo‘ymoqchi: uni shaydo, xor-u rasvo (matla’), qora qoshliklar 
uchun o‘qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan (ikkinchi 
bayt) ham – shu. 
Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham – ko‘ngul 
(uchinchi bayt), deydi lirik qahramon. U mulohazalarini davom 
ettiraveradi: 
eshigiga tez-tez boraverma, deyishadi, lekin ko‘ngul 
shuni istasa 
(taqozo etsa), 
nima qilay 
(to‘rtinchi bayt)?
Qorong‘i kechada sochining tolasiga jonni savdo qiladigan 
ham
(beshinchi bayt), 
do‘st-u dushman ichida men g‘o

 l ban-
dani qo‘lsiz-oyoqsiz qilib qo‘yadigan ham
(oltinchi bayt) – 
shu
.
Maqta’da lirik qahramon Lut

yga murojaat etib
bu ishni 
bosh qadan ko‘rma, ko‘z yoshlaringni daryodek to‘kayotgan ham 
aynan «bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul»,
deydi.
Bu g‘azal hozirgacha xonandalarimiz tomonidan sevib kuyla-
nadi. Oradan to‘rt yuz yil o‘tib, XIX asrning birinchi yarmida 
Nodira Lut

yning shu g‘azaliga o‘xshatma yozdi.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə