Adabiyot 8 (1-qism) new indd


«HAQ UL KUNKIM, JAMOLING BOR ETIBDUR...»



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

«HAQ UL KUNKIM, JAMOLING BOR ETIBDUR...» 
G‘AZALI
Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur
Jahon husnin borin sizga beribdur.
Pari-yu odami mundoq xo‘b ermas, 
Farishta go‘yiyo ko‘ktin enibdur.
Quyosh Oydek yuzungning xijlatidin, 
Qochib, to‘rtinchi ko‘k uzra chiqibdur.
Yuzung nogah ko‘rib Oydek sog‘indim, 
Magar
1
hush-u xirad
2
mendin ketibdur?
Xirad ketmay netar mendek gadodin, 
Qoshimg‘a ul shahi xo‘bon kelibdur?
Qilur da’voyi nur ul sham’i majlis, 
Magar parvona shomimdin olibdur.
Necha bu Lut

(y) qulg‘a javr etarsen, 
Vafo qilkim, jafo haddin oshibdur!
«NE BO‘LURSAN» RADIFLI G‘AZAL
Ey odami(y)lar joni, parig‘a ne bo‘lursan? 
Bu jism ila gulbargi tariyg‘a ne bo‘lursan?
Sendin manga nazzora tegar ul daxi gah-goh
Sen charxi falakning qamarig‘a
3
ne bo‘lursan?
1
M a g a r – hozirgi tilimizdagi «-mi» so‘roq yuklamasiga to‘g‘ri keladi.
2
X i r a d – aql.
3
Q a m a r – Oy.


85
Raftor ila bir yo‘li muningdek dog‘i o‘xshash, 
Ey sarvi sihi, kabki dariyg‘a ne bo‘lursan?
Yusuf kebi shirindurur asru harakoting, 
Sen Misr nabot-u shakarig‘a ne bo‘lursan?
Sendek saname ko‘rman Lut

(y) chig‘atoyda, 
Chin so‘yla, Xito xo‘blarig‘a ne bo‘lursan?
«QILG‘ALI» RADIFLI G‘AZAL
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg‘ali,
Ko‘zgud
е
k qildi s
е
ni o‘zini paydo qilg‘ali.
Qosh-u ko‘zungdin qaro ko‘rguzdi bildirmay o‘zin,
Fitna
е
ul boshladi olamni yag‘mo qilg‘ali.
«Kof»u «nun» naqshi yo‘q erdi andakim ushshoq uchun,
Ishq ila husning birikti sho‘r-u g‘avg‘o qilg‘ali.
Gavhari yak
1
dona qildi zoti bahrinda s
е
ni,
Ahli dillar ko‘zini hasratta daryo qilg‘ali.
Og‘zing-u yuzung sabab bo‘ldi azal naqqoshina,
Olami g‘aybiy shahodatni huvaydo qilg‘ali.
Siz o‘tarsiz Oyd
е
k ko‘z tungluki yonida ruh, –
O‘lturur har go‘shadin sizni tamosho qilg‘ali.
Gar qaro qayg‘u nasibim bo‘lmasa yuz soridin,
M
е
n kim erdim jon bila zulfungni savdo qilg‘ali.
S
е
nsiz emgakdin manga bo‘ldi o‘lum jon rohati,
Qaydadur, yo Rab, ajal, borsam taqozo qilg‘ali.
Chun saloting‘a alik b
е
rmas ko‘zung nazzorasi,
Lut

(y) qul kimdur visolingni tamanno
2
qilg‘ali.
1
Y a k – bir.
2
T a m a n n o – orzu.


86

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə