Adabiyot 8 (1-qism) new indd


G‘AZALLAR «XOH INON, XOH INONMA» RADIFLI G‘AZAL



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

G‘AZALLAR
«XOH INON, XOH INONMA» RADIFLI G‘AZAL
Sensen sevarim, xoh inon,
xoh inonma, 
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey Moh, 
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
Haqqoki, qilich kelsa boshimg‘a, eshikingdin 
Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam, 
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.
Yoqub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz 
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla
Yo‘qtur nazarim, xoh inon, xoh inonma.
Ishq o‘tida Lut

y yuzi oltunni yoshurdi, 
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
Bu g‘azal tamoman turkona ruhda bitilgan. Tilimizda kelib 
chiqishi jihatidan sof o‘zbekcha bo‘lgan so‘zlardan tashqari, fors-
tojikcha hamda arabcha kalimalar ham ko‘p uchraydi. 
«Turkona» 
degani shuki, she’rda o‘zbekcha so‘z va iboralar qo‘llash asosiy 
o‘rin tutadi. 
G‘azal an’anaviy yetti baytdan iborat. U aruzning nisbatan 
murakkab turlaridan biri bo‘lmish hazaji musammani axrabi 
makfu

mahzuf (yoki maqsur), ya’ni 
maf’uv lu – mafoiylu – 
mafoiylu – faulun
(yoki 
mafoiyl
) vaznida bitilgan. Taqte’si: – 
– V / V – – V / V – – V / V – – (yoki V – ~). 
G‘azalda ishq mavzusi qalamga olingan. Lirik qahramon 
oshiq nomidan so‘zlaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’shuqaga muro-
jaat qiladi. Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko‘zda tutilgani-
ni unutmaslik kerak.


77
Qo

yasi 
(«sevarim – jigarim – saharim – guzarim – xaba-
rim – basarim – nazarim – siymbarim») 
va radi

(«xoh inon, 
xoh inonma») 
– juda jarangdor. Asar qurilishida ularning alo-
hida o‘rni bor. Xususan, radifning to‘rt so‘zdan tashkil top-
gani, amalda sakkiz misrada ularning qaytarilishi ohang ustu-
vorligini kuchaytirgan. Radifning o‘zida tazod bor: 
«xoh inon» 
bilan 
«xoh inonma»
o‘rtasidagi o‘zaro zidlik asarga alohida ba-
diiy joziba baxsh etgan.
«Inonma»
– hozirgi tilimizda mavjud 
«ishonma»
so‘zining 
XV asrdagi shakli. Mamlakatimizning ayrim hududlarida (masa-
lan, Buxoro viloyatida), shuningdek, Afg‘onistondagi o‘zbek 
shevalarining ba’zilarida hozir ham 
«ishonma»
o‘rniga 
«inon-
ma»
shakli ishlatiladi.
G‘azalning tili – sodda, ravon. Murakkab, falsa

y-tasavvu


so‘z va timsollar uchramaydi hisob. Shuning uchun g‘azal maz-
muni – bugungi o‘quvchi uchun ham tushunarli. Baytlar yengil 
kay

yat, ayricha bir ishqiy zavq bilan o‘qiladi. Hozirgacha 
ho

zlarimiz bu g‘azalni qo‘shiq qilib kuylayotgani ham shun-
dan bo‘lsa kerak. Bu g‘azal ham mumtoz yo‘lda, ham zamo-
naviy estrada usulida ashula qilingan.
Matla’da, radif 
(«xoh inon, xoh inonma»)
dan tashqari, 
to‘rttagina 
(«sensen», «sevarim», «qondur» 
va
«jigarim»)
so‘z 
ishtirok etgan. Bu birinchi bayt amalda yorga oshiqlikni ang-
latadi, xolos. Lekin qo‘shmisra mazmunidan uning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yorga murojaat ekani bilinib turibdi.
Ikkinchi baytda ustalik bilan oshiqning hijron (ayriliq) ke-
chasida sahargacha oh chekkani, bu charxi falakka yetgani ayti-
ladi. Birinchi misra oxiridagi 
«Moh»
so‘zi bilan ikkinchi misra 
boshidagi 
«oh» 
o‘zaro ohangdoshlik paydo qilganki, bu ham 
shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi.
Uchinchi bayt alohida izoh talab qiladi. Buning uchun 
«guzar»
so‘zining ayni matndagi xos ma’nosini tushunib 
olish kerak. Agar bu so‘zni 
«o‘tish»
deb anglasak: 
«Xoh ishon, 
xoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging 
oldidan o‘tmayman»,
– degan g‘azaldagi umumiy mantiqqa zid 
ma’no-mazmun kelib chiqadi. Shuning uchun bu so‘zni 
«ketish» 
ma’nosida tushunish lozim. Shunda: 
«Xoh ishon, xoh ishonma, 


78
Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan nari 
ketmayman»,
– degan to‘g‘ri ma’no anglashiladi.
Xuddi ikkinchi baytdagi kabi, to‘rtinchi qo‘shmisra birinchi 
satrida 
«nazar»
so‘zi ham bekorga qo‘llanmagan: uning g‘azal 
qo

yasidagi so‘zlarga (ular orasida 
«nazarim»
ham uchraydi) 
hamohangligi bor.
Beshinchi baytda talmih san’ati ishlatilgan. Talmih san’ati 
deganda asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud af-
sonaviy qahramon nomini tilga olish tushuniladi. Dinimiz tari-
xidan yaxshi bilamizki, Yusuf degan o‘g‘lidan ayrilgani uchun 
yig‘layverganidan Yoqub payg‘ambarning oxiri ko‘zlari butkul 
ko‘r bo‘lib qoladi. Bu mumtoz she’riyatimizda ko‘p bor tilga 
olinadigan, ishora qilinadigan voqealardan biri hisoblanadi. Lirik 
qahramon yori ishqida yig‘layverib, ko‘zdan qolganini aytish 
uchun shu talmihdan foydalanadi.
Oltinchi baytda shoir yorni 
«Oy yuzli»
deb ta’ri

agani uchun 
ham shunga mutanosib ravishda maqta’da uni 
«siymbarim»
dey-
di. Oyning oqligi bilan siym, ya’ni kumushning oqligi o‘rtasida 
vobastalik bor. Bu ikki qo‘shmisra aro yana bir mutanosiblikni 
sezmaslik mumkin emas. Oltinchi baytda yor yuzi tilga olingan 
edi. Maqta’da lirik qahramon g‘azaldagi maqsad-muddaosidan 
kelib chiqib, o‘z yuzi haqida ham unga eslatib qo‘yishni unut-
maydi: Lut

yning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan 
sarg‘ayib ketib, oltinni yashiradigan daraja ga yetdi, ya’ni shun-
chalik sarg‘aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa 
bo‘lmay qoldi!
Lut

y g‘azallari bunday go‘zal badiiy topilmalarga boyligi 
bilan ajralib turadi.
Adabiyotimizda mashhur g‘azallarga naziralar bitish, ya’ni 
uning qo

ya va radi

dan foydalanib, o‘xshatmalar yozish 
an’anasi shakllangan. Lut

yning bu g‘azali ta’sirida Boborahim 
Mashrab (1640 – 1711) ham bir g‘azal yaratgan.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə