Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. Yozma adabiyotning xalq og‘zaki ijodi bilan vobastaligi haqida nimalarni 
bilasiz?
2. G‘azal mavzusi, vazni, qo

yasini tahlil qiling.
3. Matla’dagi tasvir go‘zalligi va so‘z nazokati haqida gapirib bering.
4. Baytlar mazmuni va ulardagi xalq maqollarini birma-bir sharhlang.
5. G‘azaldagi o‘zbek xalq maqollarini daftaringizga yozib oling, ularning 
hozirgi tilimizda mavjud yoki mavjud emasligini, o‘zgargan bo‘lsa, hozirgi shaklini 
aniqlang.


83
MUSTAQIL O‘QISH UCHUN 
G‘AZALLAR
«BU KECHAR JAHONDA, SOQIY, CHU EMAS VAFO NISHONI…» 
G‘AZALI
Bu kechar jahonda, soqiy, chu emas vafo nishoni, 
Bari aysh birla kechsa kerak ushbu umri foniy.
Qadahe keturki, sendek Xizr-u Masih elindin
Kishiga mayi muravvaq
1
erur obi zindagoniy.
Mayi la’li javharedurki, qilur nashot g‘amni,
G‘am ila kechurma umrung, topilur chu shodmoniy.
Manga bexabarlig‘imdin ne g‘ami hisob bo‘lg‘ay, 
Chu boshimda bo‘lg‘ay ul kun bu sharobi arg‘uvoniy.
Qaridi g‘amingda Lut

y, kel agar vafo qilursen, – 
Ki kishiga qolmas oxir bu latofati javoniy.
«HOLIYOKIM, DAVRI ISHRATTUR ILIKTIN JOMNI…» G‘AZALI
Holiyokim, davri ishrattur iliktin jomni 
Solmag‘ilkim, ko‘rdum asru bevafo ayyomni.
Husn davroni g‘animattur, yigitlik bot kechar
Yaxshiliqtin banda qilg‘il emdi xos-u omni.
Bodaningki, lazzatini bilgay erdi Xizr, agar 
Ichgay erdi obi hayvontek
2
mayi gulfomni
3
.
Gar so‘ngaktek bo‘lmag‘aylar ul og‘iz, ko‘z 

krida, –
Kim og‘izg‘a olg‘ay oxir pista-yu bodomni.
Chun sabo kelsa qilurmen gar o‘zumni kuch bila
Ikkilay chorlab degay to sendin ul dashnomni.
1
M u r a v v a q – tozalangan, sof.
2
O b i h a y v o n – abadiylik suvi, obi hayot.
3
M a y i g u l f o m – gul rangli (qizil) may.


84
Chun duo qildim raqibg‘a, berdi dashnom ul manga, 
Hayf emish ablahga qilmak izzat-u ikromni.
Kecha-kunduz chun tilarsen, Lut

y, ul dilbar yuzin, 
Zul

tek o‘t uzra qilg‘il doimo oromni.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə